Metamorfik tog’ jinslarining yotish shakllari



Yüklə 33 Kb.
tarix26.05.2023
ölçüsü33 Kb.
#112919
metamorfik tog jinslarining yotish sh


Aim.Uz

Metamorfik tog’ jinslarining yotish shakllari


Reja:


  1. Metamorfik jinslar haqida ma’lumotlar

  2. Metamorfizm va uning turlari

  3. Ortojinslar va parajinslar

  4. Metamorfik tog’ jinslarining yotish shakllari



Adabiyotlar ro‘yxati:

1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.


2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.

  1. Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.

5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru

Metamorfizm jarayoni ta’sirida birlamchi cho’kindi va magmatik jinslarning u yoki bu darajada o’zgarishi va butunlay boshqa tarkibli jinslarga aylanishi natijasida metamorfik jinslar hosil bo’ladi.


Magmatik jinslardan hosil bo’lgan metamorfik jinslar ortojinslar, cho’kindi jinslardan hosil bo’lganlari parajinslar deyiladi.
Metamorfik jinslarning muxim jins yaratuvchi minerallari – dala shpatlari, slyuda, amfibollar, piroksen, xlorit, talk, serpentik, granat, kalsit, dolomitkvars, grafit va boshqalar.
Metamorfizm – tog’ jinslarida avvalgilariga nisbatan strukturasi, tarkibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan xilma xil endogen jarayonlar. Metamorfizm jarayonining asosiy omillari harorat, bosim, eritma va uchuvchi komponentlar hisoblanadi. Bu omillar ta’sirida cho’kindi va magmatik jinslarning strukturalari va kimyoviy tarkiblari o’zgarib, butunlay boshqa xilga o’tadi va birlamchi minerallar o’rnida Yangi minerallar paydo bo’ladi.
Er qobig’ida tog’ jinslarining qayta kristallanishi Yuqori temperatura (termometamorfizm), Yuqori bosim (dinamometamorfizm), hamda chuqurliklar gazsimon va parsimon moddalarning chiqishi natijasida sodir bo’ladi.
Yuqori harorat, bosim va uchuvchi komponentlarning cho’kindi va magmatik tog’ jinslariga ko’rsatgan ta’siriga qarab metamorfizm 3 xil bo’ladi.
1. Kontakt metamorfizm – magmaning cho’kindi va magmatik tog’ jinslarining ichiga kirib ta’sir ko’rsatishi, hamda katta uzilmali zonalardagi ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Kontakt metamorfizm natijasida natijasida hosil bo’lgan jinslarning (rogoviklar, kvarsitlar, marmarlar) yoshi har xil – qadimgi davrdan toki neogen davrigacha bo’lgan intervalni o’z ichiga oladi. Kontakt metamorfizm kichik maydonlarda ro’y beradi.

  1. Regional metamorfizm – Yuqori bosim va Yuqori harorat ta’sirida birlamchi jinslar qattiq holatda kimyoviy tarkibini o’zgartirmasdan qayta kristallanadi. Natijada kristallangan struktura va orientirlangan tekstura paydo bo’ladi (orogegnez – tog’ hosil bo’lish jarayoni). Regional metamorfizm natijasida hosil bo’lgan tog’ jinslari keng tarqalgan bo’lib katta maydonlarni egallaydi. Ular arxey va quyi protirozoy qatlamlarida ko’proq, Yuqori protirozoy va paleozoy jinslarida kamroq uchraydi. Regional metamorfizm yo’li bilan hosil bo’lgan parajinslar – gneys, fillit, slyudali slaneslar, marmar, kvarsit, grafitli jinslar, ko’mirli kristallangan jinslar, ortojinslar – amfibolitlar, tolkli va xloritli slaneslar.

3. Gidrotermal metamorfizm – Yuqori harorat va issiq magmaning harakati natijasida sodir bo’ladi.
Metamorfik jinslarning muxim xususiyatlaridan biri ulardagi qatlamlanishning mavjudligidir. Bu qatlamlanish birlamchi jinslarning tarkibidagi o’zgarishni ko’rsatadi va cho’kindilar singari parallel, qiyshiq va linzasifat bo’lishi mumkin.
Metamorfik jinslarning tarkibini aniqlash uchun birinchi novbatda ularni tarkibini, teksturasini, strukturasini va ximiyaviy tarkibini o’rganish kerak bo’ladi. Buning uchun metamorfik jinslarning tarkibida saqlanib qolgan birlamchi birlamchi minerallarni aniqlash va ularni struktura va teksturalari o’rganilishi kerak.
Metamorfik jinslar qatlamlarining stratigrafik bo’linishida kembriy davrigacha bo’lgan jinslar, ular 2 ta gruppaga bo’linadi: arxey va protirozoy. Arxey gruppasiga 2600 mln yildan oldin hosil bo’lgan jinslar, Protirozoy gruppasi 2 ta podgruppaga bo’linadi: quyi protirozoy jinslari (yoshi 2600 dan 1600 mln yilgacha), Yuqori protirozoy jinslari (yoshi 1600 dan 570 mln yil). Yuqori protirozoy riflarga (jinslar yoshi 1600-675 mln yil) va vend (675-570 mln yil). Kembriygacha bo’lgan jinslarning yoshi radiometrik usul bilan aniqlanadi. Protirozoy yoshidagi jinslarda organik modda qoldiqlarining borligi xarakterlidir. Bunda stronsiy, qo’rg’oshin va argon metodlari qo’llaniladi.
Metamorfik tog’ jinslarining o’lchamlari va shakli har xil.
Yüklə 33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə