Miokard infarkti


MIOKARD INFARKTINING ASORATLARI



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#163830
1   2   3   4   5   6   7
MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTINING ASORATLARI


Miokard infarktining asoratlari har doim organizmning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu miokardning zararlanish maydoniga bog’liq. Miokard infarktiga uchragan bemorlarda ko’pincha yurak ritmining buzilishi rivojlanadi. Miokard nekrozi va chandiq hosil bo’lishi tufayli yurakning qisqarish qobiliyati pasayadi va natijada yurak yetishmovchiligi rivojlanadi.
Yurakning ko’p shikastlanishi va katta chandiqlar hosil bo’lishi natijasida yurak anevrizmasi — bemorning hayotiga tahdid soluvchi va tezkor davolashni talab qiluvchi holat paydo bo’lishi mumkin. Anevrizma nafaqat yurakning faoliyatini yomonlashtiradi, balki qon trombi hosil bo’lishi ehtimolini oshiradi va uning yorilishi xavfi ham katta bo’ladi.

MIOKARD INFARKTINI OLDINI OLISH


Ushbu kasallikning oldini olish birinchi va ikkinchi darajali shartlarga bo’linadi. Birlamchi maqsad — miokardial infarkt yuzaga kelishini oldini olish, ikkinchisi — kasallikka duchor bo’lganlarda yurak-qon tomir kasalliklari qaytalanishini oldini olishdir. Profilaktika nafaqat yurak-qon tomir tizimi muammoari mavjud kishilarga, balki sog’lom kishilar uchun ham muhimdir. Profilaktika xavf omillarini bartaraf etish yoki ularning ta’sirini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi:

  1. Tana vaznini nazorat qilish. Ortiqcha vaznli odamlarda yurakka ortiqcha yuk tushishi kuzatiladi, gipertoniya va qandli diabet rivojlanishi xavfi ortadi.

  2. Muntazam jismoniy faoliyat. Jismoniy faollik modda almashinuvini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek tana vaznini kamaytiradi. Muntazam mashqlar bajarish miokard infarkti xavfini 30 foizga qisqartirishi isbotlangan. Jismoniy mashqlar majmuasi va og’irlik darajasini shifokor tayinlaydi.

  3. Yomon odatlardan voz kechish. Olimlar allaqachon chekish va spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishini isbotlashgan. Yomon odatlardan voz kechishni istamagan odamlarda miokard infarktining rivojlanishi xavfi 2 barobar ortadi.


  4. Yüklə 41,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə