Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali



Yüklə 8,57 Mb.
tarix07.04.2023
ölçüsü8,57 Mb.
#104599
nemis tarixiy maktabining paydo bo\'lishi

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

IQTISODIYOT YO’NALISHI 432-22 GURUH

MAVZU: NEMIS TARIXIY MAKTABINING PAYDO BO’LISHI VA UNI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

REJA:

  • Germaniya tarixiy maktablarining o’ziga xos xususiyatlari;
  • F.Listning iqtisodiy qarashlari;
  • Tarixiy maktab: V.Posher, K.Knis, B.Gildebrand;
  • Yangi tarixiy maktab va ijtimoiy yo’nalish;

Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir – shu va shunga o’xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo’lakyana nima milliy bo’lishi mumkin, degan fikrga asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o’rnini ko’rsatishga harakat qildilar.

Fridrix List (1789 – 1846-y.y) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug’ildi. List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo’lib, o’zining keng demokratik islohatlar dasturi bilan hukumatga murojat qilgan. F.Listning ta’limotiga ko’ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, “millatning ruhi”(toj-taxtning me’ros bo’lib qolishi, huquq,sud,armiya,polisiya va shu kabilar) yaratadi. F.List ta’limotida xo’jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to’g’risidagi g’oyalar katta o’rin egallaydi. Uning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg’in tortishuvlarda alohida o’rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta’sir ko’rsatdi.

List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bo’lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo’lib faoliyat ko’rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo’lgan qiymat va daromadlar nazaryasini mutlaqo tahrir qilmadi.

Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini ilmiy-iqtisodiy adabiyotda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIXasrning 40-60-yillarini o’z ichiga olib “Eski tarixiy maktab” yoki oddiygina “Tarixiy maktab” davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX asrning 70-90-yillariga to’gri kelib “Yangi tarixiy maktab” davri, deb nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib “Eng yangi tarixiy maktab” davri yoki qisqacha “ijtimoiy yo’nalish” nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar ularning asosiy mualliflari edilar.

VILGELM GEORG FRIDRIX ROSHER

Vilgelm Georg Fidrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u “Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari” kitobini chiqardi.

Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo’lini, unga xos bo’lgan feodal sarqitlarni tarixan oqlash va ko’klarga ko’tarib maqtash, faktlarni to’plashga asoslanadi.

KARL KNIS (1821-1892)

1853-yilda uning “Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod” kitobi bosilib chiqdi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo’q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.

Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usulga yondashib tez qayta qurish mumkinligini isbotlamoqchi bo’ldi. Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalarni ta’svirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmagan berishga qodir emas. Knis iqtisodiy hodisalarni bilib olish hodisalari deb statistika va tarixiy bayonni tan oldi.

BRUNO GILDEBRAND(1812-1878)

1848-yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) “Hozirgi zamon va kelajaknig siyosiy iqtisodi” kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u F.Engelsning “Angliyada ishchilar sinfining ahvoli” asariga qarshi chiqdi. B.Gilbrand kapitalizm ishchilari sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tizimga qarshi kurashdan ma’no yo’q, deb hisoblaydi.

b.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimni natura, pul va kredit xo’jaligini o’z ichiga oladi.

KARL IOGEN RODBERTUS (1805-1875)

Rodbertus Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805-yilda tug’ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo’yicha ma’lum vaqt ishladi.

1842-yilda K.Rodbertus “Davlat-xo’jalik tizimimizni bilish yo’lida” deb nomlangan kitobni nashrdan chiqardi. Uning asarlari “sotsial xatlar” shaklida yozilgan. U aynan shu kitobda qo’shimcha qiymat nazaryasini ko’rsatib o’tdi.

k.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o’lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o’zgarmas o’lchov deb hisoblaydi. Bu o’rinda “mehnat kunlari” ham izohlanadi.


NEMIS TARIXIY MAKTABI
F.LIST (1789-1846)
V.ROSHER (1817-1894)
KARL KNIS (1821-1892)
B.GILDEBRAND (1812-1878)
K.RODBERTUS (1805-1875)

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Yüklə 8,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə