www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Nega shunday insonlar bunday muasssasalarga qo’yiladi? Bilmayman. U yerdagi bolalar
eng ko’p mehrga, muhabbatga muhtoj bolalardir. Bu yerda ishlaydiganlar esa sevgi va
mehrni umuman bilishmas, qalbi borlari sanoqli edi.
O’sha yillari izzat-nafsimga tekkan bir boshqa hodisa ham esimda. Bir kuni juda och
qoldim va oshhonaga borib bir parcha non, ozgina pishloq oldim. Pulim yo’q edi,
bufetdan ololmasdim. Buni oshpaz Komil afandi ko’rdi, qo’limdan tutdi va mudir
yordamchisiga sudrab bordi. U ham bo’lmag’ur qiliqlarni topdi. Bir burda non, bir bo’lak
pishloq uchun.
-Sizlar non uchun o’zingizni ham sorasiz. O’g’rilar, nomusszialr kabi so’zlar bilan
shunday haqorat qildiki…
Holbuki, shu yoshdagi qiz shunchalar och, behad qiyin ahvolda qolmasa, bir parcha non
uchun shunday sharmandlari ahvolga tushishni xohlaydimi? Bu insonlar qanaqa
tarbiyachi o’zi? Qilgan ishim qoidadan tashqari bo’lsa-da, shunchalikka boorish kerakmi?
Ammo ko’p o’tmay mudir yordamchisi, bir qancha yosh onalarning shikoyati bilan
yotoqxonadan ketishga majbur bo’ldi. Qizlarni bezovta qilar emish. Bu tarbiyachiga
nomunosiz ish. Insonalrga o’rnak bo’ladigan kishi boshqalardan farqli, afzal, pokiza va
to’g’ri bo’lishi lozim. Yo’qsa, bizlar kimdan o’rnak olamiz. Endi bular meni umuman
qiziqtirmaydi. Ammo men biror hamdard kishim bo’lishini juda – juda xohlar edim…
Maktab yillarim ham bundan unchalik farq ilmadi. Ammo atrofdagi odamlar, maktab
o’qituvchilari qobiliyatli ekanimni gapirishar edi. O’sha yillari xotirlashga arzigulik ikki
ta’sirli voqea bo’lgan edi. Mana birinchisi eshiting:
Sunfdoshim Oyshaning dadasi badavlat edi. Juda yaxshi kiyinardi. Doimo puli bo’lar edi.
Har tanaffusd bir nimalar olib yer, men esa uni uzoqdan havas bilan kuzatar edim.
Chunki, umuman, pulim bo’lmasdi. Bir kuni u men juda yaxshi ko’radigan va kiyishni
xohlaganim bir tufli kiyib keldi. Buni ko’rib xo’rligim keldi, ko’p yig’ladim. Allohga ilk
marta isyonim ana o’sha kunlari boshlandi. Din o’qituvchilari Allohning, dinning va
taqdirning qanchalar shafqatli ekanini tushuntirishardi. Unday bo’lsa qani? Na onam, na
dadam, na akam? Na besh so’m pulim bor? Hayotda yakka-yolg’iz hamma narga muhtoj
qiz? Shu ham shafqatdanmi? Allohning menga ortiqcha zulm ko’rgizganini, meni
unutganini va nazaridan qoldirganini o’ylardim.
Dostları ilə paylaş: |