Ya. A. Kamenskiy qanday tizimni asosladi?



Yüklə 86,26 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü86,26 Kb.
#138502
Pedagogika nazariyasi va tarixi



Yurtimizda hukmronlik qilgan quyidagi qaysi davlat davrida ilm-ma’rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi (Dastlab)? 
Ya.A.Kamenskiy qanday tizimni asosladi?
Ya.A.Kamenskiy insonning rivojlantishning nechta davrini ko‘rsatadi?
Ya.A.Kamenskiy qanday prinsipni birinchilar qatorida ilgari surdi?
XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyoda qanday ta’lim muassasalari mavjud edi?
XV asrda Samarqandda gazmollar tayorlashda asosan qaysi mahsulotlardan foydalanilgan?
XV asrda mamlakatda dehqon xo'jaligida asosan qanday mahsulotlar yetishtirilgan?
XV asrad iqtisodiy hayotning rivojlanishida muhum bo'lgan hunarmandchilik sohalari qaysilar edi?
XIX asr o‘rtalarida Turkistonda nechta maktablar bor edi?
XIV-XV asrlarda Samarqandda hunarmandchilikning eng sertarmoq turi qaysi qatorda berilgan?
Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning O’g’li al-Ma’mun davrida qayerda “Bayt–ul-hikmat” 
(“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi? 
Ulug’likka yetsang unutma o’zing, Agar atlas kiysang, unutma bo’zing. Qora bosh yag’isi qizil til turur, Necha bosh edi u, 
yana ham eyur. Ming yer do’sting ersa o’qish ko’rmagil, Bir yer dushman ersa, ani ozlama. Ulug’lar ne bersa, emasmen 
dema, Ilig sur, og’iz ur, emasang yema. Tiling bekta tutg’il tishing sinmasun, Qolu chiqsa bekta tishing siyur. Harislik ma 
erg’a yovuz xislat bo’l, Harislik so’ng g’am, o’kinch hasrat ul. Ushbu pedagogik misralar qaysi asarda keltrilgan? 
Turkistondagi jadid maktablarining yuzaga kelishi qaysi mashhur arbob nomi bilan bevosita bog‘liq?
Toshkentda ilg‘or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat “Turon” jadidlar jamiyatini kim tashkil etdi? 
Temuriylar davrida qaysi shahar qurilishi yakuniga yetkazilgan?
Temuriylar davlati muntazam savdo aloqalarini olib borgan mamlakatlar.
Ta’lim tamoyillari deb nimaga aytiladi?
Ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi 
ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladigan ta’lim bu-?
Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qaysi bobida 
ko’rsatilgan?
Sharq uyg‘onish davrlarini aniqlang?
Sharq uyg‘onish davridagi ilmiy va aloqa tili, rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari hamda ilmiy asarlar asosan qaysi tilda olib 
borilganini aniqlang? 
Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek Amiriy, Sakkokiy va boshqalar qaysi fan sohasining rivojiga ulkan hissa qo'shgan? 
Samarqandda ishlab chiqarilgan qaysi mahsulot chet elda eng mashhur hisoblangan?
Samarqandagi qaysi qadimiy obidaning eshiklari 7xil ma'dan qotishmasidan tayyorlangan?
Saidrasul Aziziyni nomini mashhur qilgan asar qaysi?
Qizlarni o‘qitgan ayollarni kim deb atashgan?
Qaysi olimning asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo‘ldi?
Qaysi olim o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish zarurligini ta’kidlaydi.
Pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog‘liqlikda o‘rganish maqsadida davrlashtirish necha davrdan iborat?
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar, Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’lar. O’quv qut beradi, bilim – sharaf-shon, Shu ikkov 
tufayli ulug’dir inson. Ushbu pedagogic misralar qaysi asarda keltrilgan? 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
berilgan to’g’ri javobni toping?
O‘zbekistonda pedagogika tarixini o‘rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o‘zida nechta bosqichni aks ettiradi:
O‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri?
O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi kim?
O‘quv yili Yaponiyada necha kun?
Niso surasining qaysi oyatida «Yaxshi ayollar o’z erlariga itoat qilgan xotinlar, erlarining mollarini va o’z nomuslarini 
nobudlik va begonalar qo’lidan himoya qiladiganlar, - deb madh etiladi?
Musulmon maktablarida ta'lim tizimi necha toifaga bo‘lingan edi?
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar………
Me’yoriy huquqiy hujjat-bu………?
Mashhur olim va ijtimoiy fan arbobi, o‘zbek sovet maktabining asoschisi birinchi darslikni yaratgan birinchi akademik va 
O‘z SSR FA ning birinchi prezidenti ….?
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning qobiliyati va layoqatini har tomonlama rivojlantirish haqida fikr yuritgan 
pedagog
Madrasalar 3 bo‘limdan iborat bo‘lib 1-bo‘limda talabalar 9-10 yil o‘qishgan. 2-bo‘limda esa talabalar necha yil tahsil 
olishgan?
Konfutsiyning maqsadga erishish uchun ishlab chiqqan sxemasi necha qoidadan iborat?
Ko‘rgazmalilik prinsipini kiritgan va uni “Oltin qoida” deb atagan olim


Jentelmen tarbiya tizimini ishlab chiqqan olim-
Jamoada tarbiyalash masalasini ilgari surgan olim.
Jahon ilmida “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) nomiga musharraf bo‘lgan Sharq mutafakkiri kim?
Jadidlar markazi Qo‘qonda bo‘lgan, Turkiston muxtoriyati deb atalgan mustaqil muxtor respublikani e’lon qildilar. Bu 
Muxtor Respublika necha kun yashagan?
Jadidchilik harakatining asoschisi kim bo‘lgan?
Jadid usulidagi maktablar nechinchi asrda ochildi?
J.Dyui qanday pedagogikaning asoschisi hisoblanadi?
Ismatilla Rahmatullayev nechinchi yildan "O‘zbek davlat kitob palatasida " Direktor lavozimida ish yurita boshladi ? 
Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi qachon tashkil topgan?
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiya, Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat”. Quyidagi misralarning muallifini 
toping? 
Hadisni rivoyat qiluvchi kishi isnod, hadislarni to’plagan muallif esa ….. deyilgan?
Hadis ilmining yaratilishida oltin davr qaysi asrga to‘g‘ri keladi?
Hadis ilmida «Sahih» yo‘nalishining asoschisi kim?
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan bitiklar qaysi manbaada ko’rsatilgan?
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda qanday manbaalarga tayanamiz?
Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim-tarbiyaga oid qimmatli ma‘lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodining qaysi
na’munalari orqali o’rganamiz?
Didaktikaning “oltin qoidasi” nomi bilan qanday prinsip atalgan?
Boshlang‘ich ta’limning mukammal o‘quv rejasini ishlab chiqqan olim-
Bolalarga ta`lim-tarbiya berish qaysi davrdan boshlangan?
Bolalar 6 yoshga to‘lganida qaysi maktabga o‘qishga qabul qilinar edi?
Arablarning O’rta Osiyoga kirib kelishi ?
Amir Temur va Ulug'bekning asosiy qarorgohi qayerlar edi?
Amir Temur sun'iy sug’orish maqsadida qaysi vodiyda qaysi kanalni qazdirib sug'orish ishlarini yo'lga qo'ydi?
Amir Temur Samarqand atrofida qaysi qishloqlarning bunyod etilishiga asos soldi?
Amir Temur farmoni bilan qaysi usta yasagan Jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan?
Amir Temur davridagi miniatyuriyaning ko'chirma manvalari hozirda dunyoning qaysi davlatidagi kutubxonalarida 
saqlanadi?
Al – Xorazmiyning “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-Hind”) asari qaysi raqamlarga bag’ishlangan?
Al - Xorazmiyning “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va аl-muqobala” asari necha qismdan iborat?
Abdulla Avloniy nechinchi yilda "Mehnat qahramoni "unvonini olgan ?
2020-yil 23-sentabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan nechanchi son bilan “Ta’lim to’g’risida”gi 
qonunning yangi tahriri imzolandi?
1929-yili O`zbekistonda arab alifbosi o`rniga qaysi alifbo joriy qilindi?
1925- yilda Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari hisobiga necha sinfli yangi maktabni ishga 
tushiradi?
1875- yilda Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bog’bon oilasida tug’ilgan ma`rifatparvar, jadidchi pedagog kim?
…………… fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, 
irodasizlik kabilardir?
«Yer sur’ati », «Al jabr va al muqobala» asarlarining muallifi...
«Toza doska» nazariyasi kim tomonidan bildirilgan?
«Hibbat ul-haqoyiq» asarining muallifi
«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratgan olim, pedagog, 
jadidchi... kim?
”Ta’lim to’g’risida”gi qonunning nechanchi bobbida “Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya 
qilish”kiritilgan va nechanchi moddalarni o’z ichiga oladi?
”Ta’lim to’g’risida”gi qonunning nechanchi bobbida “Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy 
vakillarining huquq va majburiyatlari”kiritilgan va nechanchi moddalarni o’z ichiga oladi?
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 8 bobida “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litzensiyalash, ta’lim tashkilotlarini 
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish. Xorijiy davlatda olingan davlat to’g’risida hujjatni tan olish, ta’lim 
sohasidagi hujjatlarga apostil qo’yish” nechanchi moddalarni o’z ichiga oladi?
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi nechanchi bobda ko’rsatilgan 
va nechanchi moddalarni o’z ichiga oladi?
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan nechanchi yil qabul qilingan?
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning nechanchi moddasida “Dual ta’lim” keltirilgan?
“Savodi ta’lim”asari kimga tegishli?
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.


“Pedagogika tarixi” fani o‘rganish manbaalari berilgan qatorni toping.
“Pedagogika tarixi” fani nechta vazifani o‘z ichiga oladi?
“Onalar maktabi” kitobini muallifi kim?
“Odob as-solihin” asarida qanday qoidalar bayon etilgan?
“Madrasa” so‘zining lug‘aviy ma’nosi?
“Avesto” qanday manbaa?
.«Niso» surasining qaysi oyatida «Ayollarga yaxshi muomalada bo’linglar», deya nozil qilingan. Shu bilan bir qatorda 
ayollarning erlari oldidagi burchlari ham ko’rsatib berilgan?
.“Qur’on”ni yod bilgan kishi kim deb atalgan?
. «Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da»; «Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan 
yaxshiroq»; «Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik»; «Odobning boshi – til». Ushbu kabi maqollar qaysi 
asarda keltirilgan?
"Quvnoq hayot" maktabi (koloniyasi) kim tomondan tashkil etildi?
"Qudratimizni ko'rmoq istasang- binolarimizga boq"degan yozuv qaysi obidaning peshtoqiga yozilgan edi?

Yüklə 86,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə