Metall listlardan turli XIL maket va modellar tayyorlashni o’rganish



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə2/2
tarix10.02.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#100568
1   2
Metall listlardan turli XIL maket va modellar tayyorlashni o’rga (1)

Metallarni ishlash - metallar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va qotishmalarning xossalarini (ichki tuzilishini) oʻzgartirish uchun qoʻllaniladigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, boʻshatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviytermik ishlash, passivlash. Yumshatish — metallarni maʼlum temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada maʼlum vaqt tutib turgach, asta-sekin, baʼzan, pech bilan birga sovitish; bunda metallarning xossalari oʻzgaradi. Natijada metallarning bol-gʻalanuvchanligi va plastikligi oshadi, magnitlanish va boshqa xususiyatlari yaxshilanadi. Toblash — metallarni maʼlum temperaturagacha qizdirib, tez sovitish; bunda metallarning bir xil boʻlmagan struktura holatlari mustahkamlanadi, metallarning xususiyati turlicha oʻzgaradi.
Normallash — kam (0,3% gacha) va oʻrtacha (0,3—0,6%) uglerodli poʻlatni, taxminan, 800—950° gacha qizdirib, havoda sovitish; bunda poʻlat tarkibidagi yirik donachalar kichrayadi, poʻlatning mustahkamligi, plastikligi va qovushqoqligi oshadi. Yaxshilash — termik ishlashning bir turi; 550—650° temperaturada toblash va boʻshatishdan iborat. Dinamik nagruzka ostida ishlaydigan mashina detallari uchun qoʻllaniladi. Chiniqtirish — metall va qotishmalarni xona temperaturasida koʻp vaqt saqlab (tabiiy chiniqtirish) yoki kizdirib (sunʼiy chiniktirish) ularning strukturasi va xususi-yatlarini oʻzgartirish. Qattiqligi, mustahkamligi, magnit va boshqa xossalarini yaxshilash. Metallarni kimyoviytermik ishlash — metallarni kimyoviy faol gaz, qattiq yoki suyuq muhitda yuqori temperaturada qizdirish va shu temperaturada bir oz sovitish. Bunda metall buyumlar sirtqi qatlamlarining kimyoviy tarkibi, strukturasi va xususiyati oʻzgaradi. Bunga azotlash, xromlash, metallash va boshqalar kiradi.
Metallarni mexanik ishlash — qirindi olish yoʻli bilan detallarga turli shakl va oʻlcham berish. Metall kesish asboblari (keskich, parma, zenker, razvyortka, freza va boshqalar) va metall kesish stanoklari (tokarlik stanoklari, silliqlash stanogi, randalash stanogi va boshqalar) da bajariladi. Metallarni bosim bilan ishlash — metall zagotovka va buyumlarni qirindi olmay tayyorlash. Metallarning plastikligidan foydalanishga asoslangan. Asosiy turlari: prokatlash — metallni aylanuvchi silindr (joʻva) lar orasidan oʻtkazish (rayem, a); choʻzish — metall zagotovkani oʻz oʻlchamidan kichik oʻlchamli teshikdan tortib oʻtkazish (rayem, b); presslash — metallni berk silindr teshigidan siqib chiqarish (rayem, v); bolgʻalash — metallarni bolgʻa yoki press bilan koʻp marta va dambadam urib, zarur shakl va oʻlchamga keltirish (rayem, g); list shtamplash — list, lenta yoki polosa metallni qalinligiga uncha xalal yetkazmay deformatsiyalash (rayem, d); bunda metall puanson va matritsaning ish qismiga mos shaklni oladi. Hajmiy shtamplash — metall (zagotovka) ning barcha oʻlchamlarini oʻzgartirib deformatsiyalash (rayem, ye); bunda metall maxsus asbob (shtamp) boʻshligʻi shaklini oladi. Eritmalar metall sirtida uni korroziyadan saqlaydigan yupqa oksid parda hosil qiladi. Oksid parda metallni tashki muxit taʼsiridan sakdaydi, uni koʻrkamlashtiradi. Metall hech qanday modda bilan reaksiyaga kirishmaydi. Temir, nikel, kobalt, xrom, marganets, alyuminiy va boshqa metallar "passivlanadi", yaʼni maxsus moddalar — oksidlovchilar (mas, xromatlar) bilan ishlanadi.
Texnikaviy konisturuksiyalash va model yasashdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar.
Jamiyatimizda texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirgi sharoitda o’quvchilar politexnik ta’lim, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy sohalarini mashina, mexanizm va moslamalarning tuzilishi, ishlashi va ulardan amalda foydalana bilishi, asosiy materiallar va ularning ishlatilishini, eng yangi texnalogiyalar haqidagi umumiy ma’lumotlarni bilishlari lozim.
Barkamol insonning yetishib chiqishida umumiy ma’lumot beribgina qolmay, balki keng politexnikaviy asosda amaliy mehnatga jalb qilish mehnat darslari va to’garak mashg’ulotlarining asosiy maqsadlaridan biridir.
Hozirgi zamon yangi texnalogiyasi texnikaviy fikr yurita oladigan, mehnatga ijodiy munosabatda bo’la oladigan yoshlarni talab qiladi.
To’garak mashg’ulotlarida texnikaviy model yasash jarayonida o’quvchilar har xil texnalogik operatsiyalarni metall va metalmas materiallarning turlari, mashina, mexanizm va asboblarning tuzilishi, ishlashini bilib, o’zlashtirib boradilar. Shuningdek, amaliy faoliyatlari jarayonida umumiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlab boradilar.
Mashg’ulotlarda texnikaviy model yasash muayyan bir mashina, mexanizm, asboblarning kichiklashtirilgan nusxasini oddiygina ko’rinish bo’lmay, balki texnikaviy modellarning ham konistruksiya jihatdan, ham ishlash tamoyili jihatdan ancha soddalashtirilgan, lekin muayyan (real) mashinalar bilan asosiy o’xshashligini yo’qotmagan namunalarni ijodiy tarzda yaratishdan iboratdir.
Texnikaviy model yasashga kirisha turib, “Model va maket” tushinchalarini bir-biridan ajrata bilish lozim.
MODEL- real obyektning (mashina, mexanizm) to’la yoki asosiy uzelining nusxasidir. Bunda model ishlaydigan bo’ishi va ixcham ko’rinishda hamda o’zining asl namunasi bajaradigan ishni bajarishi lozim. Masalan; aftomobil, traktor, ekskovator modeli.
MAKET- ob’ektning konistruksiyasini (yasalishini) yaqqol (ko’rgazmali) tasavvur qilishga imkon beradigan sxematik tasvirdir. Masalan; bino, inshoot, asboblar maketi.
Shuni ta’kidlash muhimki, bolalar hamma vaqt o’zlari qayerdadir ko’rgan va o’zlarida katta taassurot qoldirgan mashina, mexanizmlarni yasashga intiladilar.
Ishlaydigan, harakatli modellarni yasash va ularni sinash jarayonida o’quvchilar konistruksiyalarni o’zgartirishga, texnik ko’rsatgichi, xarakteristikasini yaxshilashga, modelni ishonchliligi, dizayni va hokozolarni o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Bularning barchasi o’quvchida yangi fikrlarning tug’ilishiga imkon yaratadi va mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undaydi, shuningdek, ongli mehnat intizomini shakillantiradi.
Mashg’ulotlarda o’quvchilar ishlarining sifatiga e’tibor berish katta ahamiyatga ega, chunki buyumni puxta tayyorlash ularda estetik did va go’zallikka intilish hislarni tarbiyalashga yordam beradi.
Model va buyimlar yasashda vaqt me’yori, iqtisodiy rejalashtirish mehnat unimi haqida uqtiriladi. Model va buyim yasashda materialni tejab sarflash, ya’ni boshqa buyimlar tayyorlab bo’lmaydigan materiallardan foydalanish ko’zda tutiladi. Tunikasozlik va yog’och buyimlari yasash sexlarining material chiqindilaridan olib foydalanish tafsiya etiladi.
O’quvchilar oldiga har bir modelni to’la-to’kis tugallash, uni yaxshilash maqsadida o’zgartirishlar kiritishga doir vazifalar qo’yiladi.
Model yasash jarayonida asosan quyidagi texnikaviy- texnalogik hujjatlar tayyorlanadi va undan foydalaniladi;
1. Texnikaviy topshiriqlar; modelning tuzilishi va ishlash tartibining tasnifi, modelga qo’yiladiga texnikaviy talablar.
2. Modelning umumiy ko’rinishi va uzellarining rasmlari,
3. Eksiz chizmalari.
4. Modelning uzellari va detallarining nomlari, soni, ular tayyorlanadigan materiallar, asbob-uskunalar
Bu hujjatlar yordamida model yasashni o’quvchiga osongina tushintirish mumkin bo’ladi,
O’quvchi tomonidan yasab tugatilgan har bir model tekshirilishi va sinovdan o’tkazilishi hamda baholanishi lozim.
Tekshirish va sinash tartibi;
1. Modelni tashqi ko’rinishi va ayrim uzellarining rasmlarga muvofiqligi;
2. Modelning yoki buyimning ayrim detallarining asosiy (gabarit) o’lchamlarini tekshirish va chizmalardagi o’lchamlarga taqqoslash;
3. Model yoki buyimning tashqi ko’rinishini pardozlashdan so’ng ko’zdan kechirish;
4. Model yoki buyimning geometrik shakllarining to’g’riligini baholash (egriligi, qiyshiqligi va h. k.)
5. Texnikaviy talablarni bajarishini tekshirish (oson aylanishi, harakatlanishi va burilishi, h. k.)
O’qituvchi baholashga alohida e’tibor berishi kerak, chunki, o’quvchi bunda o’zining ko’p kunlik mehnatining natijasini ko’radi.
Oqituvchining texnikaviy model va buyum yasash darslariga
tayyorlanishi hamda o’tish uslubi
Mehnat o’qituvchisining texnikaviy model yoki buyum yasash darslariga tayyorlanishi yasaladigan model yoki buyum nomini aniqlashdan boshlanishi kerak.
O’qituvchi buyum yoki umumiy ko’rinishi va qismlarining rasmlarini , detallarining chizmalarini oldindan tayyorlaydi, asosiy detallar uchun texnikaviy topshiriqlar tuzadi. O’qituvchi rahbarligida detallar uchun tayyorlanmalar va yordamchi materiallar tanlanadi, o’quvchilarning ish o’rinlari jihozlanadi.
Model yoki buyum yasash jarayonida o’quvchilar quyidagi bilim va amaliy malakalarni egallashlari lozim;
1. Texnikaviy konstruksiyalash, model va buyum yasashdan maqsad nimalardan iboratligi.
2. Texnikaviy topshiriq.
3. Model yoki buyumning asosiy o’lchamlari.
4. Chizmalarni o’qish va eskizlar chizish.
5. Texnaligik xarita tuzish.
6. Ish o’rnini tashkil etish.
7. Sifatli detal tayyorlash uchun yaxshi ish usullarini qo’llash.
8. Tayyorlanma tanlash.
9. Tayyorlangan detallarni chizma bo’yicha tekshirish.
O’quvchilarning diqqat-e’tibori model yoki buyumni yig’ish tartibiga hamda detallar va qismlarni biriktirish usullariga qaratiladi. Shundan so’ng model sinab ko’riladi, kamchiliklar bo’lsa rostlab bartaraf etiladi.
Yuqoridagi ta’kidlangan bilim ko’nikmalari o’zlashtirish uchun o’qituvchi yetarli vaqt ajratishi lozim. Mehnat ta’limi uzviylashtirilgan o’quv dasturi bo’yicha VI-VII sinflarda “Texnalogiya va dizayn” yo’nalishi “Мahsulot ishlab chiqarish texnalogiyasi” qismida dars soatlari model va buyumlar yasash uchun yetarli bo’lmaganligi sababli “Texnik ijodkorlik ” to’garak mashg’ulotlarida shug’ullanish tavsiya etiladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga “kichik guruxlar bilan ishlash” uslubida dars o’tish va iqtidorli o’quvchilar bilan yakka tartibda shug’ullanish yaxshi natija beradi.
Fan: to’garak masg’uloti dars ishlanmasi.
Darsning mavzusi: Avtomobil modelini konstruksiyalash va yasashni o’rganish (90 daqiqalik)
Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy: O’quvchilarfa elektr yurgizgichli avtomobil modelini konstruksiyalash (loyihalashtirish) va yasashni o’rgatish. Texnikaviy ijodkorlik islariga qiziqtirish va modellarni loyihalashtirish hamda yasash bo’yicha bilim, malakalarni shakllantirish.
2. Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zaro hamkorlik, mehnatsevarlik va intizomlilik sifatlarini tarbiyalash, shuningdek darsdan vaqtlarida foydali va mazmunli ishlar bilan shug’ullanishga undash.
3. Rivojlantiruvchi: Texnikaviy ijodkrlik ishlarini bajarish orqali o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yaratuvchilik va texnikaviy tafakkur qilish fazilatlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi bilim va ko’nikma hosil qiluvchi.
Darsning uslubi: Amaliy-ko’rgazmali.
Darsning usullari: Savol javob, mustaqil ish, amaliy mashq, yo’riqnoma berish.
Darsning jihozlari: Avtomobil modeli namunasi, ish chizmalari, tunuka, sim va yog’ch materiallar, qo’shimcha jixozlar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash.
II. Uyga berilgan vazifani tekshirish.
III. Yangi mavzuni boahlashga hozirlik ko’rish.
Yangi mavzu bilan bog’liq o’tgan mavzularni takrorlash
Yangi dars maqsadini yoritish uchun dars rejasini e’lon qilish.
Dars rejasi:
1. Avtomobillarning turlari, vazifasi va umumiy tuzilishi haqida tushuncha berish.
2. Mustaqil ish: Engil avtomobilning yaqqol tasvirini xotiradan chizish.
3. Yengil avtomobil modelining oldindan yasalgan namunasini namoyish qilish (yasalishini ko’zdan kechirish).
4. Modelni yasash uchun kerakli material va jihozlarning ro’xatini tuzish
5. Amaliy mashq. Modelni konstruksiyalash va yasash uchun texnik chizmalarini tayyorlash. Texnologik xarita tayyorlash.
6. Modelni yasash bo’yicha qo’shimcha tavsiyalar berish.
7. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo’yicha yo’riqnoma berish.
IV. Yangi mavzuning tavsiloti:
1. Avtomobillarning turlari, vazifasi va tuzulishini o’rganish.
Turlari:
a) yengil avtomobillar b) yuk avtomobillari
v) maxsus avtomobillar d) avtobuslar
O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar:
a) Avtomobillarning qanday rusumlarini bilasiz?
b) Maxsus avtomobillar deganda qanday avtomobillarni tushunasiz?
c) Avtomobillar tuzilishidagi bir-biridan farqni ayting?
Avtomobilning umumiy tuzilishini tayyor model bo’yicha yoki rasmiga qarab o’rgabish:
Qismlari:
1. Ramasi (asos); 4. Harakat uzatish mexanizmi;
2. yurish qismi; 5. Kuzov (yukxona, yengil
3. dvigatel (yurgizgich); avtomobilda salon );
Har bir qismining bajaradigan vazifasi haqida o’rganish.
2. Mustaqil ish: O’quvchilarni mustaqil fikrlash va faollashtirish maqsadida yengil avtomobil rasmini chizish topshirig’i beriladi.
Bunda har bir o’quvchi ixtiyoriy o’zi istagan ko’rinishda (dizaynda) avtomobilning yaqqol tasvirini tayyorlaydi. Chizilgan rasmlar ko’zdan kechirilib yutuq va kamchiliklar aytiladi.
3.Yengil avtomobil modelini namoyish qilish. Modelni yasash bo’yicha o’quvchilarda tug’ilgan savollarga javob berish va uning dizaynini yaxshilash bo’yicha o’quvcilarning mustaqil fikirlarini birgalikda taxlil qilish.
4. Model yasash uchun kerakli material va jihozlar ro’yxati.
1. Yupqa metal varaq (0.3 mm li)- o’lchami: 250*150 ramasi uchun
2. Qalin karton qog’oz yoki yupqa metal varaq-o’lchami 300*400 mm kuzov uchun.
3. Po’lat sim-diametri 2-3 mm, uzunligi 250 mm
4. G’o’la shaklidagi yog’och-diametri 40 mm, uzunligi 100 mm
5. Elektr yurgizgich (dvigatel)-6 V yoki 12 V li
6. Batareya
7. Tasmali uzatma (2ta shkiv va rezina tasma)
8. Elektr o’tkazgich simlar
9. Kalit yoki tugmacha (knopka)
10. Yelim va pardozlash moslamalari.
5. Amaliy mashq. Modelni konstruksiyalash, texnik chizmasi va texnologik xaritasini tayyorlash ( 1 va 2- jadvallar hamda chizmalar keyingi betlarda ilova qilingan)
6. Qo’shimcha tavsiyalar berish. Modelni yasash bo’yicha o’quvchilarning mustaqil fikrlarini eshitib so’ngra model qismlarini qanday materialdan yasash, qanday elektr jihozlaridan foydalanish va biriktirish usullari haqida tavsiyalar beriladi.
7. Model yasashda xavfsizlik texnikasi qoidalari va elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma berish.
a) Metallga ishlov berish va yog’ochga ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari , mehnat madaniyati va intizomiga amal qilish haqida eslatiladi.
b) Elektr jihozlarini montaj qilishga, elektr asboblaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish va yuqori kuchlanishli elektr tokidan foydalanmaslik alohida uqtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. P.Senemikin. Maktab ustaxonalarida asboblar tayyorlash. Toshkent
«o’qituvchi». 1990y
3. Baltabaev. Kasb tanlashga yo’nalish .Toshkent 2000y
4. S. Mahkamov. O’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar.
Toshkent «o’qituvchi» 1991y
5. Ziyomuxamedov B. “Ta’lim texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2012 yil.
Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə