Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

marshrut varaqalari
sexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, 
unda qayta ishlanishi lozim bo’lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish 
topshirig’i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining 
birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan 
birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat 
qilinadi. 
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo’nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab 
tamomlangan detallar bo’yichagina asos bo’la oladi. Agar shu smenada ayrim 
detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport 
ochiladi. 
Raport
ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni sexga 
jo’natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo’natib, bu 
haqda raportga tegishli belgi qo’yganidan keyin u texnika nazorati bo’limiga beriladi. 
Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo’yicha rasmiylashtiriladigan boshlang’ich 
hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo’limiga 
topshiriladi. Buxgalteriyada boshlang’ich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun 
hisoblash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari 
buxgalteriyada sexlar bo’yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy 
varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang’ich hujjatlar asosida hisoblash 
vedomosti, ish haqi bo’yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig’ma 
hujjatlar tuziladi.
 

Ish vaqtidan foydalanishni hujjatlashtirish va hisobga olish. 


Ishlagan kunlari va soatlarining miqdori o`ndan bir miqdorda ko`rsatiladi. Tabellarga 
qo`lda ishlov berilganda (kontirovka) harf va sonlar bilan, agarda kompyuterda ishlov 
berilganda sonlar bilan kodlashtiriladi. Sub’ektlarda tabellarning ikkita shakli 
qo`llaniladi - T-12 va T-13 va ular yordamida mehnat vaqtidan foydalanish hisobga 
olinadi va nazorat qilinadi.
T-12 shaklida ish vaqtidan foydalanishdan tashqari hisoblangan mehnat haqi 
ham ko`rsatiladi. Unda har bir xodimga biriktirilgan tabel nomeri, xodimning ismi va 
nasabi, guruhi, mutaxassisligi yoki mansabi, maoshi, shu oyda ishlagan kunlarining 
soni va soati, shundan belgilangan soatdan ortiqcha ishlagan vaqti-soatda, kechasi va 
tunda ishlagan vaqtlari, ishga kelmagan vaqti va sabablari, dam olish va bayram 
kunlari, bundan tashqari bo`sh turib qolgan vaqtlari ham ko`rsatiladi. Oxirgi usunida 
sub’ektning qaysi faoliyatining tarmog’ida ishlaganligi va hisoblangan mehnat haqi 


ham ko`rsatiladi. CHunki ushbu ma’lumot mehnat sarflarini, mahsulot va ishning 
tannarxini tegishli moddalari bo`yicha hisoblash imkoniyatini yaratadi va mehnat 
unumdorligini hisoblashga asos bo`ladi. 
T-13 shaklida esa ushbu ko`rsatkichlar har bir bo`lim, tarmoq yoki ishning turi 
bo`yicha (mehnat haqi summasidan tashqari) qayd qilib boriladi.
Ushbu xujjatlarning ma’lumotlariga asoslangan holda quyidagi xujjatlar to`lg’aziladi: 
“Hisoblashish-to`lov qaydnomasi” - T-49 shakli. Bu xujjatda har bir xodim 
bo`yicha kodlari ko`rsatilgan holda tegishli oyda hisoblangan mehnat haqi summasi 
ishlagan joyi ko`rsatilgan holda qayd qilinadi va ushbu mehnat haqi summasidan 
qonun xujjatlariga muvofiq chegirib qolingan summalar chegirtmalarning turlari 
bo`yicha ko`rsatilib, oxirgi usunda xodimga beriladigan summa ko`rsatiladi va ushbu 
summaga asosan to`lov qaydnomasi tuzilib, kassaga belgilangan tartibda beriladi; 
«Hisoblash qaydnomasi» T-51 shaklida ham asosan ushbu ma’lumotlar tegishli 
oyda har bir xodim bo`yicha qayd qilib boriladi. Ayrim hollarda T-49 shaklining 
o`rniga qo`llaniladi. 
«SHaxsiy schyoti» T-51 shakli. Ushbu shakl maxsus kitobda yoki varaqda 
(kartochkada) har bir xodim bo`yicha alohida yuritiladi. Unga ma’lumotlar T-49 yoki 
T-51 shakllaridan olinadi. Bu schyotdagi ma’lumotlar har oyda o`sish yo’nalishi 
bo`yicha qayd qilib boriladiki, xodim ta’tilga chiqqanda yoki mukofot va nafaqa 
hisoblaganda o`rtacha hisoblangan mehnat haqini aniqlash uchun zarur bo`ladi. 
Ushbu shakl ikki qismdan tashkil topgan bo`lib, uning chap tomoni (1-qismi)da 
mehnat haqi yoki boshqa hisoblangan summalar tegishli usunlarda (ishlagan vaqti, 
bekor turishi, mukofot, nafaqa va hokazo) qayd qilinadi va o`ng tomoni (2-qismi)da 
ushbu hisoblangan summalardan chegiriladigan summalar, daromad solig’i, 
jamg’armalarga ajratilgan summalar aks ettirilib, oxirgi usunda xodimning olgan 
summasi ko`rsatiladi. har yilning oxirida ushbu shaxsiy schyot buxgalteriyaning 
arxiviga va ma’lum muddatdan keyin markaziy arxivga topshiriladi.

Doimiy, vaqtincha yoki mavsumiy ishga qabul qilingan rahbar xodimlar va 


mutaxasislar bo`yicha maxsus varoqlar (kartochkalar) va mutaxasislarni hisobga olish 
varog’i kadrlar bo`limi tomonidan to`lg’aziladi. 
Ish yoki xizmatga qabul qilingan har bir xodimga maxsus tabel nomeri 
biriktiriladiki, ushbu nomer shaxsiy tarkibni hisobga oluvchi xujjatlarda, bajargan 
ishlarni tasdiqlovchi va mehnatga haq to`lash xujjatlariga qo`yib boriladi, chunki bu 
nomer hisobni kompyuterlashtirishda kod vazifasini ham bajaradi. Ushbu xodim 
boshqa ishga o`tkazilganda yoki safdan chiqarilganda unga biriktirilgan nomer bir-
ikki yil davomida boshqa xodimga biriktirilmaydi. Yuqorida qayd qilingan daslabki 
xujjatga asosan (chunki buyruqning bir nusxasi buxgalteriyaga beriladi) 
buxgalteriyada ushbu xodimga ma’lumotnoma yoki shaxsiy schyot ochilib, unda har 
oyda hisoblangan mehnat haqi yig’ilib boriladi, chunki uning ta’tilga chiqishida yoki 
boshqa zarur holatlarda hisoblangan mehnat haqini tekshirish, o`rtacha oylik yoki 
kunlik mehnat haqlarini aniqlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur hisoblanadi. 
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olishda «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish 
tabeli», «Yillik tabel varoqlari» va shunga o`xshash daslabki xujjatlardan 
foydalaniladi. Ushbu tabellar va varoqlar sub’ektlar kichik bo`lsa, mazkur sub’ekt 


bo`yicha, agarda katta bo`lsa, ularning bo`linmalari yoki xodimlarning guruhlari 
bo`yicha ochilib yuritiladi 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə