Germaniya Yaim 022 yilda kutilgan foiz o‘rniga 1,2 foizga o‘sadi, deya prognoz qilmoqda Xalqaro valuta jamg‘armasi. Asosiy muammo Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi. Uning to‘liq to‘xtashi retsessiyaga olib keladi



Yüklə 8,64 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü8,64 Kb.
#165383
Germaniya iqlim o


Germaniya iqlim o‘zgarishi natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazilgan zararni qoplash jamg‘armasiga 100 million dollar (taxminan 91,5 million yevro) ajratadi.
Bu haqda DPA agentligi Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulzega asoslanib xabar berdi.
Shulze BAAdagi COP28 sammitida ishtirok etmoqda.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash fondini yaratish to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yili Sharm ash-Shayxda bo‘lib o‘tgan COP27 sammitidan so‘ng qabul qilingan.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari kelishuvni 2023-yil davomida ishlab chiqdilar. Unda zaif mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va dengiz sathining ko‘tarilishidan ko‘rilgan zararni yengishga yordam beradigan maxsus moliyaviy mexanizm yaratish ko‘zda tutilgan.


Germaniya YaIM 2022 yilda kutilgan 2 foiz o‘rniga 1,2 foizga o‘sadi, deya prognoz qilmoqda Xalqaro valuta jamg‘armasi. Asosiy muammo - Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi. Uning to‘liq to‘xtashi retsessiyaga olib keladi.

Foto: Picture Alliance
Xalqaro valuta jamg‘armasi Germaniya iqtisodiyotining o‘sishi bo‘yicha prognozini keskin pasaytirdi: 2022 yil oxirigacha YaIM 1,2 foizga, 2023 yilda 0,8 foizga o‘sishi kerak, deyiladi tashkilotning 20 iyul, chorshanba kuni e’lon qilingan hisobotida. May oyida XVJ ekspertlari yillik o‘sish taxminan 2 foizni tashkil etishini kutayotgan edi, Germaniya Federal banki esa kelgusi yilda 2,4 foizlik o‘sishni kutmoqda. Taqqoslash uchun, pandemiyadan keyingi 2021 yilda YaIM 2,9 foizga o‘sdi.
Pessimizmning asosiy sababi - Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi, bu iqtisodiy faollikning jiddiy pasayishiga va inflatsiya tezlashishiga olib kelishi mumkin, deya qayd etadi XVJ. Iste’mol narxlarining o‘sishi 2022 yilda 7,7 foizni tashkil etishi va 2023 yilga kelib 4,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda. 
Hisobotda aytilishicha, Rossiyadan gaz importi butunlay to‘xtatilgan ssenariy Germaniya YaIMning 2022 yilda 1,5 foizga, 2023 yilda esa 2,7 foizga qisqarishiga olib keladi. 
XVJning Germaniya bo‘yicha eksperti Oyya Selasun aniqlik kiritishicha, ko‘plab noaniqliklarga qaramay, fond nemis iqtisodiyoti uchun o‘sish potensialini ko‘rmoqda: talab va ishlab chiqarish bo‘yicha statistik ma’lumotlar quvonarli, biroq hammasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va sanksiyalarga tayanadi. Germaniya eksportga juda bog‘liq, ta’minot zanjirlari buzilgan va bu vaziyat tezda hal etilmaydi, deb hisoblaydi Selasun. 
XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, urush Germaniya moliya sektoriga faqat cheklangan darajada ta’sir ko‘rsatdi: banklar umuman barqarorlikni namoyish etmoqda. 
Koronavirus pandemiyasi boshlangan 2020 yilgacha Germaniya YaIM ketma-ket 10 yil o‘sdi. 
Yüklə 8,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə