18-mavzu: sug‘urta tashkilotining iqtisodiyoti va uni moliyaviy barqarorligi reja



Yüklə 33,52 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#109913
18-MAVZU SUG‘URTA TASHKILOTINING IQTISODIYOTI VA UNI MOLIYAVIY BARQARORLIGI


18-MAVZU: SUG‘URTA TASHKILOTINING IQTISODIYOTI VA UNI MOLIYAVIY BARQARORLIGI


REJA:



  1. Sug‘urta faoliyatida iqtisodiy munosabatlar va ularning paydo bo‘lishi

  2. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari va moliyaviy natijasi

  3. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili



1. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun sug‘urta tashkilotlari sug‘urta badallari hisobidan pul mablag‘lari fondini tashkil qiladi. Pul fondini etishmasligi uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Sug‘urta fondlari maqsadli ishlatiladi va zararlar yuz bergan vaqtida qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi amladagi qonunchilikda taqiqlanadi.
Sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini. zaxiralarni investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi.
Sug‘urta sohasidagi munosabatlar quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

  • fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;

  • sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar;

  • fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;

  • sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.

Har-bir munosabat yo‘nalishida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy xarakterga ega bo‘lgan munosabatlari mavjud.
YAlpi milliy daromadning qayta taqsimlanishi natijasida sug‘urta fondlari tashkil qilinadi va moliyaviy munosabatlarining dastlabki o‘rinishi yuzaga keladi. Sug‘urta fonlari turlicha guruhlanadi. Ular sug‘urta fondlariga, sug‘urta zaxiralariga bo‘linishi mumkin.
O‘z navbatida sug‘urta fondlari markazlashgan va markazlashmagan fondlarga ham bo‘linadi. Markazlashgan fondlar makroiqtisodiy maqsadlarda shaklantiriladi. Markazlashmagan fondlarga sug‘urta tashkilotlarining fondlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlari hisobidan sug‘urta fondlari tashkil qilinadi. Sug‘urta qoplamasini to‘lash imkoniyati bo‘lmaganda ushbu sug‘urta qoplamasini to‘lash uchun foydalaniladigan pul mablag‘lari sug‘urta zaxiralari deyiladi. Asosiy sabab, sug‘urta xodisalari yuz berishi vaqt bo‘yicha va makonda farqlanishi mumkin. Ayrim yillari sug‘urta xodisalari kam, boshqa yili esa ko‘proq zararlar ketirishi mumkin.Agar sug‘urta xodisalari soni ko‘p bo‘lib, ko‘rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga nisbatan ortiq bo‘lsa. Bunday holatlarda sug‘urta zahiralari mablag‘laridan foydalanadi.
Sug‘urta faoliyatida moliyaviy munosabatlar sug‘urta fondlaridan foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Sug‘urta fondlari mablag‘lari sug‘urta qoplamalari to‘lash orqali ishlatiladi.
Mol-mulk va javobgarlik sug‘urtasida sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxsning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta fondidan to‘lanadigan pul mablag‘i sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasi meyorida amalga oshiriladi.
Sug‘urta munosabatlari moliyaviy munosabatlar bo‘lsada moliyaviy munosabatlardan va kredit munosabatlardan o‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Sug‘urta munosabatlarida sug‘urta fondlari faqat sug‘urta fondi qatnashchilarining badallari hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining qatnashchilari chegaralangan hisoblanadi. Sug‘urta munosabatlari moliya munosabatlaridan qatnashchilarning soni bilan ham farq qiladi. Moliya munosabatlarida, xususan davlat byudjetining qatnashchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Davlat byudjeti qatnashchilariga pul mablag‘lari yorda berilishi adresli xarakterga ega emas. Sug‘urta fondi qatnashchilariga sug‘urta qoplamalari berish adresli xarakterga ega.
Xayot sug‘urtasida sug‘urta tashkilotlari sug‘urta qildiruvchilarga ssudalar berish bilan ham shug‘illanishadilar. Sug‘urtaning ushbu belgisi kredit munosabatlariga uni yaqinlashtiradi.
Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati bilan shug‘illanishi ma’lum. Ularning investitsiya faoliyatlari jarayonlarida ham moliyaviy munosabatlar yuzaga kelishini taakidalash zarur.
Sug‘urtada moliyaviy munosabatlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki sug‘urta fondlari qaytarilish xarakteriga ega. Sug‘urta hodisasi olib kelgan zararlar sug‘urta fondi qatnashchilariga qaytariladi. Natijada sug‘urta fondi tor doirada qayta taqsimlandi.
Moliya iqtisodiy munosabatlar barcha qayta ishlab chiqarish jarayonlarida, xo‘jalik yuritishning etaplarida, ijtimoiy sohalarning barcha sohalarida yuzaga keladi. Sug‘urta ishlab chiqarishi munosabatlarida ijtimoiy zaruratni anglatuvchi stexik munosabat – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasiga bo‘ysinuvchi hisoblanadi. Moliya sifatida sug‘urta pul shaklidagi qiymatning shakllantirish va maqsadli ishlatish bilan bog‘li daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarida yuzaga keladi.
Ammo, moliya daromad va jamg‘armalarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarida yuzaga kelsa, sug‘urta tasodifiy xodisa keltirgan zararlarni qoplab berish maqsadida daromadlarni qayta taqsimlash jarayonlarida yuzaga keluvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy asoslarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy potensiali va resurslar muhim ahamiyat kasb etadi va keyingi paragrafda ko‘rib chiqiladi.


2. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy potensiali o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar manbaasi asosida shallanadi. SHu ma’noda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari ularning moliyaviy potensialini belgilab beradi. Sug‘urta tashkilotlarining xususiy kapitali ularni davlat ro‘yxatiga olishda shallantiriladi. Xususiy kapital sug‘urta tashkilotlari uchun faoliyatni boshlashning dastlabki vaqtida asosiy moliyaviy resurs hisoblandi. Xususiy kapital turli xil manbaalardan to‘ldiriladi. Dastlab tasischilar tomonidan kiritilsa, keyinchalik korxonaning daromadlari va boshqa manbaalar hisobidan to‘ldiriladi. Sug‘urta tashkilotlarining jalb qilingan mablag‘lari daromad shaklida kelib tushuvchi sug‘urta mukofotlari hisobidan(sug‘urta zaxirasi sifatida), bank kreditlari, ish haqi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditorlik qarzlar hisoblanadi. U balans passivining ikkinchi bo‘limida “Majburiyatlar» deb nomlanadi. Bulardan tashqari haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar, ko‘zda tutilgan daromadlar, harajatlar va to‘lovlar zahirasi, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar ham ushbu bo‘limda aks ettiriladi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy potensialini va resurslarini shakllanishida sug‘urta tashkilotining oladigan daromadlari va sarf qilinuvchi xarajatlari asosiy manbaa hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari asosida uning moliyaviy natijasi hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlari buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda barcha buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy naijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligda 2005 yil 18 oktyabrda 1517-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Nizom”ga asosan amalga oshiradilar.
Sug‘urta tashkilotlarining daromadlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin1:
1.Sug‘urta faoliyatidan daromadlar;
2.Sug‘urta faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar;
3.Sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatdan olinadigan daromadlar.
Sug‘urta faoliyatidan olinadigan daromadlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

  • sug‘urta, birgalikda sug‘urtalash va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kelib tushadigan sug‘urta mukofotlari;

  • sug‘urta zaxirasining qaytim summasi (sug‘urta zaxirasining keyingi yilga o‘tadigan qismi);

  • qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha olingan komission mukofotlar, tant’emalar va boshqalar;

  • sug‘urta agenti, sug‘urta brokeri, syurveyer va avariya komissari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun komission mukofotlar;

  • qayta sug‘urtaga berilgan sug‘ura shartnomalari bo‘yicha qayta sug‘urtalovchilar tmonidan zararning qoplangan qismi.

Sug‘urta faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • sug‘urta zaxiralarini joylashtirishdan olingan daromadlar;

  • qayta sug‘urtaga qabul qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlarga hisoblangan foiz daromadlari;

- sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishida aybdor hisoblangan shaxsdan zararni qoplashni talab qilish huquqidan foydalanish orqali olingan daromadlar.
Sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • asosiy vositalar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromadlar;

  • o‘tgan davrlarda hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarini qoplash uchun kelib tushgan summalar;

  • hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzlari;

  • qonunchilik bilan cheklanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishdan olingan daromadlar.

Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Oldini olish chora-tadbirlari zaxirasiga qilinadigan ajratmalar;
2. Qayta sug‘urtaga qabul qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari
3. Qayta sug‘urtalash operatsiyalari bo‘yicha to‘langan komission mukofotlar va tantemalar
4. Ish yuritish xarajatlari:

  • sug‘urta tashkilotining xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi;

  • sug‘urta agenti va brokeri xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan komission haqlar;

  • sug‘urta agentlarining sug‘urtalanuvchilar joylashgan joylarga borish va qaytish xarajatlari;

  • sug‘urta tashkilotining boshqaruv apparati xodimlarini saqlash, kompaniyaning bo‘linma, filiallarini saqlash ularning moddiy texnik bazasini ta’minlash xarajatlari;

  • sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan boshqa tashkilotlarga to‘lanadigan xaqlar;

  • sug‘urta polislari blanklari, kvitansiyalari, ariza, mulkni ko‘rikdan o‘tkazish, sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘risida dalolatnomalar blanklarini tayyorlash xarajatlari va boshqalar;

  • sug‘urta tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq safar xarajatlarining barchasi;

  • boshqa sug‘urta tashkilotlarining vakillarini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar;

  • kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bohliq xarajatlar;

  • reklama xarajatlari;

  • axborot va konsultativ xizmatlarni to‘lash;

  • yillik balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni matbuotda chop ettirish xarajatlari;

  • asosiy vositalarning qayta tiklanishi uchun qilanadigan ammortizatsiya ajratmalari;

  • nomoddiy aktivlarning ammortizatsiyasi;

  • majburiy sug‘urta bo‘yicha qilinadigan xarajatlar;

  • o‘z mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;

  • banklardan olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlar;

  • soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy tartibdagi yig‘imlar va to‘lovlar;

  • byudjetdan tashqari fondlarga majburiy ajratmalar.

Daromadni aniqlashda va daromad(foyda) solig‘ini hisoblashda “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy naijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”da nazarda tutilgan jihatlar hisobga olinadi.
Sug‘urtalovchining sug‘urta va moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • sug‘urta zaxiralarini investitsiya qilishdan olingan zararlar;

  • qayta sug‘urtalash mukofotlari bo‘yicha kompaniya tomonidan hisoblangan foizlar;

  • sud bilan bog‘liq xarajatlar;

  • undirib olish mumkin bo‘lmagan debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarish;

  • avval vujudga kelgan qarzlardan voz kechish;

  • moddiy qimmatliklarni sotish va yo‘qotishdan olingan zararlar;

  • tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar oqibatida etgan zararlar.

O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari moliyaviy natijalarini 2005 yil 18 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq shakllantiradilar.
Sug‘urta xizmatining tannarxiga quyidagi xarajatlar qo‘shimcha ravishda qo‘shilishi lozim:

  • sug‘urtalash (birgalikda sug‘urtalash) shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari summasi;

  • sug‘urta hodisasi bo‘yicha zararlarni bartaraf etish va sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;

  • baxtsiz hodisalar, sug‘urtalangan mulkning shikastlanishi yoki zararlanishini oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish zaxirasiga qilinadigan ajratmalar;

  • qayta sug‘urtalash operatsiyalari bo‘yicha hisoblangan komission mukofotlar va tantemalar.

Mazkur Nizomga asosan sug‘urta tashkilotining sug‘urta xizmatlarini sotishdan tushgan sof tushumi quyidagi tartibda aniqlanadi:

  • sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash bo‘yicha (birgalikda sug‘urtalash shartnomasida belgilangan ulush doirasida), kelib tushgan mukofotlarning umumiy hajmidan qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha mukofotlar chegirilgan holda;

  • plyus qayta sug‘urtaga qabul qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kelib tushgan mukofotlar;

  • plyus/minus qayta sug‘urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining o‘zgarish natijasi (keyingi matnlarda RNP);

  • plyus/minus qayta sug‘urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining o‘zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug‘urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining o‘zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug‘urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi hayot sug‘urtasi bo‘yicha zaxiraning o‘zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug‘urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi boshqa texnik zaxiralarning o‘zgarish natijasi;

  • plyus sug‘urta agenti, brokeri, vositachisi xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun komission va boshqa hisoblangan mukofotlar;

  • syurveyer, avariya komissari-adjaster xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun mukofotlar;

  • bevosita sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan boshqa daromadlar.

Sug‘urta tashkilotlarida bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga layoqatliligi bo‘yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash, to‘lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo‘yiladigan boshqa talablarni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasining vakolat doirasiga kiradi2.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtachi va qayta sug‘urtachining to‘lov layoqati “Sug‘urtachi va qayta sug‘urtachilarning to‘lov layoqati to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tartibga solinadi. Mazkur nizom 2008 yilning 22 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 41 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yilning 12 mayida 1806 son bilan ro‘yxatga olingan.
Sug‘urtachilarni va qayta sug‘urtachilarning to‘lov layoqati ularning moliyaviy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini bildiradi. To‘lov layoqatining asosini ustav kapitalining shakllanganligi, zaxiralarning etarliligi va qayta sug‘urta tizimi tashkil qiladi. Sug‘urtachi va qayta sug‘urtachining to‘lov layoqatini aniqlashda to‘lov layoqatining meyorlaridan foydalaniladi.
To‘lov layoqatining meyorlariga quyidagilar kiradi:
-to‘lov layoqatining marjasining etraliligi;
- alohida risklar bo‘yicha sug‘urtachi va qayta sug‘urtachiga ruhsat berilgan maksimal javobgarlik miqdori.
Sug‘urtachining to‘lov layoqatini ko‘rsatkilarini aniqlashda buxgalteriya hisobi va hisobotlari ma’luotmlaridan foydalaniladi.
Sug‘urtachilarning to‘lov layoqati ko‘rsatkichlariga yuqorida keltirilgan nizomda belgilangan to‘lov layoqatining meyorlari, aktivlarni joylashtirish talablari, qayta sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha talablar kiradi.
To‘lov layoqatining marjasining etarliligi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. To‘lov layoqati uning miqdori birdan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. To‘lov layoqatining marjasining etarliligi haqiqatdagi to‘lov layoqatining marjasini uning meyorlashgan miqdoriga bo‘lib topiladi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
TQME =
TQME – To‘lov layoqatining marjasini etarlilik meyori;
TKMF – to‘lov layoqatining marjasini haqiqatdagi miqdori;
TKMX - to‘lov layoqati marjasining meyori.

Umumiy sug‘urta sohasida, yoki faqat qayta sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari uchun to‘lov layoqatining marjasini meyori miqdori quyidagi uchta miqdordan eng kattasi hisoblanadi3:


-Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan sug‘urta tashkilotlari uchun belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori;
-“Mukofot usuli” bo‘yicha hisoblangan miqdor;
-“To‘lov usulida” hisoblangan miqdor.
“Mukofot usuli” bo‘yicha hisoblangan miqdor umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun belgilangan tuzatish koeffitsentini oldingi o‘n ikki oyda, barcha sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlarining 20% ga ko‘paytirish orqali topiladi. Bunda hisoblab chiqilgan sug‘urta mukofotidan bekor qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qaytarilagan sug‘urta mukofotlari miqdori ayirilib tashlanadi. 11 va 13 klasslar bo‘yicha sug‘urta shartnomalarida belgilangan sug‘urta mukofotlarining miqdori 50% ga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirganiga 12 oy bo‘lmagan sug‘urta tashkilotlari hisob-kitob muddati qilib litsenziya olingan vaqtdan boshlab hisobot davri oxiriga qadar muddat olinadi.
“To‘lov usulida” hisoblangan miqdor umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun belgilangan tuzatish koeffitsentini quyidagi ko‘rstakichlarning summasini 10%ga ko‘paytirish orqali otiladi:
-oxirgi 36 oy ichida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta qoplamalari summasi. Bunda 11 va 13 klasslar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta qoplamalari 50% ga oshiriladi;
-hisobot sanasida mavjud bo‘lgan, xabar qilingan lekin tartibga solinmagan zararlar zaxirasi. Bunda 11 va 13 klasslar bo‘yicha xabar qilingan lekin tartibga solinmagan zararlar zaxirasi 50% ga oshiriladi.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirganiga 36 oy bo‘lmagan sug‘urta tashkilotlari hisob-kitob muddati qilib litsenziya olingan vaqtdan boshlab hisobot davri oxiriga qadar muddat olinadi.
Umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun tuzatish koeffitsenti oldingi 36 oy ichida hisoblangan jami sug‘urta qolamalari va qayta sug‘urtachining ulushi o‘rtasidagi farqni shu davrda hisoblangan sug‘urta qoplamalariga bo‘lish orqali aniqlanadi. Umumiy sug‘urta tarmog‘i uchun belgilangan tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam bo‘lmasligi kerak. Tuzatish koeffitsenti 0.5 dan kam bo‘lgan hollarda 0.5 tuzatish koeffitsenti sifatida olinadi.
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi sug‘urtachining sug‘urta faoliyatini amalga oshirganiga 36 oydan kam muddat bo‘lgan bo‘lsa, tuzatish koeffitsenti 1.0 olinadi.
Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi sug‘urtachilar uchun to‘lov layoqatining marjasi meyori sifatida quyidagi kattaliklardan eng yuqorisi tanlanadi:
-Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan sug‘urta tashkilotlari uchun belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori;
-quyidagi ikki kattalikning yig‘indisi:
a) mukofotlar zaxirasining 5% ni hayot sug‘urtasi tarmog‘i uchun belgilangan tuzatish koeffitsentiga ko‘paytirilgan natija;
b) umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari uchun belgilangan tuzatish koeffitsentini quyidagilardan eng katta bo‘lgan miqdorga ko‘paytirish natijasi:
- umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha oxirgi 12 oyda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining summasini 20% dan muddatidan oldin bekor qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlarini ayirmasi;
- umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha oxirgi 36 oyda jami hisoblangan sug‘urta qoplamalarining 10% va hisobot sanasiga yig‘ilgan umumiy sug‘urta tarmog‘ining 1 va 2 klasslari bo‘yicha xabar qilingan, lekin tartibga solinmagan zararlar zaxirasi summasi.
Sug‘urta faoliyati 12 va 36 oydan kam bo‘lgan, yangi tashkil qilingan sug‘urta tashkilotlari xisob-kitob uchun litsenziya olingan sanadan hisobot sanasiga bo‘lgan davr olinadi.
Hayot sug‘urtasi tarmog‘i uchun tuzatish koeffitsenti qayta sug‘urtachining ulushi ayirilgan jami mukofotlar zaxirasining jami mukofotlar zaxirasiga nisbati bilan hisoblanadi. Hayot sug‘urtasida tuzatish koeffitsentining minimal miqdori 0.85 dan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar tuzatish koeffitsenti 0.85 dan kam bo‘lsa, 0.85 koeffitsent qo‘llaniladi.
To‘lov layoqatining haqiqatdagi miqdori sug‘urtachining xususiy mablag‘lari manbaasidan quyidagi ko‘rsatkichlarni ayirish natijasida hosil qilinadi:
-asosiy faoliyatda foydalaniluvchi dasturiy ta’minotdan tashqari bo‘lgan, umumiy aktivlarining 10% dan oshmagan miqdordagi nomoddiy aktivlar miqdori. Dasturiy ta’minot qiymati boshlang‘ich bahoda inobatga olinadi;
-ustav kapitali bo‘yicha tasischilarning qarzdorligi;
- maqsadli tushumlar va kutilayotgan to‘lovlar va xarajatlar bo‘yicha zaxira;
- tasischilar o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilayotgan taqsimlanmagan foydaning qismi;
- hissadorlarga, tasischilarga, ishchilarga berilgan qarzlar va ularga hisoblangan foyiz;
-bog‘liq shaxslar bilan bog‘liq debitorlik qarzlari;
-shartnomada belgilangan to‘lash muddatidan uch oy davomida to‘lanmagan sug‘urta mukofotlarining miqdori;
- berilgan kafolatlar;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlari.
Sug‘urtachilarning jami sug‘urta majburiyatlari va alohida risk turlari bo‘yicha majburiyatlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari.
Alohida risk turlari bo‘yicha sug‘urtachining majburiyatlarini miqdori xususiy mablag‘lari va sug‘urta zaxiralarining 20% dan oshmasligi talab qilinadi. Belgilangan meyordan oshgan sug‘urta majburiyatlari faqat qayta sug‘urtalash sharti bilan olinishi ruxsat beriladi.
Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi va faqat qayta sug‘urta bilan shug‘illanuvchi sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlarining maksimal miqdori xususiy mablag‘lar manbaasining 200% dan oshmasligi talab qilinadi. YOki meyordan oshgan majburiyatlar qayta sug‘urtalanishi zarur.
Qayta sug‘urta operatsiyalariga qo‘yiladigan talablar.
Litsenziyada ruxsat berilgan klasslar bo‘yicha risklarni qayta sug‘urtaga qabul qilinishi mumkin.
Qayta sug‘urtalanuvchi risklarni qayta sug‘urtaga faqat tasdiqlangan qayta sug‘urtachiga berishi ruxsat beriladi.
Tasdiqlangan qayta sug‘urtachi quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • faqat qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari;

  • sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan minimal ustav kapitaliga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari(qayta sug‘urta uchun);

  • quyidagi reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan chet el sug‘urta kompaniyalari:

  • “Moodys Investors Services” reyting agentligining “Vaa3” dan kam bo‘lmagan reytingiga ega bo‘lgan;

  • “Standard and Poors corporation” reyting agentligining “VV+” dan kam bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan;

  • “Fich, Inc.” Reyting agentligining “VV-” dan kam bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan;

  • “A.M. Best Company, inc.” Reyting agentligining “I+” dan kam bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan;

  • “Ekspert - RA” reyting agentligining “A++” dan kam bo‘lmagan reytinga ega bo‘lgan chet el sug‘urta kompaniyalari qayta sug‘urta bilan shug‘illanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug‘urta kompaniyasiga beriladigan majburiyat miqdori, har –bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha , 95% dan oshmasligi talab qilinadi.
CHet el sug‘urta kompaniyasiga qayta sug‘urta uchun berilgan sug‘urta shartnomalarida sug‘urtachining ulushi haqiqatdagi to‘lov layoqatining marjasini 5% dan kam bo‘lmasligi lozim. Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat risklaridan va chet elga chiquvchilarni sug‘urtalash bundan mustasno.
To‘lov layoqati meyorlarining hisob-kitoblarini taqdim qilish muddati va tartibi, sug‘urtachilarning aktivlarini joylashtirish talablari. Qayta sug‘urta operatsiyalariga bo‘lgan talablar.
Sug‘urta tashkilotlari chorak yakunida keyingi oyning 25 sanasiga qadar davlat sug‘urta nazoratiga to‘lov layoqati meyorlari, aktivlarni joylashtirish to‘g‘risida, qayta operatsiyalar to‘g‘risida hisob – kitoblar topshiradilar.
Agar sug‘urtachining to‘lov layoqati marjasining meyorlari hisobot davrida 1 dan 0.5 ga qadar tushib ketsa 10 kun muddatda davlat sug‘urta nazoratiga moliyaviy holatni yaxshilash bo‘yicha choralarni tasdiqlash uchun taqdim qilishi zarur.
Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar 6 oy muddatga ishlab chiqiladi. CHora-tadbirlarda sug‘urta tashkilotini moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks ishlar nazarda tutiladi. Kompleks chora-tadbirlarda sug‘urta tashkiloti ustav kapitali miqdorini o‘zgartirish, qayta sug‘urta operatsiyalari chegaralarini kengaytirish, tarf siyosatini o‘zgartirish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish, aktivlar tarkibini o‘zgartirishlarni nazarda tutishi mumkin.
Agar kompleks chora-tadbirlarda ustav kapitalini o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, tasischilarni roziligi talab qilinadi.
Davlat sug‘urta nazorati taqdim qilingan hisobotlarni va kompleks chora-tadbirlarni tahlil qilib moliyaviy holatni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar beradi va nazorat qiladi.
Hisobot davri yakunida sug‘urtachining to‘lov layoqati marjasining etarliligi 0.5 dan past bo‘lsa litsenziyaning amal qilish kuchi tugatirladi.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan maksimal majburiyatlarni olish talablari buzilgan hollarda Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi kamchilikni tuzatish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Sug‘urta tashkiloti bir oy davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilishi zarur.
3. Sug‘urta majburiyatlarining hajmi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta majburiyatlari xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridagi majburiyatlardan farq qiladi. Bundan tashqari sug‘urta majburiyatlarini sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida ham ko‘rsatishimiz mumkin.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini dinamikasi o‘sish tendensiyasiga ega. Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini tarkibini tahlil qilib ko‘ramiz. Sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarini summasini 100 foyiz deb qaraydigan bo‘lsak, ularning 80.3%ni moliyaviy va kapital qo‘yilmalar tashkil qiladi. Bu sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarini 80.3% investitsiyaga yo‘naltirlishi ko‘rsatadi. Sug‘urta tashkilotlarining jami aktivlarining 6.3 % pul mablag‘lari tashkil qiladi. Bu sug‘urta tashkilotlarining bank hisob raqamlaridagi , g‘aznadagi va boshqa hisob raqamlarda aks etgan pul mablag‘lari hisoblandi. Sug‘urta tashkilotlari pul mablag‘laridan joriy xarajatlar, sug‘urta qoplamalarini to‘lash uchun sarf qilinadi. Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari ham ularning moliyaviy xo‘jalik faoliyatida katta hamiyat kasb etadi. Jami aktivlar tarkibida sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari 4.6% ni tashkil qiladi. Barcha sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda tegishli asosiy vositalarga ega hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining asosiy vositalarining miqdori jami aktivlarining 5.0% ni tashkil qiladi.
Sug‘urta tashkilotlarining barqarorligi davlat tomonidan nazorat qilinsada nazarimzda sug‘urta faoliyatining ushbu sohasida muammolar etarli hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining barqarorligi asosiy shartlaridan biri belgilangan ustav kapitalining minimal miqdorini shakllantirishdir. Hozirgi vaqtda umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yuritiuvchi sug‘urta tashkilotlari uchun 1,5 mln Evro, hayot sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchilar uchun 2.0 mln. Evro, majburiy sug‘urta faoliyati bilan shug‘illanuvchilar uchun 3.0 mln. Evro, qayta sug‘urta faoliyati bilan shug‘illanuvchi sug‘urta tashkilotlari uchun 6 mln Evro miqdorida minimal ustav kapitali belgilangan.
Sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta zaxiralarini shakllantirish tartibida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Ishlab topilmagan mukofotlar,xabar qilingan, lekin bartaraf qilinmagan, sodir bo‘lgan lekin xabar qilimaganzararlar bo‘yicha zaxiralar sug‘urta tashkilotlari tomonidan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Ammo, sug‘urta tashkilotlarining zararlilikni tebranish bo‘yicha sug‘urta zaxirasi ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkilotlarida zararlilik tebranishi doimiy xarakterga ega. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yuz berayotgan sharoitda zararlilikni tebranishi yanada ortadi. Zararlilikni tebranishini ixtiyoriy tartibda shakllantirilishi zararlar miqdori oshgan hisobot davrida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi yomonlashishi mumkin. CHunki ushbu zaxira turi sug‘urta tashkilotlari tomonidan shakllantirilmasligi ham mumkin. Zararlar miqdori oshgan davrda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida zararlilik tebranishi bo‘yicha tashkil qilishni majburiy o‘rnatishni taklif qilinadi. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini samarasini oshishiga olib keladi.
Sug‘urta zaxiralarini investitsiyaga yo‘naltirish sohasida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirishga qo‘yilgan talablarga e’tibor qilsak, kredit uyushmalarining depozitlariga sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitalini 10% miqdorigacha joylashtirish mumkinligi me’yorlashtirilgan. Ammo, hozirgi vaqtda kredit uyushmalari qo‘yilgan depozitlarga bank muassalariga nisbatan katta miqdordagi foyiz to‘lanadi. SHu sababli, joylashtiriluvchi aktivalarning daromadlik darajasini oshirish maqsadida kredit uyushmalariga qo‘yiluvchi depozit miqdorini chegarasini 10% dan 20% gacha oshirish taklif qilinadi.
Bundan tashqari, davlat sug‘urta nazorati ruhsati bilan tasischilarga qarz berish ruhsat berilgan, agar qarz miqdori ustav kapitalining 30% dan miqdorda bo‘lsa. Bunday holatlarda berilgan qarzni nazorat qilish imkoniyatlari cheklandai. CHunki tasischilar o‘zlarining mavqeylaridan foydalanib, sug‘urta tashkilotlariga bosim o‘tkazishi mumkin. Bunday noxush holatlarga barham berish maqsadida tasischilarga qarz berishni taqiqlash zarur. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishiga imkon beradi.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosiy usullaridan biri qayta sug‘urta mexanizmidan foydalanishdir. Afsuski respublika sug‘urta bozorida qayta sug‘urta faoliyati talab darajasida rivojlanmagan. O‘zbekiston sug‘urta bozorida ixtisoslashgan tartibda faqat bitta sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urta xizmati ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug‘urta kompaniyasiga beriladigan majburiyat miqdori, har –bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha , 95% dan oshmasligi talab qilinadi.


1 Mahsulotlar(ishlar,xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 05.02. dagi 54 sonli Qarori. “Norma” elektron manbaa.

2 O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Sug’urta faoliyati to’g’risida». T.: 2002 y., 5 aprel. «Xalq so’zi» gazetasi, 2002 yil 28 may.



3 Polojenie o platejesposobnosti straxovshchikov i perestraxovshchikov. Utverjdeno prikazom ministra finansov ot 22.04.2008g,№41, zaregistrirovano MYu ot 12.05.2008g. №1806

Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə