Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#111737
növüУчебное пособие
  1   2   3
Мавзу 2

Mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi”

Mavzu bo`yicha adabiyotlar

  • Баденко В.Л. Высокопроизводительные вычисления. Учебное пособие. СПб. Изд. Политехнического университета. 2010. -180 с.
  • Таненбаум Э., Остин Т. Архитектура компьютера // 6-е издание. СПб.: Питер, 2013. — 811 с
  • Мусаев М.М. ―Процессоры современных компьютеров. Тошкент.: ―Aloqachi нашриёти, 2020 йил. 12 боб. 512 бет. – Олий ўқув юртлари учун қўлланма
  • Юнусов Ж.Ю.,Абасхонова Х.Ю., Рақамли қурилмалар ва микропроцессор тизимлари.Касб –хунар коллежлари учун ўқув қўлланма. Т.-Молия иқтисод, 2010й-256 в.

Reja:

  • Kompyuter tizimlarini tashkil etish
  • Shina
  • Protsessor
  • Registrlar
  • Protsessorda buyruqlar bajarish tartibi
  • Kompyuterlarning dasturiy modellari

Kompyuter tizimlarini tashkil etish

  • Zamonaviy kompyuter tizimlari o`zaro bog`langan protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan.
  • Protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalari kompyuterning asosiy tushinchalari hisoblanib, kompyuter tizimlarini o`rganishning ixtiyoriy darajalarida (tashkiliy, apparat yoki dasturiy) ushbu qurilmalar haqida so`z boradi.
  • Protsessor – Markaziy protsessor (CPU-Central processing unit) bu kompyuterning miyasi hisoblanadi. Uning vazifasi – asosiy xotirada joylashgan dasturlarni bajarishdan iborat.
  • Buning uchun xotiradan buyruqlarni chaqiradi, ularning tipini aniqlaydi, so`ngra birin ketin ularni bajaradi.

Kompyuter tizimlarini tashkil etish

Ushbu rasmda bitta markaziy protsessor va ikkita kiritish/chiqarish qurilmasidan tashkil topgan kompyuter sxemasi tasvirlangan

Shina

  • Ushbu rasmda barcha komponentlar shina orqali bog`langanini ko`rishimiz mumkin.
  • Shina – bu parallel bog`langan o`tkazgichlar to`plami bo`lib, u orqali adreslar, ma`lumotlar va boshqaruv signallari o`tkaziladi.
  • Shinalar ichki va tashqi bo`lishi mumkin:
  • Tashqi shinalar protsessorni xotira va kiritish/chiqarish qurilmalari bilan bog`laydi.
  • Zamonaviy kompyuterlar bir qancha shinalardan foydalanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə