Механиканинг физик асослари



Yüklə 29,2 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü29,2 Kb.
#161812
Plastik mehanikaning fizika asoslari


Plastik mehanikaning fizika asoslari

Reja:



1. Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko‘chishga qarab, jismning harakati
2. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatning asosiy tenglamasi
3. Tekis aylanma harakat

Mexanika deb, materiyaning eng sodda harakati - jismlarning yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko‘chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.


Har qanday jismning fazodagi vaziyati sanoq sistemasi deb ataluvchi boshqa jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan aniqlanadi. Jismlarning sanoq
sistemasiga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi.
Jismlarning harakati ham, tinch holati ham - nisbiydir.
Moddiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o‘lchamlari juda kichik va shakli e’tiborga olinmasa ham bo‘laveradigan jismlarga aytiladi. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakat traektoriyasi deyiladi. Harakatlar traektoriyasining shakliga qarab to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajraladi. Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig‘ida o‘tgan traektoriyasining uzunligi o‘tilgan yo‘l deyiladi.
Harakat traektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo‘nalgan kesmadan iborat bo‘lgan vektor kattalikka ko‘chish deyiladi. Moddiy nuqtaning teng vaqtlar oralig‘ida o‘tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi. Tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi. Notekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida har xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi.
Ulchami hisobga olinadigan jismning harakatini, bu jismni tashkil qilgan moddiy nuqta deb qaraladigan elementar bo‘laklar harakatlarining yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin.
Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko‘chishga qarab, jismning harakati ilgarilanma va aylanma harakatlarga ajraladi. Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga paralelligicha qoladigan harakatga aytiladi. Aylanma harakat deb, jismning barcha nuqtalari parallel tekisliklardagi markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotganda aylanalar chizadigan harakatga aytiladi.
Mexanika uch qismga bo‘linadi: kinematika, dinamika, statika.
Harakatni uning sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bo‘limiga kinematika deyidadi.
Kinematikaning asosiy vazifasi vaqt o‘tishi bilan jism vaziyatining fazodagi o‘zgarishidan iborat bo‘lgan harakat traektoriyasini aniqlashdan iboratdir.
To‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofani o‘tgan va traektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan jism harakatiga aytiladi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat, tezlik deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi va quyidagi formuladan hisoblanadi:


(1)
Demak, tezlik deb, vaqt birligi ichida o‘tilgan yo‘lga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi. Bu harakatda
(2)
To‘g‘ri chiziqli tekis harakatning asosiy tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
(3)
Demak, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatda yo‘l (argument) vaqtning chiziqli funksiyasidir. Tekis harakatning tezlik va yo‘l grafigi quyidagicha(1- , 2- rasm):




To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda yo‘llarni qo‘shish quyidagicha ( 3-rasm)











To‘g‘ri chiziqli harakatda tezliklarni qo‘shish quyidagicha (4-rasm):






To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat deb, traektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan va teng vaqtlar oralig‘ida har xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi. U quyidagi formuladan hisoblanadi:



Har qanday o‘zgaruchan harakat o‘rtacha oniy tezliklar bilan xarakterlanadi. Uzgaruvchan harakatning o‘rtacha tezligi deb, ma’lum bir vaqtda o‘tilgan yo‘lni shu vaqt ichida tekis harakat bilan bosib o‘tilgan harakat tezligiga aytiladi.
Bunda:

Bo‘ladi.
Uzgaruvchan harakatning oniy tezligi deb, harakatning ma’lum bir paytiga yoki traektoriyasining aniq bir nuqtasiga mos kelgan tezlikka aytiladi, ya’ni:

To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat deb, traektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat va teng vaqtlar oralig‘ida oniy tezligi bir xil o‘zgaradigan harakatga aytiladi.


Harakat tezligining o‘zgarishi, tezlanish deb ataluvchi fizik kattalik bilan xarakterlanadi. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat tezlanishi deb, vaqt birligi ichida tezlikning miqdor jihatdan o‘zgarishiga teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni:
Bundan :
a>o bo‘lsa, tekis tezlanuvchan harakat,
aTekis o‘zgaruvchan harakat grafigi quyidagicha (5-rasm):




Tekis o‘zgaruvchan harakatda yo‘l formulasi quyidagicha:


; agar tezlikni deb olsak:
bo‘ladi.
Vertikal harakatda yo‘l (balandlik) quyidagicha bo‘ladi: .
Tekis aylanma harakat deb, teng vaqtlarda teng yoylar bosib o‘tiladigan harakatga aytiladi.
Tekis aylanma harakat davr, chastota, tezlik va tezlanish bilan xarakterlanadi, ya’ni agar:



desak : yoki (chizik tezlik) buladi;
shuningdek bu harakat: ( ) burchak tezlik bilan ham xarakterlanadi. Uning o‘lchov birligi I rad deb, qarshisidagi yoyning uzunligi radiusiga teng bo‘lgan markaziy burchakka aytiladi. Agar t=T, desak; buladi.
Aylanma harakatda burchak tezlanish quyidagicha:

Agar chiziqli tezlikning burchak tezlikka nisbatini olsak: yoki bo‘ladi.
Bu ifoda chiziqli tezlik va burchak tezlik orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Aylanma harakatni markazga intilma va markazdan qochma tezlanishlar ham xarakterlaydi, ya’ni:

ADABIYoTLAR:

  1. B.B.Buxovsev, Yu.L.Klimontovich, G.Ya.Myakishev.

Fizika -9 T., «Uqituvchi», 1985

  1. Akademik G.S.Lansberg tahriri ostida. Elementar fizika kursi( 1 tom).M. ;«Nauka», 1973
  2. M.Ismoilov, M.Yunusov. Elementar fizika kursi. T., «Uqituvchi», 1990

4. Axmadjonov O., Fizika kursi. Mexanika va molekular fizika. T., «Uqituvchi»,1985
5. www.ziyonet.uz

Yüklə 29,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə