Mehmondostlik xizmatlarini korsatuvchi mexmonhona korhonalarning tashkiliy tizimi Reja: I. Kirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/12
tarix22.03.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mehmondostlik xizmatlarini korsatuvchi mexmonhona korhonalarning tashkiliy tizimi

2.MEHMONXONA XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINING NAZARIY- USLUBIY ASOSLARI
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi turizm xizmatlari iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servis faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati milliyiqtisodiyotga katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori xizmat ko‘rsatish va servis sohasida katta tarixiy voqea bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qaror asosida barcha xizmat ko‘rsatish sohalarida 2006-2010yillarga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Dunyoda iqtisodiyoti yuqori rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasiga YAMMning 3/2 qismi va tashkil etilgan yangi ishchi o‘rinlarining asosiy qismi to‘g‘ri kelmoqda. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tushunchasi bo‘yicha ko‘p ta’riflar mavjud. Mamlakatimiz olimlaridan J.M.Qurbonov “xizmat - jamiyatda bo‘ladigan maxsus harakat, uning bajarilishida albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala tomonga ham manfaat keltirishi kerak”, - deb ta’riflaydi. E.S.Fayziyev xizmatga quyidagi ta’rifni bergan: “xizmat - bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi...”. Demak, xizmat - bu bir kishining ikkinchi kishi uchun qiladigan ma’lum ishi, deb tushuniladi. Xizmatlarni iste’molchi bilan muloqotda bo‘lish darajasiga qarab ham tasniflash mumkin. Agar xizmatlarni taklif etuvchi xodimning iste’molchi bilan muloqoti yaqin bo‘lsa,
xodimning xizmatni sifatli bajarishi uchun zaruriy texnik tayyorgarligidan tashqari, uni yana shaxslararo munosabatlar borasida ham o‘qitish zarurati paydo bo‘ladi. Chunki, xizmatlar sifati bir xil bo‘lgan taqdirda iste’molchi u bilan yaxshi munosabatda, xushmuomila bo‘lgan taklif etuvchini tanlaydi. Xizmat tovardan farq qiladi, shu bilan birga o‘zida tovar kabi o‘z narxi va qiymatiga ega bo‘ladi.
Mehmonxona xizmatlari xizmat ko‘rsatish sohasida alohida mavqega ega
Shuni ta’kidlash joizki, mehmonxona xizmatlarining moddiy tovardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu xususiyatlar faqat mehmonxona xizmatlariga xos bo‘lib, ularni taklif etish jarayonida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (1.1-jadval).
Mehmonxona xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari bizningcha, uni boshqa xizmatlardan farqlovchi quyidagi jihatlari ham mavjud:
Iste’molchilar talabining mavsumiyligi sababli, ularda mehmonxona xizmatlaridan qoniqish hissi mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham xizmatlar aniq belgilangan turistik zonalar uchun ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Turistik paket har biri o‘z uslubi, tijorat maqsadiga ega bir nechta korxonalar takliflari majmuasidan yaratiladi. Shunday ekan, mehmonxona xizmatlarini taklif etuvchi korxonalar (ijrochilar) umumiy maqsadini ishlab chiqib ustuvor, aniq xizmatlarni belgilab unga amal qilsalar, turizm bozorida muvaffaqiyatga erishadilar.
Mijoz mehmonxona xizmatlarini iste’mol qilishi uchun uni ushbu xizmatlarni taklif etuvchi joydan ajratib turuvchi ma’lum masofani bosib o‘tishi shart.
Mehmonxona xizmati vaqt va muhitga bog‘liq. Bu yerda mavsumiylik omili katta ahamiyatga ega. Mehmonxona xizmatlarini taklif etuvchi, destinatsiyalarni strategik rivojlantirishda turistik talabning o‘zgarishi va mavjud raqobatni hisobga olib, tizimli yondashish lozim. Destinatsiyalarni rivojlantirishda iste’molchilar xohishini oqlaydigan va sayohatga qiziqtiradigan ijobiy muhitni yaratish va shakllantirish muhimdir. Mijozga va xizmat ko‘rsatuvchiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar ham turistik xizmatlar sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ob-havo, siyosiy beqarorlik, xalqaro voqealar, tabiiy ofatlar va sh.k. 2.1-jadval. Mehmonxona xizmatlari xususiyatlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mexmonxonalarni boshqarishningo‘ziga xosligi
Hozirgi sharoitda mehmonxona biznesida raqobat muhiti mavjud bo‘lib, bozor munosabatlarining murakkabligiga qaramay, O‘zbekistonda qator turistik firmalar va mehmonxonalar tashkil etilmoqda, lekin ularning ko‘pchiligi ma’lum vaqtdan so‘ng raqobatga dosh berolmay turizm bozoridan chiqib ketmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 2010 yilda 374 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib ularning soni 254 tani tashkil qilgan, shuningdek turistik firmalar soning kamayishi ham bu holni tasdiqlaydi.
Raqobat atamasi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da basma-baslikka bellashuv, kim o‘zdi ma’nosida berilgan. Bu so‘z iqtisodiyotda ko‘proq foyda olish, bozorlarni, xom ashyo manbalarini egallash va shu kabilar uchun o‘zaro kurashish tushunchasini anglatadi.
Raqobat muhiti bilim va ko‘nikmalardan samarali foydalanishga undaydi. Inson qo‘lga kiritgan ko‘pgina boyliklar aynan bellashuv, raqobat orqali erishilgan bo‘lib, raqobat resurslarning oqilona sarfini rag‘batlantiradi. Raqobat bozor iqtisodiyotining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi zaruriy element hisoblanadi. Lekin raqobat muhiti o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ijobiy tomonlari:
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi;
o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitlariga tez moslashish zaruratini talab qiladi;
yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqishda ilmiy-texnik yutuqlardan optimal foydalanish sharoitini yaratadi;
iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar harakati va tanlovi erkinligini ta’minlaydi;
ishlab chiqaruvchilarni tovar va xizmatlar sifatini oshirish va iste’molchilarning turli xil ehtiyojlarini qondirishga erishiladi.
Salbiy tomonlari:
qayta tiklanmaydigan resurslarni (hayvonot va o‘simliklar dunyosini, foydali qazilmalarni, suv va sh.k.) tejashga salbiy ta’sir qiladi;
atrof-muhit ekologiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
fundamental fanlar, ta’lim tizimi, shahar xo‘jaligining ko‘pgina unsurlari rivojiga sharoit yaratmaydi;
mehnat, daromad, dam olishga bo‘lgan huquqni kafolatlamaydi;
jamiyatni boylar va kambag‘allar qatlamiga ajralishining oldini oluvchi va ijtimoiy nohaqliklarga qarshi mexanizmlarga ega emas.
Umuman olganda, ushbu iqtisodiy munosabat ko‘proq ijobiy holatlarni vujudga keltiradi. Raqobatning mazmun, mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini tahlil qilamiz (2.2-jadval):
2.2- jadval. Raqobat atamasiga turli mualliflarningta’riflari




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə