Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat 
qilishlari uchungina yaratdim”
(Vaz-Zoriyot surasi, 56-oyat). 
Haqiqatni his etgan musulmon ayol umrini, vaqtini behuda sovurmaydi. Uni munosib va 
muvofiq kechirishni o‘ylaydi. Barcha iymonlilar shunday ekanini biladi. Shu sababli 
iymonli insonlar Allohga bandalikni qanday amallar bilan ifoda etish zaruratini 
tushunadilar. Mo‘min ayol qiladigan har qanday ishdan maqsad – Allohning rizoligiga 
sazovor bo‘lish va shu niyatning qalbida ustivorligi va buyukligini his etib yashash. 
Endi musulmon ayollarga ibrat bo‘ladigan, maqsadidan qaytmaydigan, niyatidan 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
adashmaydigan, uzoqni ko‘ra bilgan, turmushdosh tanlashda yanglishmagan ba’zi buyuk 
ayollarimiz hayotidan misollar keltiramiz. Bularning boshida Mulxon qizi Ummu Sulaym 
turadi. U madinalik, Ansor ayollari ichida eng avval islomni qabul qilganlardan. Nadr 
o‘g‘li Molik bilan turmush qurgan edi. O‘g‘li Anas shu eridan. Ummu Sulaymning 
musulmon bo‘lishi erini norozi qildi va xafa bo‘lib tashlab ketdi. Lekin Ummu Sulaym 
musulmonlikdan qaytmadi. Dinida sobit qoldi. Biroz muddatdan so‘ng eri o‘lganini 
eshitdi. Ummu Sulaym u chog‘lar yosh ayol edi. Shunga qaramasdan Alloh yo‘lida 
harakatlandi. O‘g‘li Anasning yoniga bordi. Anas 10 yoshlarda edi. O‘g‘lini hazrat 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xizmatlariga berdi.
Bu orada Madinada kuch-quvvat va boylikda peshvolardan, husn-tarovati va xulqi yaxshi 
bo‘lgan bir yigit uni so‘rab keldi. Bu Abu Talha edi. Hali musulmon emasdi. Ummu 
Sulaymga uylanishni istardi. Kuchli, boy, kelishgan Abu Talhaga madinalik har bir yosh 
qiz turmushga chiqish orzusida edi. Vaziyat shunday bo‘lgach, taklif aytilishi bilanoq 
Ummu Sulaym rozilik bilan darhol qabul etishi kutilardi. Lekin ne holki, Abu Talha hech 
kutmagan so‘zni undan eshitib, hayajonga tushdi. Ayol shunday dedi: 
– Ey, Abu Talha! Bilmaysanmi, sen topinayotgan “iloh” tuproqda o‘sgan bir daraxt va bu 
yog‘ochni habash bir kishi yo‘nmadimi? 
Abu Talha: 
– Ha, shunday,-dedi. 
Ummu Sulaym davom etdi: 
– Sen tuproqda bitgan bir o‘tinga, taxta parchasiga sajda qilmoqdan uyalmaysanmi? 
– Senga qimmatli boylik va mahr beraman, dedi Abu Talha baxtiyor va shod 
yashashidan kibrlanib. Ummu Sulaym maromini buzmasdan qat’iyat bilan aytdi: 
– Ey, Abu Talha! Senday erkaklar ortga qaytmaydilar, past ham ketmaydilar. Faqat sen 
kofir bir odamsan, men esa musulmon bir ayolman. Agar musulmonlikni qabul etsang, 
sening musulmon bo‘lishing – mening mahrim bo‘ladi. Sendan bundan boshqa boylik 
istamayman. 
Abu Talha ikkinchi kun ham keldi. Bu gal yana ziyoda boylik taklif etib, hamma 
imkoniyatlarni ishlatishga va’da berdi. Lekin Ummu Sulaym so‘zida sobit turdi. Uning bu 
saboti, Abu Talhaning ko‘z o‘ngida Ummu Sulaymni qiymatli qilib, yuksaltirib 
yuborgandi. Go‘zalligini, jozibasini, sabr-matonatini ko‘rsatdi. Yana Ummu Sulaym 
shunday so‘z boshladi: 
– Ey, Abu Talha! O‘zing bilasan, topinayotgan ilohlaring duradgorlar tomonidan 
yasalgandir. To‘g‘ri emasmi? Agar o‘t qo‘ysang yonib yo‘q bo‘ladi.
Bu so‘zlar Abu Talhaning boshiga bosqon bo‘lib tushardi. Abu Talhaning tuyg‘ulari 
larzaga keldi va o‘z-o‘zidan shunday so‘radi: “Yagona iloh bo‘lgan Parvardigor 
yonadimi?”. Va tilidan shu so‘zlar to‘kildi:
“Ashhadu al-la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh (Allohdan 
boshqa iloh yo‘qligiga, Muhammad Allohning Rasuli ekaniga guvohlik beraman!)” 
Shu onda so‘zlarni Abu Talhadan eshitib sevinch bilan mas’ud bir holda turgan Ummu 
Sulaym: 
– Ey, Anas tur, Abu Talhani uylantir, dedi. 
O‘g‘li Anas darhol turib, nikoh uchun guvohlarni boshlab keldi. Shu tariqa uylanish 
amalga oshdi. Abu Talha ham g‘oyat shod. Baxtiyor bo‘ldilar. Bu sevinch va mas’udlik 
ichra borlig‘ini Ummu Sulaymga sochmoqni istardi. Faqat ayol ehtiromli va iffatli mo‘min 
xotinlar kabi turib shunday dedi: 
– Ey, Abu Talha! Men sen bilan Alloh uchun turmush qurdim. Shuning uchun, boshqa 
mahr kutmayman! 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə