Молиявий таҳлил



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə12/25
tarix20.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#128938
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
MT 1-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining nazariy asoslari

Berilgan ma’lumotlar

Ko’rsatkichlar

Tuman bo’yicha mavjud fermer xo’jaliklari

“Zafar”

“Qo’rg’on”

“Mustaqillik”

“Ilg’or”

“Turon”

“Nur”

“Hur”

Paxta hosildorligi, ts/ga.

27

33

31

24

30

25

29
  • Guruhlashtirish belgisi –

  • hosildorlik;

3. Qoloq guruh 24 + 2,25 = 26,25; [24 – 26,25[
O’rtacha guruh 26,25 + 2,25 = 28,5; [26,25 - 28,5[
Yaxshi guruh 28,5 + 2,25 = 30,75; [28,5 - 30,75[
Eng yaxshi 30,75 + 2,25 = 33,0; [30,75 - 33,0]
Paxta hosildorligiga binoan tumandagi fermer xo’jaliklarini eng ilg’or, yaxshi, o’rtacha, qoloq guruhlarga ajrating



Guruhlar

Interval

Fermer xo’jaliklarining nomi

1.

Qoloq

[24 – 26,25[

“Ilg’or”, “Nur”

2.

O’rtacha

[26,25 - 28,5[

“Zafar”

3.

Yaxshi

[28,5 - 30,75[

“Xur”, “Turon”

4.

Eng yaxshi

[30,75 - 33,0]

“Mustaqillik”, “Qo’rg’on”

Balansli bog’lanish usulini tahlilda qo’llanilishi
Balans (frantsuzcha “balance” — torozi, lotincha “bilanx” — torozining ikki pallasi) xalq xo’jaligida va umuman xo’jalik, savdo ishlarida bir-biriga bog’liq bo’lgan sohalarning o’zaro muvofiq salmog’i. Balans iqtisodiyotda muayyan bir muddat oralig’idagi kirim bilan chiqimni bir-biriga taqqoslab chiqilgan tenglik sifatida, quyidagi turlardan iborat:
  • Xalq xo’jaligi balansi - iqtisodiy ko’rsatkichlar aks ettirilgan jadvallar tizimi bo’lib, iqtisodiyotni rivojlanish darajasini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko’lamlari va o’sish sur’atlarini, shuningdek, muhim umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy nisbatlar(moliyaviy resurslar va ularga bo’lgan talab, ishlab chiqarish bilan moddiy resurslar...)ni ifodalaydi. Uning yordamida muhim tarkibiy nisbatlar o’rtasidagi funktsional bog’liqlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi;
  • Mehnat resurslari balansi – mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi bo’lib, xodimlarga bo’lgan talab va taklifni o’zaro solishtirish imkoniyatini beradi;
  • Er fondi balansi – foydalanishda bo’lgan er resurslarini va ularni foydalanuvchilar, boniteti[1] kesimida o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini aks ettiradi;
  • Tarmoqlararo balans – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy matematik modeli bo’lib, asosiy nisbatlarni tarmoqlar kesimida natural va qiymat o’lchov birliklarida tuziladi;

  • To’lov balansi – ma’lum davrda (oy, chorak, yil) xorijga va xorijdan bo’lgan to’lovlar o’rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko’rsatkichlarni umumlashtiradi.

[1] Bonitet (lot. “bonitas”yuqori sifat, sahiy) — tabiiy boyliklarni haqiqiy yoki istiqboldagi iqtisodiy bahosini ifodalovchi miqdor ko’rsatkichi.

Balans usuli.


Balans turlari


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə