Mehnat ta’limi va tarbiyasining uzviyligi



Yüklə 380,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü380,47 Kb.
#141048
  1   2
1-maruza texnologiya



MEHNAT TA’LIMI VA TARBIYASINING UZVIYLIGI. 
Ta’lim muassasalarida tashkil yetiladigan ijtimoiy-foydali mehnatning turlari xilma-xildir. 
O’quvchilarning ijtimoiy foydali ishlari asosan sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda 
tashkil yetiladi. 
O’quvchilarning ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy foydali mehnatlari ta’lim muassasasi 
binosi va hovlisini ozoda saqlash, ta’lim muassasasi o’quv anjomlarini ta’mirlash, 
ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini, jonli tabiat burchaklarini tashkil etishdan 
boshlanadi. 
O’quvchilar boshlang’ich sinflardanoq ijtimoiy foydali mehnatga jalb yetiladilar. Biroq, bu 
vaqtlarda ular asosan o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadilar. SHunga qaramay, boshlang’ich sinf 
o’quvchilari ham o’zlarining mehnatlari umum foydasiga qaratilganligini, ijtimoiy ahamiyat 
kasb etishini anglay boshlaydilar. 
Ta’limning keyingi bosqichlarida o’quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining motivi, ijtimoiy-
g’oyaviy asoslari ancha chuqurroq bo’ladi. Ya’ni ijtimoiy-foydali mehnat rag’bati jamiyat 
oldidagi ijtimoiy burchni his etishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Jamiyat ravnaqi, yel-yurt, 
xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilish o’smir va o’spirin o’quvchilar mehnatining 
ijtimoiy-g’oyaviy asosidir. 
Mazkur faoliyatga o’quvchilarni jalb etishda ularning qiziqishlari, imkoniyatlari, yosh 
xususiyatlari hamda jismoniy quvvati hisobga olinadi. 
Ijtimoiy foydali mehnat yosh avlodni jamiyat hayotini tashkil etish jarayonida faol ishtirok 
etishga tayyorlaydi. 
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limiga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol 
toptirishga, aqliy va jismoniy, axloqiy va yestetik, iqtisodiy va yekologik bilimlarini 
shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi: 
a)
o’quvchilarning mehnat ko’nikmasi va malakalarini oshirish, ularda kishilarning ishlab 
chiqarish faoliyati to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat 
kishilariga mansublik ruhida tarbiyalash;
b)
mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o’z ishi va o’rtoqlari ishini 
rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish vazifalarini qo’yadi;
Boshlang’ich sinf mehnat darslarida o’quvchilarda buyumlarni yasash tartibi, ishlov berish, 
xato va kamchiliklarni yo’qotish, ish o’rnini tashkil qilish va boshqalar to’g’risida tasavvur hosil 
bo’ladi.
Mehnat ta’limi dasturi talablari amaliy ishlar jarayonida quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.
Tayyorlanadigan buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2.
Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida dasturda ko’rsatilgan bilim va malakalarning 
mazmundorligi.
3.
Barcha o’quvchilarni darsda band qilish imkoniyatidan foydalanish.
Mehnat ta’limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. 
Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko’nikmalari aks ettirilgan bo’lib, unga 
qarab maktab o’quvchisi, o’qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O’qituvchi 
o’quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini 
hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta’limi yo’nalishlaridan birinchisi bolada va o’smirda inson mehnati haqida va uning 
mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to’g’risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni 
ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil 
qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Mehnat ta’limi yo’nalishining ikkinchisi, o’quvchilarda oiladagi va turmushdagi vazifalarni 
taqsimlash, ularni bajarish to’g’risidagi tasvvurlarni shakllantirish.
Mehnat ta’limi yo’nalishining uchinchisi yesa hozirgi zamon o’quvchisi tabiatga yekologik 
munosabatda bo’lishini shakllantirish, uni qishloq xo’jaligi sohasidagi malaka va ko’nikmalari 
bilan qurollantirish kerak. 


Mehnat ta’limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malaka va ko’nikmalar maqsadsiz yemas, 
balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo’lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi 
hisoblanadi.

Yüklə 380,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə