Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
kimyo o\'qitish

Ta`lim vositalari nima? 
Ta`lim vositalari
- metod va ta`limni tashkil etish 
shakllarini amalga oshirishga yordam beruvchi vositalar tushuniladi.
Ta`lim vositalari mavjud imkoniyat, darsni o`tkazish usuli va ta`limni tashkil 
etish shakllariga asosan tanlanadi. 
Xullas, ta`lim texnologiyasida usullarni, vosita va ta`limni tashkil etish 
shakllarini to`g`ri tanlash va samarali qo`llash katta ahamiyatga ega.
O’qituvchining samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik
ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi
o`quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u o`quvchilarning shaxsiy
hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv


16 
materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga 
xizmat qiladi.
Ta`lim texnologiyasini amalga oshirishda:
.
 
Ta’lim texnologiyasi bo’yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat:
ta ’lim loyihasini tayyorlash va loyihani amalga oshirish. 
1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o'qituvchi yoki ekspert a’zolari 
tuza olish faoliyatining mahsuli bo'lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha 
asosida o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talabalarning kelajakda birgalikda 
amalga oshiradigan faoliyati yotadi. 
2. Ta’lim loyihasini amalga oshirish. Ta’lim loyihasi bevosita ta’lim 
sharoitida amalga oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e’tibor
qaratiladi: 
- o’rganilayotgan mavzu bo'yicha maqsad, vazifalar bilan o 'quvchi-
talabalarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy
vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon 
qilish, mavzuni to’liq o 'zlashtirish bo'yicha ko’rsatmalar berish, o’zlashtirish
me’yorlarini aytib berish; 
- o’quvchi-talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag'batlantirish, ular
diqqatini bo'lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o’rganish 
zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg'otish, o'qish-o'rganishga havas,
muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg'otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari,
bilimlarni o'quv holatlariga tatbiq etish yo'llari orqali mavzu bo'yicha
ma’lumotlar to'plash, to'plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil
etish, mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid o'zgarish, qo'shimcha, tuzatishlarni 
belgilash; 
- bo'lim yoki mavzu bo'yicha to’plangan bilimlarga ishlov berish. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə