Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli



Yüklə 56 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü56 Kb.
#131598
  1   2   3
Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziya~ (1)


Aim.uz

Mo‘g‘ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig‘atoy ulusi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik ahvoli

Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong‘i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir, Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to‘g‘onlarning hammasi Chingizxon buyrug‘iga ko‘ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko‘pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qirib tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan, me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug‘orma dehqonchilikni shu o‘lkaga kelib ko‘rdilar.


Bosqindan so‘ng sharqqa dong‘i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to‘qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan mashhur ipak savdo yo‘llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo‘ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o‘z o‘g‘illariga mulklarini ulus qilib bo‘lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o‘g‘il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo‘lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o‘limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o‘g‘illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo‘lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan yerlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan yerlar ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga, Xitoy va Mo‘g‘uliston voris bo‘lmish uchinchi o‘g‘il O‘gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo‘lib berildi.
Rashididdinning ma’lumotiga ko‘ra, Chingizxon vafotidan so‘ng Chig‘atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o‘z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bo‘lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg‘oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o‘z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko‘rar edi. Mo‘g‘ullar ko‘chmanchi xalq bo‘lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo‘g‘ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo‘jand shahrida joylashadi. Shubhasiz, Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo‘lib, manbalarning xabariga ko‘ra uning boyligi shunchalik ko‘p bo‘lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to‘lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo‘g‘ullarning tayanchi bo‘lgan soliq yig‘uvchi mo‘g‘ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug‘alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha mo‘g‘ul harbiy otryadlari bor edi.
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o‘lkada mo‘g‘ullarga qarshi g‘alayon bo‘lishini oldini olish ma’suliyati yuklatilgan edi. Ko‘pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o‘z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o‘ta boshladilar.
O‘z navbatida o‘lkada o‘zlarining tayanch vositasi bo‘lishlariga harakat qilgan mo‘g‘ullar ham bu toifadagi kishilarni qo‘llab-quvvatlay boshladilar. Mo‘g‘ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O‘lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig‘ib olinadigan turli to‘lovu yig‘imlar, jarimalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi. Yangi yer solig‘ining nomi-
Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə