Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix16.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#110687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan
investitsiya shakllarini guruhlash.
6

1.2 2-chizma
.
 
Investitsiyalarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
birinchidan ,resurslarn ikapitalqo'yilmalarga aylantirish,ya'ni resurslarni investitsion 
faoliyat natijasi hisoblangan obyektlarga o'tkazish;
ikkinchidan ,capital qo'yilmalar uchun sarflangan mablag'lar pirovard natijada 
investitsiyalar miqdorini oshirish va yangi iste'mol qiymatini yaratish; 
6
Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami


18 
uchinchidan, ijtimoiy samara yaratish,ya'ni investitsiya faoliyatining pirovard 
maqsadini amalga oshirish kiradi. 
Bozor iqsodiyoti sharoitida investitsiya tizimi
7
1.2 3 - chizma 
7
Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami
 
 


19 
 
1.3
O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning rivojlanishi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy 
mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy 
rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda ―Chet
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-
sharoitlarni ta‘minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya
qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi 
investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga 
doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o‘tish 
joizdir.О‘zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga
aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi
bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar
yetkazib berilmoqda. O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan
ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita
bog‘liqdir. O‘zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar
va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy
investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat 
beradi. Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko‘lamli sotish
bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy
hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga 
integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog‘liq.
O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal 
rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan 


20 
bozorlarga

ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy


hamda Janubi-sharqiy Osiyo,

Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega


bo‘lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy 
investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan referensiyalar taqdim 
etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan. O‘zbekiston
Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik 
tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi xorijiy investitsiyalar jalb etilishini 
rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik
g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy
aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimovning ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb
etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi farmoni
qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2
mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda, 
2016 yil tog’-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy 
faoliyat turlari bo’yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 
56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga 
ega bo’lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilda 
14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligini rivojlantirishga 
qaratilgan hukumatning sa’y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo’jaligiga 
yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada 
saqlanib turibdi. 
2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar 
bo’yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat 
investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda – 9016,3 mlrd. so’m, axborot 
va aloqa – 467,4 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab 
chiqarishda – 10,5 mlrd. so’m, metallurgiya sanoatida – 10,4 mlrd. so’m va boshqa 


21 
ko’plab faoliyat turlari bo’yicha investitsiyalar o’zlashtirildi. Xitoy Xalq 
Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab 
chiqarishda – 458,8 mlrd. so’m, tabiiy gaz chiqarish – 451,5 mlrd. so’m, aloqa – 
544,0 mlrd. so’m, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 149,7 
mlrd. so’m va boshqa o’nlab faoliyat turlari bo’yicha o’zlashtirildi. Yaponiya davlati 
investitsiyalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar loyihalari quyidagilardan 
iborat: quruqlikdagi va quvur transportida – 445,3 mlrd. so’m, elektr, gaz, va bug’ 
bilan ta’minlash, havoni konditsiyalashda – 387,9 mlrd. so’m, kimyo mahsulotlari 
ishlab chiqarishda – 209,5 mlrd. so’m hamda aloqa faoliyat turida – 90,0 mlrd. so’m.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə