Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli


”kalon” deyilib, u hosilning o‘ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan so‘ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq-”qopchur”



Yüklə 56 Kb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü56 Kb.
#131598
1   2   3
Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziya~ (1)

”kalon” deyilib, u hosilning o‘ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan so‘ng esa chorva mol boshidan olinadigan yalpi soliq-”qopchur” ta’sis etilgan. Unga ko‘ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to‘lanar edi. (Bu soliq asosan mo‘g‘ullar turmush tarzi xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). “Yasoq“qa ko‘ra, davlat xazinasi uchun “shulen” deb nom olgan oziq-ovqat solig‘i joriy qilingan.
Bu soliqqa ko‘ra har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so‘ngra aholidan zo‘ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa, hunarmandlarning ahvoli og‘ir bo‘lgan ularning o‘z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262-yil Buxoroda bo‘lgan Xubilay qoonning vakili bu yerda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko‘kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bo‘lganligini qayd etadi. 1246-yil Mo‘g‘ulistonda bo‘lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo‘lishlarini qayd etib o‘tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha munosabatda bo‘lingan bo‘lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.
Mo‘g‘ullarga qarashli bo‘lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar-”korxona” nomini olgan bo‘lib, u yerdagi hunarmandlar esa qul darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to‘laydigan maxsus soliqning nomi “tamg‘a” deb atalgan. Mo‘g‘ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida yer egaligi holati ham o‘zgarib, yangi in’om etilgan yerlar mo‘g‘ulcha suyurg‘ol nomini olgan. Suyurg‘ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko‘p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o‘rtahol dehqonlar esa
Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə