«moliyaviy hisob»


Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
«moliyaviy hisob»

2.4. Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini 
hisoblash “O’z Hanwoo Engeenering” O’zbekiston – Korea qo’shma korxonasi 
misolida. 
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ O‘zbekiston – Korea qo‘shma korxonasi o‘tgan 
2012 yilning ikkinchi yarmida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ish faoliyatini rasman shu 
yilning 1 sentabridan boshladi. Korxonaning birinchi ish yili bo‘lganligi sababli 
korxonada tovar moddiy zahiralar harakati o‘zgacha xususiyatga ega. 
Masalan korxona dastlabki ish oyida faqat tajriba mahsulotlarini chiqardi, 
dastgohlar va ishlab chiqarish quvvatini sinovdan o‘tkazdi. Lekin bu davrda chiqqan 
mahsulotni sotuvga chiqarmadi. Qo‘shma korxona dastlabki oyda o‘z mahsulotiga 
ISO 9001-2001 sertifikaniki oldi, ammo bu jarayondagi chiqqan mahsulot ham 
sotuvga chiqarilmadi. Lekin bu davrda sarflangan material xarajatlarni ham hisobini 
chiqarish kerak. Bu masalani menejerlar sarflangan barcha material xarajatlarni 
tashkiliy xarajatlarga kiritish yo‘li bilan hal qilishni taklif qilishdi. Chunki ishlab 
chiqaish ishchilarining barchasi sinov muddatini o‘tayotgani sababli boshqa 
xarajatlarga yo‘l qo‘yilmagan. 
Korxona mamlakatimiz bozorida hali yangi bo‘lganligi tufayli tovarlar Janubiy 
Koreya respublikasidan keltiriladi. Tovar moddiy zahiralarni bojxonadan o‘tgandan 
so‘ng barcha yig‘im va bojlar bilan qo‘shib o‘sha kungi markaziy bank kursi bilan 
o‘zbek so‘mida omborga kirim qilinadi. Chunki mareiallar to omborga kelib 
tushgunga qadar AQSH dollarida hisobga olinadi (1-ilova). 
Ilovadan ko‘rinib turibdiki ―O‘z Hanwoo Engeenering‖ korxonasida ―GM 
O‘zbekiston‖ avtomobillari uchun 23 turdagi troslar ishlab chiqariladi. Bu loyihani 
korxona tenderda yutib olgan bo‘lib, oktabr oyidan boshlab mol yetkazib berishni 
boshlaydi. TMZ larning avvalroq keltirilganligining sababi shundaki, to maxsulot 
yetkazib berish muddati yetmagunga qadar korxona sinov maxsulotlarini chiqarib, 
tajriba orttirishi va yuqorida aytib o‘tkanimizdek o‘z maxsulotlari uchun ISO 9001-
2001 sertifikatini olishi kerak. 
Korxonaning materiallar bilan bog‘liq operatsiyalarining yana bir o‘ziga xos 
tomoni shundaki, mol yetkazib beruvchilardan materiallar komlekt holda va bir 


35 
bahoda olinadi. Ya‘ni bir tayyor mahsulotga ketadigan hamma materiallar bir 
komplekt holda va komplekt bahosida keladi (2-ilova). Bu ortiqcha hisob-kitoblarni 
bajarish zaruruyatini qisqartiradi. Lekin buning boshqa zararli tomonlari ham borki
bu kuzatuvimiz oxide ma‘lum bo‘ladi. 
Ko‘rinib turibdiki, har bit komlektda 11 – 15 turdagi materiallar birlashgan 
bo‘ladi. Bular trosning asosiy sim o‘rami, tashqi qoplamasi, mahkamlagish va boshqa 
7 – 10 turdagi mustahkamlash kichik materiallaridir. Ularning bir trosga qancha 
miqdorda sarflanishiga qarab, komplektga kiritiladi. Materiallarning asosiy qismini 
INNER deb nomlangan ichki o‘rama simi, OUTER nomli tashqi qoplama charmi va 
ayrim troslar uchun LINNER ushlagichi sanaladi. Shuning uchun ham bu 
materiallarning kodi tros kodi bilan bir xil. Lekin, yana bir narsani ta‘kidlab o‘tish 
kerakki, materiallarning kengaytirilgan hisobotida har bir qism uchun alohida tartib 
raqami (Hanwoo qism t/r) berilib, kodlari (KD va HS) asosida ajratib ko‘rsatiladi. 
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ ning ilk material zahiralari 2012 yilning avgust 
oyi oxirida yetib keldi. Korxona buxgalteriyasitovar moddiy zahiralarni 2012 yil 28 
avgust kungi markaziy bank kursi bilan omborga kirim qildi (3-ilova). 
Ilovadagi ma‘lumotlar 1926.04 so‘m
4
ga ko‘paytirib, so‘mga o‘girilgan. 
Keltirilgan materiallarning AQSH dollaridagi bahosi ichida bojxona bojlari va tashib 
keltirish xarajatlari mavjud bo‘lganligi uchun materiallar narxi ortiqcha hisob-
kitoblarsiz so‘mga aylantiriladi. 
Korxona dastlabki sinov davrida TMZ larning bir qismidan foydalandi. Lekin 
bu davrdagi tayyor maxsulotlarni sotmadi. 
Rasman 1 oktabrdan boshlab, korxona maxsulot ishlab chiqara boshladi. 
Birgalikda tros ishlab chiqarish sexini ishini kuzatsak. ―O‘z Hanwoo Engeenering‖ 
hozircha ikki smenada ishlayapti, keyinchalik uch smenali tizimga o‘tishni 
rejalashtirishgan. 
1-smena ish vaqti boshlanishidan 20 daqiqa oldin tros sexi katta ustasi material 
olish uchun talabnoma olib keladi. Unda qanday turdagi materialdan qancha kerakligi 
va oluvchi usta rekvizitlari bo‘ladi (yuqorida bu hujjat haqida batafsil to‘xtalib 
4
28.08.2012 y. kuniga Markaziy bank kursi (1 AQSH dollari) 


36 
o‘tganmiz). Ombor xodimi talabnomaga (M 10) asosan kerakli materiallarni beradi 
va buni o‘z jurnalida belgilab qo‘yadi. Ta‘kidlanayotganidek, materiallar komplekt 
tarzda va so‘mda beriladi (4-ilova). 
Omborchi har smena yakunida materiallardagi o‘zgarishlarni (M 22a yoki 
M34) buxgalteriyaga ma‘lum qiladi. Buxgalteriya, 4 – ilovaga binoan materiallarni 
hisobdan chiqaradi.
Korxona hisob siyosatiga ko‘ra materiallar o‘rtacha tortilgan qiymat usuli 
asosida hisobdan chiqaradi. Buning boyisi bu hisobot yili korxonaning ilk ish yilidir. 
O‘rtacha tortilgan qiymat usulini qo‘llashning yana bir sababi - korxonaga 
materiallarning kelish oralig‘i ancha vaqt (3 oyda bir marta) ni tashkil etkanligidir. 
Bunday holatda boshqa har ikkala usulni qo‘llash ham turli yo‘qotishlarga olib kelishi 
mumkinligi e‘tiborga olingan. Masalan, FIFO usuli qo‘llanilganda materiallar 
partiyasi almashganda mahsulot tannarxining keskin oshishi (pasayishi) yuz beradi va 
natijada korxonaning bozordagi talabi kamayadi (ko‘payadi). Nihoyada esa 
korxonada tayyor mahsulot ortiqchaligi (taqchilligi) yuzaga keladi. Agar korxonada 
so‘nggi xarid narxlarida baholash usulidan foydalansa ham, korxona omboridagi 
materiallar qoldig‘i birinchi kirim narxlarida qolib, bir necha vaqtdan so‘ng omborda 
arzon narxda ko‘p materiallar qoladi. Moliyaviy natijalarda ham tannarxni sun‘iy 
ko‘tarilib ketishiga olib keladi. 
Ilovadan ma‘lum bo‘lyaptiki, har smenada har bir material komplektidan turli 
miqdorda olinadi (maxsulot talabiga asosan). Odatda, smena davomida olingan 
hamma material komplektlar to‘liq sarflanadi. 
―O‘z Hanwoo Engeenering‖ ning hisobot yiliga tayyorlagan moliyaviy 
hisobotlarni kuzatar ekanmiz, korxona ilk ish yilida foydaga erisha olmaganini 
ko‘ramiz. Bunga turlicha sabablar mavjud. Masalan, korxona moliyaviy natijalar 
to‘grisidagi hisobotidan ko‘rinib turganidek, bu hisobot davrida korxonaning davr 
xarajatlari ko‘payib ketgan. Buning sababi yuqorida aytib o‘tkanimiz – 
menejerlarning sinov muddatidagi asosiy xarajatlarni tashkiliy xarajatlarga 
kiritganidir. 


37 
Yana bir asosiy ko‘zga ko‘rinib turgan holat valyuta kursidan ko‘rilayotgan 
katta zarar (47 861 100 so‘m) dir. Buning sababi korxona materiallarni AQSH dollari 
hisobida sotib olib, so‘mda kirim qiladi. Vaqt davomida sarflarni milliy valyutada 
olib borib, yakunda tayyor mahsulotni ―GM O‘zbekiston‖ ga ham AQSH dollarida 
sotadi. Ma‘lumki, korxona hisobotlari so‘mda yuritilgan. Bundan tabiiy ravishda kurs 
farqidan zarar ko‘payib ketgan. 
Korxona moliyaviy natijalarining zarar bilan yakunlanishi birinchi ish yili 
uchun tabiiy bo‘lsada, baribir bunday katta miqdordagi zarar (118 802 300 so‘m) 
korxonaning hisob tizimida yoki ishlab chiqarish texnologiyasida hali ko‘p izlanishlar 
qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Korxonada katta soliq imtiyozlari mavjud bunday 
vaziyatda shunday imkoniyatli yillarda katta foyda olish o‘rniga zarar bilan chiqib 
imtiyozli yillarni boy berishi ham potensial investor va korxonaning o‘zi uchun katta 
yo‘qotishdir. 
Korxona balansi qisqa davrni o‘z ichiga olgan bo‘lsa ham balans mablag‘lari 
aylanmasi katta bo‘lganligidan korxona kelgusi davrlarda o‘z faoliyatini foyda bilan 
yakunlanishini tahmin qilishga imkon yaratadi. Korxona balansidagi qarzlar va zarar 
summasi aylanmaga nisbatan hech qancha foizni tashkil etmasligi ham bunga kafolat 
beradi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə