Maxsus mashqlardan foydalangan holda sportchi-qizlarning texnik va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü32,73 Kb.
#160128
  1   2   3   4
Ismatullaeva S.R. 15.10.23 (2)


MAXSUS MASHQLARDAN FOYDALANGAN HOLDA SPORTCHI-QIZLARNING TEXNIK VA JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH
Ismatullaeva Sangina Ravshan qizi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi


Annotatsiya. Ushbu maqolada maxsus mashqlardan foydalangan holda sportchi-qizlarning texnik va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning samaradorligi keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: maxsus mashqlar, sportchi-qizlar, texnika, jismoniy tayyorgarlik, samaradorlik.


РАЗВИТИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ И ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ СПОРТСМЕНОК-ДЕВУШЕК С ПОМОЩЬЮ СПЕЦИАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ
Исматуллаева Сангина Равшан қизи
Преподаватель Узбекского государственного университета физической культуры и спорта, Узбекистан, г. Чирчик


Аннотация. В данной статье рассмотрена эффективность развития технической и физической подготовленности спортсменок-девушек с помощью специальных упражнений.
Ключевые слова: специальные упражнения, спортсменки-девушки, техника, физическая подготовка, работоспособность.


DEVELOPMENT OF TECHNICAL AND PHYSICAL TRAINING OF ATHLETES-GIRLS USING SPECIAL EXERCISES
Ismatullaeva Sangina Ravshan kizi
Teacher of Uzbekistan State University of Physical Education and Sports
Chirchik, Uzbekistan


Annotation. This article cites the effectiveness of the development of technical and physical training of athletes-girls using special exercises.
Keywords: special exercises, athlete-girls, technique, physical fitness, efficiency.


Dolzarbligi. Dunyo miqyosida yildan-yilga sport turi bilan shug‘ullanayotgan sportchi qizlarning soni ortib bormoqda. Yakkakurashchilarda raqobatning ortib borishi natijasida organizmning eng muhim tizimlari holatidan kelib chiqib sportchilarni tayyorlash tizimini optimallashtirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda yakkakurash sport turlarida zamonaviy yutuqlar shunchalik yuqoriki, sportchi yuqori natijalar ko‘rsatishi uchun o‘smirlik vaqtidanoq tizimli tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Xalqaro tajribalar orqali jismoniy tarbiya va sport, inson salomatligini mustahkamlashda hamda ommalashib borayotgan kassaliklarni yengishda eng samarali yo‘l ekanligi bugungi kunda o‘z isbotini topmoqda.
Jahonda kurashchi qizlarni tayyorlash sohasida, xususan, ularning tezkor-kuch tayyorgarligi, texnik-taktik mahorati, funksional tayyorgarligi, kuch va kuch sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p sonli ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ayollar kurashi nazariyasi va uslubiyatida ilmiy izlanishlar tayyorgarlikning turli mezonlariga, yoshi va malakasi har xil bo‘lgan sportchi-qizlarda amalga oshirilgan. Xususan, parterda musobaqa hujum usullarining ustuvor bajarilishi asosida sportchilarni tayyorlash uslubiyatini takomillashtirish, trenirovka yuklamalarini individual xususiyatlari asosida me’yorlashtirish, texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Oxirgi yillarda ayollar kurashi eng ommaviy sport turiga aylandi, lekin sport takomillashuv bosqichida musobaqa bellashuvlarining soni va ularning davomiyligini hisobga olgan holda o‘quv-trenirovka jarayoniga musobaqa yuklamalarini joriy qilish bilan trenirovka vositalarini optimallashtirish masalalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar yetarli darajada emas.
Sport kurashi amaliyotiga zamonaviy uslublarni joriy etish amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga va sportchilarning xalqaro musobaqalarda sport natijalarini oshirishga yordam beradi, bu esa kurashchilarning tezlik, kuch qobiliyatlari va texnik-taktik mahoratini oshirishda innovatsion uslub va texnologiyalardan foydalanish muhimligini ko‘rsatadi. Sport sohasidagi eng yangi texnologiyalar, jumladan, sport kurashi musobaqalarida muvaffaqiyatli chiqishning asosiy omili bo‘lgan kuch chidamliligi, koordinatsiya aniqligi va texnik-taktik harakatlarni bajarish tezligini oshirishning samarali usullarini topish imkonini beradi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida sport kurashi bo‘yicha nufuzli musobaqalar o‘tkazilib, unda mutaxassis va murabbiylar kurashchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha tajriba almashadi. Biroq, bu tadbirlar asosan musobaqalar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, kurashchilarning koordinatsiya qobiliyati va texnik-taktik harakatlarini oshirish tajribasini o‘rganish masalalari hali ham mutaxassislar va murabbiylar tomonidan yaxshi o‘rganilmagan masala bo‘lib qolmoqda. Biroq, malakali kurashchilarda maxsus uskuna orqali, koordinatsion qobiliyatlari va texnik-taktik harakatlar samaradorligini aniqlash yuzasidan ilmiy ishlar olib borish tadqiqotchilar nazaridan chetda qolganini uchratishimiz mumkin.
Xorijiy ilmiy va ilmiy-uslubiy, tadqiqotlar manbalarning tahliliga ko‘ra, kurashchilarga koordinatsion mashqlarni o‘rgatish bo‘yicha samarali mashg‘ulotlar o‘tkazish natijasida kurashchining imkoniyatlarini oshirish metodlari ishlab chiqilgan va harakat faolligiga o‘rgatish natijasida, ularni sport turlariga saralashning tabaqalashtirilgan dasturlari ishlab chiqilgan.
Hozirgi davrda, sport kurashida sportchilarning jismoniy, funksional, texnik-taktik, psixologik tayyorgarliklarini takomillashtirish, chidamlilikni shakllantirish, adaptiv jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish muammolari bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy o‘quv yurtlarida yetakchi ilmiy tadqiqot markazlarida mashg‘ulot jarayonini kompleks nazorat qilishni, sport turlari bo‘yicha mashg‘ulot yuklamalarini tezkor boshqarish va tayyorlashning zaruriy masalalar yuzasidan ko‘plab zamonaviy instrumental metodikalarga asoslangan istiqbolli tadqiqot va izlanishlar olib borilayotgan bo‘lsada, ular bugungi kun talablari uchun yetarli emas.

Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə