Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1562
w
www.oriens.uz
May
2021
Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari:
1. Ekologo-geografik prinsip.
2. Hosil elementlariga qarab tanlash.
3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab.
4. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab.
5. Diallel chatishtirishlar asosida.
Bu usullar yordamida ota-ona juftlari tanlangach,chatishtirishlar o’tkaziladi.
Buning uchun chatishtirish tartibini bilish kerak.Chatishtirish tartibi o‘simlik
gulining tuzilishi (bir
yoki ikki jinsli, oddiy gul yoki tupgul), gullash
biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o£zidan yoki chetdan
changlanish) bog’liq.
Chatishtirish uchun birinchi navbatda o'simlikning
gullash davri
davomiyligi, gulning ochilish xossasini, changchi va urug‘chining hayotchanligi,
changning qancha vaqt saqlanishini hisobga olish lozim.
Chunki bu xususiyatlar
turli navlarda tuproq-iqlim hamda ob-havo sharoitiga qarab har xil bo’ladi.
Sun’iy chatishtirish tartibi bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda va ketma-ket
bajariladigan 3 xil ishdan iborat:
— gulni chatishtirish uchun tanlash
va changlashga tayyorlash;
— ona sifatida olingan o'simlik gulini bichish (kastratsiya);
— changlash.
Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan navga xos sog‘lom o‘simliklar tanlab
olinadi. Har bir o‘simlikda chatishtirish uchun yaxshi
rivojlangan gullar qoldiriladi,
boshqalari yulib tashlanadi (daraxt ekinlarida novdadagi).
Dostları ilə paylaş: