Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Dadam ham o’lgandilar 

 

 

-Qizim juda qayg’udaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli bo’libdi.  



U so’nggi so’zlarini aytib tugatmasdan, mening butun borlig’im yonib tamom bo’lgan edi. 

Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar, 

eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, o’rtasida bir 

jarlik paydo bo’ldi va u yerga to’g’ri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima bo’lganini 

bilmayman.  

Ko’zimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim 

karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam…Bir olov vujudimni kuydirardi. O’sha kuni ichimga 

tushgan hayot olovi hech so’nmadi. Bugun ham o’sha otashning azoni, yong’ini 

ichidaman. O’n yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda bo’lgan. Hayotda yakkayu 

yolg’iz. Allohning birorta quli yo’qki, unga tasalli bersa, suyanchiq bo’lsa. O’ylab ko’ring, 

taqdiringiz shunday bo’lsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qo’rqinchli emasmi? 

Nech kunlar och, suvsiz yig’ladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim. 

Umuman, holdan toydim, yiqildim. O’sha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim. 

Go’yo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal bo’lsang, 

maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? O’sha yillarda menga yagona tasalli 

beruvchi kishi ishchi Usmon afandi bo’ldi. Meni har kuni yo’qlardi. Sochlarimni 

silab:”Mening shakarim, gulim”, deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand 

berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina bo’lsa-da, uchqun ham baxtiyorlik nuri bo’ladi. 

Bugun ham hurmat bilan hotirlayman. Unga nima bo’ldi, hozir qayerda, bilmayman. 

Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yo’qlamadi. Dardlarim 

bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni to’g’rilamadi ham. Holbuki, u so’z bergan edi. 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə