Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II. 1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II. 1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari 
Inson o’z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratar ekan, ularni ishlab 
chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o’z mehnatini sarflaydi. 
Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat 
qiladi. Iste’molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi bo’lganligi sababli, 
tovarlarga bo’lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog’liq bo’ladi. 
Korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan 
birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o’lchanadi. Mehnat 
jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga 
ko’rsatgan xizmatlari uchun sarflangan mehnatiga haq to’lash miqdorini asoslash 
hamda aniqlashni talab qiladigan o’zaro munosabatlar vujudga keladi.
1. Mehnat va ish haqi hisobini tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari. 
Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan 
tashqari, bevosita mehnat jarayonini ham o`z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot 
vujudga keltiriladi. 
Xo`jalik yuritishning bozor tizimiga o`tish sharoitida mehnatga haq to`lash, 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning 
ko`plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to`lashning 
shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag`batlantirishni 
korxonalar mustaqil o`zlari belgilaydi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab 
qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining 
o’zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to’lash fondi, to’lov turlari va 
xodimlar toifasi bo’yicha hamda mehnatga haq to’lash fondidan tashqari amalga 
oshiriladigan boshqa to’lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks 
ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan 
foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo’yicha reja 
topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va 
unga haq to’lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa: 
-
ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to’g’ri va o’z vaqtida 
hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan 
muddatlarda to’lashni; 
-
hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarni ishlab 
chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo’nalishlari bo’yicha aniq 
taqsimlashni; 
-
ish haqidan byudjetga majburiy to’lovlarni, shuningdek, korxonaga yetkazilgan 
moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to’g’ri hamda o’z 
vaqtida ushlab qolish va o’tkazishni; 
-
xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi kerak. 
Xo`jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to`lash hisobining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 



soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo`shilgan holda korxona xodimlari 
bilan mehnatga haq to`lashga doir hisob-kitoblarni o`z vaqtida olib borish; 
-hisoblangan ish haqi va sug`urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schetlariga 
o`z vaqtida va to`g`ri o`tkazish; 
-boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo`yicha 
ko`rsatkichlarni tezkor yig`ish va guruhlash.
Mehnat va unga haq to`lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati
ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini 
shakllantirish va ijtimoiy xususiyaga ega bo`lgan to`lovlarni amalga oshirish usidan 
tezkor nazorat o`rnatishni ta’minlashi lozim. CHunki yuqorida keltirilgan 
vazifalarning o`z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini 
yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir. 
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida 
aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi: 

asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar; 

asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar. 
Asosiy faoliyatda band bo’lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi sexlarning, 
yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo’linmalarining, tozalash 
inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot-hisoblash markazlarining, barcha turdagi 
qo’riqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi. 
Asosiy bo’lmagan faoliyatda band bo’lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal 
xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha 
tarbiya muassasalarida band bo’lgan xodimlar kiradi. 
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
-
ishchilar; 
-
xizmatchilar. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə