Mehnat qobiliyati


IShLAB ChIQARISh SANITARIYASI VA MEHNAT GIGIENASI ASOSLARI



Yüklə 24,97 Kb.
səhifə2/7
tarix05.05.2023
ölçüsü24,97 Kb.
#108617
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat qobiliyati

IShLAB ChIQARISh SANITARIYASI VA MEHNAT GIGIENASI ASOSLARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari.
2. Ishlab chiqarishda mikroiqlim omillari va ularning gigiyenik me’yorlari


1. Ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi va uning vazifalari.
Mehnat gigiyenasi - ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining tozalik holatini yaxshi saqlash, obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (ventilyatsiya, isitish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish va ulardan himoyalashda avvalambor ish joyidagi shaxsiy gigiyena masalalari asosiy rol o‘ynaydi. Shaxsiy gigiyena tushunchasiga kiradigan masalalar doirasi juda keng. Bu badanni toza tutish, ishlaganda, ovqatlanganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, ya’ni yashaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham molik bo‘ladi. Agar bir kishi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa, u o‘z oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom ish sharoitlarini yaratilishining negizida sanitariya me’yorlari va qoidalari yotadi, ya’ni kishilar organizmini turli sharoit va muhitlarda qobiliyati va chidamlilik chegarasi aniqlanilib ishlab chiqrish joylarida muhitning MRK (me’yoriy ruxsat etilgan kontsentratsiya), MRM (me’yoriy ruxsat etilgan miqdor), MRD (me’yoriy ruxsat etilgan daraja)lari ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
Bularning me’yoriy darajasini ta’minlab turish sog‘lom mehnat sharoitlariga kafolat beradi. Amaldagi sanitariya me’yorlaridan SM 245-71 korxonalarni joylashishiga hamda ularning hududini rejalashtirish, ishlab chiqarish maqsadida qurilgan binolarga umumiy talablarni belgilaydi.



Yüklə 24,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə