Topshiriq 9. MAVZU: Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi
MIKROBIOLOGIK DIKTANT
Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun ....... eng qulay joy hisoblanadi.
Mikroblar yordamida tuproqning ......... va tuzilishi o‘zgaradi.
Tuproq orqali
.........., ......, ......, ...... va boshqa mikroblar tarqaladi.
Inson oranizmining
normal mikroflorasi mikro va makro organizmlarning o‘zaro ta’siri
natijasida
evolutsiya jarayonida yuzaga keladi. Organizmning ma’lum qismi va a’zolari
uchun xarakterli mikroblar turining yig‘indisi ......—organizmning
normal
hayot faoliyati uchun zarurdir. Suvda juda ko’p
mikroorganizmlar uchraydi,
chunki ……. tabiiy muhit hisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar …… o’tadi. Agar
suvda oziq moddalar yetarli bo’lsa, mikroorganizmlar soni juda ko’payib ketadi.
Ayniqsa …….. suvda bakteriyalar ko’p bo’ladi. Artezian quduqlarda va ……..
suvlari esa toza
hisoblanadilar, ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi.
Javoblar:
1. Tuproq 2. Kimyoviy tarkibi 3. Tuzilishi 4. Gazli gangrena 5.
Qoqshol 6. Kuydirgi 7. Botulizm 8. Biotsinoz 9.Suv 10.Tuproqdan 11.Chiqindi
oqava 12.Buloq
KEYS TOPSHIRIG`I:
1-Topshiriq
.
Quyidagi keys savolini yechimini
toping va fikrlaringizni
izohlab bering
Shifokor qabuliga kelgan bemor og‘iz bo‘shlig‘ida, tishlarida og‘riq
borligidan shikoyat qildi. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi, bemor og‘zidan
noxush hid kelayotgandi. Tishlarida karies ham bor edi. Bemorning og‘izdan nega
noxush hid keldi?
Keys savollari:
1.
Og‘iz bo‘shlig‘ida mikroorganizmlar rivojlanishi
uchun qanday sharoit
mavjud?
2.
Og‘iz bo‘shlig‘ida qanday mikroorganizmlar uchraydi?
3.
Og‘iz bo‘shlig‘i mikroorganizmlari qanday kasalliklarni yuzaga keltiradi?