II.BOB. IZLANISH OB’EKTLARI VA USLUBIYATI 2.1. Izlanish ob’ektlari
Ilmiy izlanish obe’kti bo’lib Anordoshlar – Punicaceae oilasiga mansub Oddiy anor – Punica granatum (3.1.1-rasm) o’simligi mevasi va undan olinadigan shifobaxsh sharbat xizmat qildi (3.1.1-jadval).
3.1.1-jadval
Izlanish ob’ekti
№
|
Oila
|
Tur
|
1
|
Punicaceae (Anordoshlar)
|
Punica granatum (Oddiy anor)
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari asosan marshrutli yurishlar orqali statsionar va yarim statsionar holatlarda olib borildi.
O’simliklarning oilasi, turkumi va turlarini aniqlashda «Opredelitel Visshix rasteniy Sredney Aziy» (1982, 1983), O.A.Bondarenko (1964) «Opredelitel visshix rasteniy Karakalpakii», S.E.Erejepovning «Flora Karakalpakii, ee xozyaystvennaya xarakteristika, ispolzovanie i oxrana» (1978), D.Seydemetov, U.Pratov ham B.Saribaevlarning «Osimliklar aniqlagichi» (1990), B.Sherbaevning «Flora i rastitelnost Karakalpakii» (1988) uslublaridan foydalanildi.
O’simliklarni to’liq va ishonchli bilish hamda aniqlash uchun O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi Gerbariy xonasidagi
kollektsiyalardan foydalanildi.
Olingan barcha ma`lumotlarni kameral qayta ishlash ishlari B.A.Dospexovning (1979) taqqoslash uslubi va EHM lardagi maxsus kompyuter dasturlari asosida bajarildi. Umumiy xulosalar chiqarishda ilmiy adabiyotlar, ilmiyhisobotlar va boshqa hujjatlar, materiallar chuqur o’rganildi.
Dostları ilə paylaş: |