Mehnat va unga haq to’lash xisobi reja: Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari


MEHNATGA HAQ TO’LASHNING ISHBAY SHAKLI QUYIDAGI MEHNATGA HAQ TO’LASH TIZIMLARIGA BO’LINADI



Yüklə 16,38 Mb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü16,38 Mb.
#148927
1   2   3
buxgalteriya

MEHNATGA HAQ TO’LASHNING ISHBAY SHAKLI QUYIDAGI MEHNATGA HAQ TO’LASH TIZIMLARIGA BO’LINADI:
TO’G’RI ISHBAY
ISHBAY-MUKOFOT
EGRI ISHBAY TIZIM
ISHBAY-PROGRESSIV
AKKORD
Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi.
Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari hisoblanadi.
Amaldagi qarorga binoan ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi:
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o’quvchilar 18 yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga;
Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan kasalliklarga duchor bo’lganda;
Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha.
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin.
a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi.

Yüklə 16,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə