Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Bozoriqtisodiyoti sharoitida investitsion obyektlari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix16.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#110687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bozoriqtisodiyoti sharoitida investitsion obyektlari. 
5

1.2 1-chizma
.
Biz intellectual investitsiyani alohida turgani ajratishkerak, degan iqtisodchilar 
fikriga qo'shilamiz.Chunki,ilmiy texnika taraqqiyoti juda tez rivojianayotgan hozirgi 
davrda intellektual potensia lishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib
4
Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami



14 
qolmoqda.Shuning uchun hamrivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash ilmiy 
tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda. 
Intellektual investitsiya kadrlar tayyorlash ,ilmiytekshirish ,ta'lim va boshqa 
ko'rinishdagi intellectual salohiyatlarga investorlar qo'yadigan barcha turdagi 
boyliklardir.Ishlab chiqarishning fan va texnikani ta'siri kuchayib borishi bilan 
intellectual investitsiyalarning
Ahamiyati yanada oshib boradi. Asosiy fondler va aylanma mablag'larga investorlar 
qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi .Hozirgi 
davrdaR espublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun 
texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga Oshirishning 
zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni 
qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni 
rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya,obligatsiya va 
boshqa turdagi qimmatliqog'ozlar,muddatlidepozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga 
aytiladi.Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli 
moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim.Mulkningdavlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli 
qog'ozlar taraqqiy etib,moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi. 
Buholatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda 
umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi. 
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha
mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki 
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy
investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa
mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda 
kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel‘


15 
investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular kaysi
xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy
investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda
katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, 
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bo’lishi, erkin
iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari
mumkin. 
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi: 
1) iqtisodiy omillar: 
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur`atlarining bir maromda 
ushlab turilishi; 
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning 
amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar 
bozori taraqqiyoti ta`siri ostida olib borilishi); 
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining 
chukurlashuvi; 
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi
(AQSh Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab
chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir); 
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining 
chuqurlashib borishi; 
-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshqalar. 
2) siyosiy omillar: 


16 
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), 
offshor hududlari va boshqa.); 
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; 
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy
sektorni va kichik biznesni qo`llabquvvatlash); 
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. 
Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillar talilil qilinishi lozim 
bo'ladi.Bu tahlil mablag'lari yo'nalishining eng maqbulu sulini tanlash va kelajakda 
har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi. 
Shuni ta'kidlashl ozimki, investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga 
tayanib ish yuritish mumkin emas.Chunki,u iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha 
ta'sir ko'rsatadi.
Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga 
oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda 
sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi 
yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga 
ortayotgani buning yaqqol dalilidir. 
Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan 
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari 
qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya 
faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 
himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi 
bo‘lib xizmat qilmoqda. 


17 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə