Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Shuning uchun, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

Shuning uchun, insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda quyidagi takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin: 
1. Xalq orasida diniy ta’lim-tarbiyani kuchaytirish lozim, buning uchun faqat masjidlarda qilinadigan 
ma’ruzalar kamlik qiladi, chunki masjidlarga kam odam yig‘iladi, keladiganlari ham o‘zining ozmi-ko‘pmi to‘g‘ri 
yo‘lini topib olganlar keladi. Har bir mahallada haftada bir marta faqat rasmiyatchilik uchungina emas
muntazam ravishda diniy suhbatlar, savol-javoblar kechasi uyushtirilishi kerak. 
2. Televidenie va radioda diniy ko‘rsatuvlar sonini ko‘paytirilishi va har xil ulamolar suhbatini uyushtirilishi, 
Din peshvolari bilan ochiq muloqotlar, savol-javoblar tashkil etilishi kerak. Mavzular ham rang-baranglashtirilib, 
hozirgi dolzarb mavzular – turli nopokliklarning zarari, ulardan saqlanish haqida ochiqroq gapirilishi lozim.
3. Oliygohlarda, maxsus va o‘rta maktablarda dinimizning asosi bo‘lgan Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.)ning hadislari, ulardan chiqadigan hukmlarni o‘qitish muntazam rejaga kiritilishi kerak. Chunki, Qur’oni 
karim va Hadis ham diniy, ham dunyoviy ilmlar konidir. Butun olamga tatigilik kashfiyotlar va ilmiy meroslar 
qoldirgan hamyurt allomalarimizning ilmu fan taraqqiyotidagi xizmatlarida, yuksak ma’naviyatimizning 
yulduzlariga aylanishlarida Qur’on va Hadis qo‘shqanot bo‘lganligi sir emasdir. 
4. Televidenieda ko‘rsatilayotgan, yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan film va 
seriallarni, ichkilikbozlikni, kashandalikni targ‘ibot qiluvchi reklamalarni to‘xtatish kerak. 
 
5. Shaharning serqatnov ko‘chalariga o‘rnatilgan, kashandalikni targ‘ib etuvchi reklama lavhalari o‘rniga 
yurtimiz erishgan muvaffaqiyatlarni ko‘rsatuvchi, shahrimiz jamolini ko‘z-ko‘z qiluvchi rasmlar qo‘yilsa, ular 
ma’naviy tarbiya uchun xizmat qilardi. 
2. Har kim ekkanini o‘radi.
Alloh taolo Muso (a.s.) qissalarida va boshqa o‘tgan payg‘ambarlarning 
qissalarida ham zulmkorlarga qanday muomala qilganini bayon etadi. Zulmkorga bildirmasdan qarshi zulm 
qilish ham zulmdir. Shuning uchun Alloh taolo zolim emas, hech kimga bildirmasdan, tasodifan
 
jazo 
yubormaydi. Ko‘rib o‘tganimizdek, avval payg‘ambarlari orqali ogohlantiradi, tavba va imon keltirishlariga, 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
zulmdan voz kechishlariga imkon beradi. Zulm va tajovuzlari Allohga qarshi bo‘lganidan keyingina, Alloh ularni 
jazolaydi. Bunday misollarni o‘tgan payg‘ambarlar: Nuh, Hud, Solih, Shu’ayb, Lut va boshqalar misolida ko‘rib 
o‘tdik. Agar qavmlar Allohning ogohlantirish imkoniyatidan foydalansalar, qilmishlariga tavba etsalar va 
zulmdan qo‘l tortsalar, Alloh taolo ularning tavbasini qabul qiladi va jazodan najot beradi. Bunday voqe’ani 
Yunus (a.s.)ning qavmlari misolida ko‘rib o‘tdik. 
Qur’oni karim bizlarga ana shu o‘tmish payg‘ambarlar haqida qissa qilib berar ekan, ulardan ibrat olishga, 
zulm va tajovuzdan qochishga, har bir amalni Alloh roziligi yo‘lida qilishga da’vat etadi:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə