Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filliali’’ning Psixalogiya fakulteti “Filologiya va tillarni o`qitish : Ingiliz tili yo`nalishi 302-21-guruhi 2-bosqich talabasi



Yüklə 38 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü38 Kb.
#126501
Tavsiyanoma Z.Rustamova dekan


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filliali’’ning Psixalogiya fakulteti “Filologiya va tillarni o`qitish : Ingiliz tili yo`nalishi 302-21-guruhi 2-bosqich talabasi,
RUSTAMOVA ZOHIDA ZAFAR QIZI berilgan
TAVSIYANOMA
Rustamova Zohida Zafar qizi 2004-yil 7 aprel kuni Jizzax viloyati Jizzax shahrida tug‘ilgan. U 2021-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Filologiya chet tillarini o’qitish” fakulteti bakalavriat taʻlim yo‘nalishiga Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Rustamova Zohida Zafar qizi ushbu taʻlim yo‘nalishining 2-bosqich 302-21 guruhi talabasi. 2021-yil 4-oktabrdan boshlab, “SMART LINE” o’quv markazida Ingliz tildan o’z faoliyatini boshladi va hozirgi kunga qadar “MADRASAH”, “ELEGANT” o’quv markazlarida ham faoliyat olib keldi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaming barchasi ertangi kunimizning davomchisi bo’lgan yoshlarga nisbatan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligining yaqqol namunasidir. Talaba yoshlami o’z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’illanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlami yanada qo’llab quvvatlash, shuningdek, 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi “Yoshlami qo’llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muhim islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, yoshlarimizning ma’naviy, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash orqali, kelajakda qobiliyatli, bilimdon, ijodkor, izlanuvchan, o’z sohasining yetuk mutaxassislarini tarbiyalash imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Rustamova Zohida Zafar qizi tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, respublikamizda ingliz tiliga ixlosmand yoshlarni shu tilda erkin muloqotini hamda qiziqishini oshirish istiqbollari borasidagi ishlarning davomi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ilmiy faoliyatga layoqatli talaba Z.Rustamovaning ilmiy izlanish mavzulari dolzarb bo‘lib, aksariyat qismi ta’limda zamonaviy o’qitish metodikasini joriy etish va ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek yoshlarga sifatli ta’lim berish, yangicha o’quv qo’llanmalarini,IELTS mavzularida ham bir qancha nazariy va amaliy tadqiqotlar ustida ishlamoqda. Tanlangan sohalar jamiyat hayotida zamonaviy til o’qitish metodikalarini qo’llash, ta’lim jarayonlarini tashkil etishda zamonaviy axborot qo’llanmalarini joriy etish kabi istiqbolli mavzular yoritilishi va talqin qilinishi bilan ham qiziqarli, ham dolzarbdir. Shu bois ilmiy faoliyat va izlanishlar natijalari nashr qildirilgan ilmiy-ommabop risolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida ilmiy maqolalarida yoritilgan. Hozirgi vaqtga qadar 3 ta xalqaro jurnallarda tezislari chop etilgan.
Yozgi ta'til bo'lishiga qaramasdan filial iqtidorli talabasi Rustamova Zohida tashabbusi bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2022-2023-o’quv yili qabul jarayonlariga o'z hissasini qo'shish maqsadida shahrimizdagi "SMART LINE " abiturientlar tayyorlaydigan o'quv markazlarida targ'ibot ishlarini davom ettirdi. Targ'ibot davomida filial Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshchiligida abiturientlarga filialda yaratilgan shart-sharoitlar hamda bu yilgi qabul parametrlari to'g'risida to'liq ma'lumotlar berildi. Abiturientlarni qiziqtirgan savollariga to'liq javob berildi hamda ma’lumotnomalar taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda Z.Rustamova “Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni faol ijtimoiy hayotga jalb etish” mavzusiga qaratilgan seminar – treningda faol ishtirok etganligi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan, “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasida ishtirok etib, tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli talabalar qatorida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirishi bilan birga, fakultet va universitet miqyosidagi jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi.
U universitetda o‘tkazilgan barcha maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkilotchisi va ishtirokchisidir. 2021-2022-o‘quv yilida filial miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi mustaqil ish” nominatsiyasi bo‘yicha I o‘rin, “Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi” shiori ostida kreativ gʻoyalar tanlovi “Eng yaxshi ijodiy rasm” nominatsiyasi boʻyicha I o‘rin nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Pandemiya vaqtida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarga samarali yechimlarda yoshlarning o‘miga bag‘ishlangan startup loyihalar va g‘oyalar” tanlovida III o‘rin, Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori tomonidan tashkil etilgan online olimpiadada II oʻrin qo‘lga kiritdi.
Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini diliga joylagan talabamiz Rustamova Zohida Zafar qizi kelajakda Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shadigan farzand bo‘lib kamol topishiga ishonamiz.
Rustamova Zohida Zafar qizini “YIL TALABASI-2022” ko’rik tanlovining “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi” nominatsiyasiga tavsiya qilamiz.
Psixologiya fakulteti dekani: N.Alimov
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə