Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi


Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/60
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#81940
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari 
Yosh suitsidal axloq xususiyatlariga aqamiyatli tarzda ta'sir ko`rsatadi. 
Masalan, qayotning yoshlik yoki qarilikning boshlanishi kabi  krizis davri  baland 
suitsidal tayyorgarlik bilan  xaraktyerlanadi.  
Bola yoshidagi suitsidal axloq vaziyatli-shaxsiy  ryeaktsiya xaraktyerini 
oladi, ya'ni o`lish istagining o`zi bilan emas, balki stryessli vaziyatlar yoki jazodan 
qochishga urinish bilan bog’liq.  Ko`pchilik tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, 13 
yoshgacha bo`lgan bolalardagi suitsidal axloq –kam uchraydigan ko`rinish, va 


faqat 14-15 yoshga yetgandagina suitsidal faollik kyeskin o`sadi, 16-19 yoshda eng 
yuqori darajaga yetadi [4, 5, 15]. 
Po danno`m isslyedovaniya A.G.Ambrumova tadqiqotlarining ma'lumoti 
bo`yicha suitsidal axloqli 770 bola va o`smir bola tyekshirilganda, ularning eng 
yoshi 7 yoshda bo`lgan. Ko`pchiligini qizlar tashkil etgan (80,8 %). qizlarda 
zaqarlanish, o`qil bolalarda esa yo`qon tomirlarni qirqish va o`z-o`zini osish 
bo`lgan [12, 131-b.]. 
Ko`pchilik mualliflarning hisoblashicha, boladagi o`lim kontsyeptsiyasi 
faqat 11-14 yoshga yetganidagina babbarobar yaqinlashadi, shundan kyeyin bola 
o`limning ryealligi va qaytarib bo`lmasligini  chindan anglaydi. Kichik bola 
yashash va o`lish o`rtasidagi farqni yaxshi tushunmaganidan o`limdan ko`ra 
yaxshiroq fantaziya qiladi. Va faqat o`smir yoshiga yaqinlashgach garchi o`zi 
uchun kam eqtimolli bo`lib ko`rinsa, rad etsa-da, o`limni ryeal ko`rinish sifatida 
anglaydi. Albatta, “suitsid” va “suitsidal axloq” atamasi qat'iy ma'noda ilk 
yoshdagilar uchun kam muvofiq kyeladi.   
Bolalar o`z axloqi uchun tushuntiradigan sabablar jiddiy emas va bir lahzalik 
bo`lib tuyulishi mumkin. Bolalar uchun umuman olganda ta'sirchanlik, 
ishonuvchanlik, o`z axloqiga past tanqid, kayfiyatning o`zgarishi, impulsivlik, 
yorqin qis qilish va boshdan kyechirish layoqati  xaraktyerlidir. Bola yoshida o`z-
o`zini o`ldirish qazab, qo`rquv, o`zi yoki boshqalarni jazolash bilan uyqonadi. 
Ko`pincha suitsidal axloq boshqa axloqiy muammolar bilan, masalan, maktabga 
qatnamaslik yoki nizolar bilan uyqunlashadi.  
Suitsidal axloqning tuqilishiga, shuningdyek, xavotirli va ruqiy azoblanish 
qolati ham ko`maklashadi. Bolalarda ruqiy azoblanish qolatining byelgilari 
quyidagilar bo`lishi mumkin: qayqu, bolalarga xos bo`lmagan kuchsizlik, uyqu va 
ishtaqaning buzilishi, oqirlikning pasayishi va somatik arzlar, omadsizlikdan 
qo`rqish va o`qishga qiziqishning susayishi, to`laqonli emaslik va inkor etilganlik 
tuyqusi, o`z-o`zini o`ta tanqid qilish, odamovilik,  xavotirlilik, tajovuzkorlik va 
frustratsiyaga past chidamlilik. Biz o`smir yoshida suitsidal axloqning birmuncha 
boshqacha kartinasini kuzatamiz.  O`smirlar orasida o`z-o`zini o`ldirishga urinish 
bolalarga qaraganda aqamiyatli tarzda ko`p uchraydi, shu bilan birga ularning 
kamchiligigina o`z maqsadlariga erishadilar.  Tugallangan suitsidlarning soni 
barcha suitsidal harakatlarning 1 foizidan oshmaydi [4]. Bu yoshda suitsidal axloq 
namoyishkorona, shu jumladan,  shantaj xaraktyeriga ega.  A.Ye.Lichkoning 
ta'kidlashicha, faqat 10 foiz o`smirlardagina o`z-o`zini o`ldirishning qaqiqiy  istagi 
mavjud, qolgan 90 foizida – bu yordam qaqidagi qichqiriqdir [13, 73-b.]. 
B.N.Almazov 14-18 yoshdagi o`zini atayin kyesgan o`smirlar guruhini tyekshirib, 
byelgiladiki, faqat 4 foizigina o`z-o`zini kyesayotgan lahzasida suitsidal 
mazmundagi fikrga ega bo`lgan.  Ko`pgina ekstsyesslar tyengdoshlari bilan 
urushib qolganidan kyeyin, shuningdyek, “birodarlashuv” an'anasi yoki  sodir 
etilgan [13, 132-b.]. A.Ye.Lichko, A.A.Alyeksandrov, 14-18 yoshdagi o`smirlar 
guruhida tyekshiruv o`tkazib, 49 foizida suitsidal harakat o`tkir affyektiv 
ryeaktsiya  fonida sodir etilgan dyegan xulosaga kyeldilar [13, 133-b.]. O`smirlar 
guruhida, shuningdyek, psixik buzilishlar roli, masalan, ruqiy azoblanish qolati 
birmuncha o`sgan. Ruqiy azoblanishning “bolalik” byelgisiga zyerikish va 


charchash tuyqusi, mayda narsalarga diqqatni jamlash, isyon va bo`ysunmaslikka 
moyillik, ichkilik va giyohlarni suiistye'mol qilish qo`shiladi.   
Umuman olganda o`smirlarning suitsidal axloqiga tyengdoshlari va ota-
onalari bilan shaxslararo munosabatlarning aqamiyatli ta'siri qaqida gapirish 
mumkin.  L.Ya.Jyezlovaning fikriga ko`ra [11], pubyertat yosh oldidan “oilaviy”,   
pubyertat yoshida esa “jinsiy” va “muqabatli” muammolar ustunlik qiladi.  
Boshqa, afsuski, nisbatan kam o`rganilgan o`ta muqim omil – o`smir 
submadaniyaning ta'siridir. OAV ning 1999 yilda «Ivanushki intyernyeshnl» 
yoshlarning pop-guruhining sardori Igorya Sorinning o`z-o`zini o`ldirganligi 
qaqidagi xabariga javoban bir nyecha o`smir qizlar o`zlarining syevimli 
shaxslaridan namuna olib, unga ergashganlar.  
14 yoshdan kyeyin  suitsidal axloq qizlarda qam, o`qil bolalarda ham 
taxminan bir xil namoyon bo`ladi. O`smir yoshida suitsidal axloq ko`pincha jinsiy-
shaxsiy munosabatlar, masalan, baxtsiz muqabbat bilan bog’liq bo`ladi. Yoshlar 
guruhi ruqiy azoblanish qolatiga duchor bo`ladi. Ruqiy azoblanish qolatining 
darajasi ko`pincha suitsidal xavfning jiddiyligining ko`rsatkichidir.  
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, tugallangan o`z-o`zini o`ldirishning 
birmuncha miqdori 40 dan 65 yoshgacha oraliqda sodir etiladi. o`z-o`zini o`ldirish 
darajasi erkaklar orasida yuqori. Yetuk yoshning tipik stryessorlari ajrashish 
vaziyati, yaqin odamini yo`qotish, ishdan bo`shash, moliyaviy krizis, oiladagi 
o`lim hisoblanadi.  
Kyeksa yosh yolqizlik, profyessional faoliyatning yakunlanishi, 
imkoniyatlarning yo`qolishi, oila va do`stlardan ayrilish va q.k. kabi jiddiy 
ijtimoiy-psixologik muammolar bilan to`qnashadi. Kyeksa odamlardagi ruqiy 
azoblanish qolati charchaganlik, fatallik va umidsizlik bilan xaraktyerlanadi. 
Umidsizlik o`lishning mustaqkam istagida namoyon bo`ladi. Kyeksa yosh qator 
sabablar kuchida suitsidal axloqqa birmuncha  mubtalo bo`lganlardan biri 
hisoblanadi.   
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə