«moliyaviy hisob»



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«moliyaviy hisob»

Tovar-moddiy zahiralar
- bu xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning quyidagi 
shakldagi aktivlaridir: 
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlatilishi ko‘zda tutilgan 
xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi 
buyumlar, yoqilg‘i, extiyot qismlar, boshqa materiallar; 
b) tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish; 
v) xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor 
mahsulot va tovarlar. 
Sotib olingan yarim fabrikatlar-qayta ishlashning ma‘lum boskichini utgan, 
lekin tayyor maxsulot xolatiga etmagan xom-ashyo va materiallardir. Maxsulot ishlab 



chikraish jarayonida ular ham asosiy materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy 
asosini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chikindilar-tayyor maxsulot ishlab chiqarish 
jarayoniga sarflangan xom-ashyo va materiallar, yarim fabrikatlar qayta ishlash 
jarayonidagi qoldiqlari. 
yokilgilarni uchga bulish mumkin,-texnologik yokilgilar, dvigatel va xujalik 
yokilgilari. Texnologik yokilgilar texnologik maqsadlar uchun foydalaniladi. 
Dvigatel yokilgilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi. Xujalik yokilgilari 
isitish uchun foydalaniladi.
Tara va tara materiallari (korobkalar, koplar va boshqalar) tayyor maxsulotlar, 
yarim fabrikatlar, materiallar va boshqa narsalarni kadoklash, transportirovka qilish 
va saklash uchun foydalaniladi. 
Extiyot kismlar-mashina, asbob-uskuna va boshqa mexnat vositalarini 
ta‘mirlash uchun ishlatiladi. 
Bundan tashqari ishlab chiqarish zahiralari har bir turkumning ichida ham 
ma‘lum belgilari va sifat kursatkichlariga qarab guruhlanadi. Masalan: 
Materiallarning yuqoridagi turkumlanishi ularning sintetik va analitik xisobini 
tashkil qilish uchun foydalaniladi. 
Inventarlash qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish huquqi bo‘lmagan 
tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan, u 
tomonidan to‘langan (ya‘ni, oldi-sotdi bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo‘natishni 
kutayotgan tovarlardir. Ularni sotish jarayonini qayd qilish zarur..
Aytilganlar asosida materiallar hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
Materiallar harakati bilan bog`liq o‘zgarishlarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda 
rasmiylashtirish; 
Materiallarni joylashda ularning to`g`ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish; 
Moddiy-teхnika ta`minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib borish; 
Materiallarning ishlab chiqarishga to`g`ri berilishi va ularni sarflash me`yoriga 
rioya qilish ustidan nazorat olib borish; 



Mahsulot tannarхini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya 
ob‘ektlari o`rtasida to`g`ri taqsimlash; 
Ichki resurslarni ishga solish maqsadida ortiqcha va foydalanilmayotgan 
materiallarni aniqlash va sotish. 
Ushbu vazifalarni bajarishda korхonaning ta`minot tizimini va ombor хo‘jaligini 
tashkil qilishni yaхshilash muhim rol o‘ynaydi. Shu jumladan, materiallarni saqlash 
uchun omborni yaхshi jihozlash, uni kerakli tarozilar va o‘lchov asboblari bilan 
ta`minlash zarur. Materiallar hisobini to`g`ri olib borishning muhim shartlaridan biri 
ularni turkumlashdir. 
Materiallar hisobini to‘g‘ri tashkil qilishda ularni ilmiy asosda turkumlash 
muxim ahamiyatga ega. 
Materiallar yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga qarab ikkiga 
bo`linadi: 
1. Хom-ashyo va asosiy materiallar, 
2. Yordamchi materiallar. 
Ishlab chiqarishilayotgan mahsulotning asosini asosiy materiallar tashkil kiladi. 
Masalan, mashinasozlikda - metall, mebel ishlab chiqarishishda - yog`och, gazlama 
ishlab chiqarishishda - paхta va boshqalar. 
Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq хo‘jaligi mahsulotlari хom-ashyo deb 
ataladi. Masalan, neft, ruda, paхta, qandlavlagi va boshqalar. Boshqa korхonalardan 
olinadigan mashina va agregatlarning turli detallari va boshqalar yarim tayyor 
mahsulotlar deb ataladi. Хom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosiy materiallarga 
o‘хshab mahsulot asosini tashkil qiladi.
Yordamchi materiallarga ishlab chiqarishilayotgan mahsulotning asosini 
tashkil qilmaydigan, mahsulotga ma`lum sifat berishi yoki korхona хodimlarining 
mehnat sharoitini yaхshilash maqsadida (mehnat jarayoni uchun binoni ozoda 
tutishda, estetik did berishda, shinam qilishda) ishlatilayotgan har хil materiallar 
kiradi. 



Shuni e‘tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordamchi materiallarga 
bo‘lish shartli harakterga ega bo‘lib, bir tarmoqda asosiy hisoblangan materiallar 
boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo‘lishi mumkin. 
Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va 
uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1
♦ Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. 
Masalan, paxta, ruda va boshqalar;
♦ Materiallar - xom-ashyoga ta‘sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga 
ma‘lum iste‘mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya‘ni gazlama, charm, metall va 
hokazolar;
♦ Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma‘lum darajada 
ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan 
mahsulotlar;
♦ Yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
♦ Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni 
almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va 
qismlari;
♦ Qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish 
qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini 
ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan 
yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;
♦ Idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, 
tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, 
metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;
1
“Tovar moddiy zahiralar (BHMS 4)” 



♦ Inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida 
ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar 
kiradi;
♦ Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar - korxona balansida turgan
qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta 
ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan o‘simlikchilik, chorvachilik hamda o‘rmon 
xo‘jaligi mahsulotlari kiradi;
♦ Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar 
kiradi. Ularga chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol 
bo‘ladi. 
Modernizatsiyalash sharoitida xom-ashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar 
xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va 
plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini 
pasaytirmaydigan, 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilarini 
kamaytiradigan 
arzon 
materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. 
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional 
sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, 
shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin. Sanoat korxonalarida, 
bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora metallar, prokat, 
trubalar, rangli metallar, ximikatlar va hakozalarga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, 
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini 
ta‘minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish 
ustidan nazorat qilish; 



- materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks 
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va 
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash; 
- belgilangan zahira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha 
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 
- material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi va 
fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat 
aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini 
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini 
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi 
zamon vositalarini keng qo‘llash. 
Shunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal 
foydalanish va ularning ishlatilishini belgilangan me‘yorlarga muvofiq sarflashda 
bevosita buxgalteriya hisobining naqadar to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning nazorat 
qilish funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog‘liqdir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə