34
Strabonni dunёga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli
asaridir. Asarning 1-2- kitoblari “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi
va uning h’okimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi wrni va roli h’aqida
gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Er tuzilishi h’aqidagi talimoti
tanqid qilinadi, Er yuzini tavsiflash h’aqida umumiy tushuncha bkriladi.
3-10- kitoblarida Evropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar
Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan.
Asarda Osiё mamlakatlariga katta wrin berilib, ular twg’risida 11-16
kitoblarda malumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog’ishlangan.
Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan
avvalgi 146-31- yillar orasida bwlib wtgan voqealarni qwshgan. Afsuski, bu
muh’im asar bizning zamonimizgacha etib kelmagan, lekin kning ayrim qismlari,
xususan Wzbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning
“Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va
Marg’iёnaning tabiiy h’olati, shah’arlari, qisman ularga borish ywllari, Oxa
(Harrirud), Oks va Yaksart darёlari h’aqida, Wzbekistonning qadimiy xalqlari –
saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toh’arlar h’amda xorazmliklar va ularning
kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va etiqodi, shuningdek Parfiya va
Baqtriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki ah’voli va
wzaro munosabatlari h’aqida muh’im va qimmatli malumotlar mavjud.
Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan,
maxsus xarita va tarh’lar bilan qwshib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd,
Berlin, 1831-1834) h’amda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879,
G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari h’am mavjud.
4.3.9. PTOLOMEY KLAVDİY
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashh’ur qomusiy olim,
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika,
mexanika) h’amda geografiyaga oid asarlar ёzib qoldirgan.
Jah’onga mashh’ur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat,
astronomiya va trigonometriya ilmlarini wz ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan
iborat), “Germanlar h’aqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nih’oyat,
“Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuh’rat keltirgan asarlari
“Almagest” va “Geografiya”dir.
“Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24-
bobi jah’on mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega.
Shunisi muh’imki, asarda shah’arlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari
keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iёna, Baqtriya, Swg’diёna
h’amda skiflar mamlakatining geografik h’olati, Baqtriya va Swg’diёnaning
35
mashh’ur shah’arlari, shuningdek wsha mamlakatlar va ular bilan tutash wlkalar va
ularning ah’olisi h’aqida asl va qimmatli malumotlar keltirilgan
15
.
Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari malum
darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy,
Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bwlib xizmat qildi.
4.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
1. B.A.Axmedov. Wzbekiston tarixi manbalari.-T.: «Wqituvchi». 2001.
2. Wzbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003.
3. Sadullaev A.S. Qadimgi Wzbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996.
4. Tolstov S.P. Qadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964.
5. Beruni. Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar.
6. Rtveladze E.V. Velikiy shelkovıy put.-T.: 1999.
4.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.
1.
Wzbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasizmi?
2.
«Shoxnoma» asarida Wzbekiston tarixiga oid qanday malumotlar bor?
3.
Hindlarning «Mah’obxorat» asarida qadimgi Wzbekiston twg’risida
qanday malumotlar bor?
4.
Qaysi Yunon tarixchilari asarida İskandarning yurtimizga yurish aks
etgan?
5.
Avestoda qanday tarixiy malumotlar mavjud?
5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TARİXİ MANBALARİ
Darsning
mazmuni:
VI-VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan Sug’diy,
Turkiy va Xitoy manbalari twg’risida malumotlar keltiradi.
Reja:
5.1.
Muh’im siёsiy voqealar.
5.2.
Qadimgi Turk manbalari.
5.3.
Xitoy manbalari.
5.4.
Swg’d tilidagi manbalar.
5.5.
Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
5.6.
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar.
Asosiy
tushunchalar: eftaliylar, xeptal, h’aytal, ey – da, i – da, runiy ёzuv,
Sug’d tili, biyiq.
5.1. Muh’im siёsiy voqealar
15
Юқ. асар. 34-41 бетлар.
36
V-VI asrlarda Wzbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan
bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan
malumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta h’ududda wz h’ukmronliklarini wrnatdilar. Ularning
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bwylarigacha bwlgan erlar qarar edi.
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniёn, Toxariston va Badaxshonni
bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Eron shoh’i sosoniy Piruz (459-484 yy.)
Eftaliylarga qarshi uch bor qwshin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat
bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga wlpon twlab turishga majbur
bwldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan kwp vaqt wtmay,
Sharqiy Turkistonni h’am bwysundirishga muvaffaq bwldilar.
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy
Hindiston h’amda Sharqiy Turkiston ustidan h’ukm yurgizdilar.
563-567- yillari turk xoqoni İstemi (Dizovul) Eron h’ukmdorlari bilan ittifoq
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli erlarni bwysundirishga
muvaffaq bwldi. Natijada Turk xoqonligi Amudarё va Orol dengizigacha
chwzilgan wlkalar ustidan wz h’ukmronligini wrnatdi. U1 asrning uchinchi
choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini h’am
bwysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal
qildilar.
VI asr wrtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta er egaligi
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda wzaro urushlar
kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) h’ukmdorlari ustalik bilan
foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk
xoqonligiga bwlinib ketdi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiёda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.)
Suy imperiyasi bilan kwp urushdi va wz mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu
(620-630- yy.) davrida h’am bu kurash davom etdi. Wsha yillari turklar Xitoyga 67
marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kwpaydi, meh’natkash xalqning ah’voli
og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk
xoqonligi ustidan wz h’ukmronligini wrnatilshga muvaffaq bwldilar. Lekin kwp
wtmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qwzg’olon kwtardilar. Bunga dastlab
Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslah’atchisi Twnyuquq
boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G’arbiy turklar yana mustaqillikni qwlga
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar
natijasida G’arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bwlinib ketdi va keyinchalik
uning wrniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi.
G’arbiy turk xoqonligi h’arbiy siёsiy jih’atdan birmuncha qudratli edi. U11
asrning wrtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bwlgan erlar
qarardi. Uning ijtimoiy-siёsiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjwy, Buxoro,
Samarqand, Choch, İspijob kabi shah’arlarning wsishi va Xitoy, Eron h’amda
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq h’am sabab bwldi. Manbalarda keltirilgan
malumotlarga qaraganda, G’arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda h’ar yili katta
yarmarkalar tashkil etilib, unda kwpgina xorijiy mamlakatlardan kelgan
savdogarlar h’am qatnashgan.
Dostları ilə paylaş: |