Mavzu: Yumshoq dori shakllari. Yumshoq dori vositalariga resept yozish. Ta’lim berish texnologiyasi



Yüklə 35,36 Kb.
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü35,36 Kb.
#129544
1   2   3   4   5   6
YUMSHOQ DORI SHAKLLARI

3.Mavzuni asoslash
Har bir shifokor emulsiya, dorivor yig‘malar,tomchilab dozalanadigan eritmalar, suyuq ekstraktlar,sirtga qo‘llaniladigan eritmalar, dorivor ho‘qnalar kabi dori turlariga to‘g‘ri resept yozib berishi kerak. Ular eritmalarning kattalar, bollalar va keksa bemorlar uchun terapevtik dozalarini hisoblay bilishlari kerak, bu esa umumiy amaliyot shifokori, barcha tor soha mutaxassislari va pediatrlar faoliyatida kerak bo‘ladi.
4. Fanlar aro va fan ichidagi bog‘liqlik
Bu mavzuni o‘qitish, talabalarning kimyo va lotin tilini bilishlariga asoslanadi. Bu mashg‘ulotlarda olingan bilimlar kelajakda barcha klinik fanlar, shu jumladan klinik farmakologiyani o’zlashtirishda zarur bo’ladi.


Nazorat savollari:

1. Yumshoq dori shakillariga nimalar kiradi?


2. Surtma reseptda qanday usullarda yoziladi?
3. Pasta reseptda qanday usullarda yoziladi?
4. Liniment qanday tayyorlaniladi?
5. Shamcha (suppozitoriy) nima? Ularning necha turi mavjud?
6. Shamcha (suppozitoriy) reseptda qanday yoziladi?
7. Shamchalarning og’irligi va shakli necha xil bo’ladi?
8. Qanday dori shakli plastir deb ataladi?

«Miyaga xujum» usuli savollari.

  1. 1% Neomisin sulfat bo’lgan 50 g surtma tayyorlash uchun qancha Neomisin sulfat kerak?

YUMSHOQ DORI SHAKLLARI
Yumshoq dori shakllariga quyidagilar kiradi: surtmalar, pastalar, kremlar, gellar,
linimentlar, shamchalar, plastirlar.
SURTMALAR (Unguenta)
Surtma (bosh kelishik birlik sonda - Unguentum, Qaratqich kelishik birlik sonda -Unguenti).
Surtma – dozalanmagan yumshoq dori shakli bo’lib, asosan tana sirtiga surtish uchun ishlatiladi. Yuqori darajada surtilish xususiyatiga ega bo’lgan gomogen massa, teri yoki shilliq qavatlar yuzasida tekis, sidirilib ketmaydigan parda hosil qiladi. Surtmalar murakkab dori shakli hisoblanadi, kamida 2 ta tarkibiy qism: shakl beruvchi (surtma asoslari -constituens) hamda bir yoki bir necha ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan (basis) iborat bo’ladi.
Shuningdek, stabilizatorlar, sirt-faol moddalar, konservantlar va boshqa yordamchi moddalar saqlashi mumkin.
Shakl beruvchi moddalar yuqori darajada sifatli bo’lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- quyosh nuri, havo harorati kabi tabiiy ta’sirlarda buzilmaslik;
- antimikrobial barqarorlik;
- dori vositalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaslik, fiziko-kimyoviy barqarorlik;
- yumshoq konsistensiya, yuqori darajada surtilish va tana haroratida erib ketish;
- biologik zarar bermaslik, ba’zi hollarda teridan yaxshi so’rilish;
- tannarxi arzon bo’lishi.
Shuni ta’kidlash joizki, surtma asoslari shakl beruvchi vazifasini o’tash bilan bir qatorda ijobiy mahalliy ta’sirga ega, ya’ni ular ma’lum qalinlikda parda hosil qilib, teri va shilliq qavatlarni mexanik ta’sirotlardan saqlaydi, ularning sezuvchanligini pasaytiradi, issiqlik tarqatishni kamaytiridi, to`qimalar trofikasini yaxshilaydi, yallig’lanishga qarshi, antiseptik va qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
Surtma asosi sifatida ishlatiladigan moddalar:
1. Tozalangan cho’chqa yog’i (Adeps suillus depuratus) – cho’chqa charvisini eritish yo’li bilan olinadi. Oq, bir xil massa bo’lib 34–46°C da eriydi. Yaxshi tarafi shundaki u teri ustini ideal qoplaydi, mahalliy ta’sirlamaydi, ko’pchilik dorilarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Teri va shilliq qavatlardan yaxshi so’riladi. Ammo, cho’chqa yog’i quyidagi kamchiliklarga ega: tez buziladi (1–2 haftada achiydi), ba’zi dorilar uni oksidlaydi (kumish nitrat, simob oksidi va boshqalar).
2. O‘simlik moylari (Olea pingua) - kungaboqar (Oleum Helianthi), shaftoli (Oleum Persicorum), bodom (Oleum Amygdalarum) va b. to’yinmagan yog’ kislota gliseridlarining yuqori tarkibiga ega. Ular, cho‘chqa yog‘i kabi terining epidermisi orqali liniment va surtmalardan dori moddalarning yaxshi singdirilishini ta’minlaydi. Suyuq konsistensiyasi tufayli asosan linimentlar tayyorlashda qo’llaniladi.
3. Gidrogenizasiyalangan yog’lar – o’simlik yog'larini katalitik gidrogenizasiyalash yo'li bilan olinadigan yarimsintetik mahsulotlardir. Bunda to'yinmagan gliseridlar to’yingan holatga o’tadi. Suyuq yog'lar, gidrogenisiyalash darajasiga qarab, suyuq holatdan yumshoq va qattiq holatga o’tadi. Gidrogenizasiyalangan yog'lar, boshqa yog'lardan farqli o'laroq,
saqlash vaqtida yanada barqaror birikmalardir.
4. Mumlar - yog' kislotalari va yuqori bir atomli spirtlarning murakkab efirlaridir. Surtma asosi sifatida asalari mumi va spermaset ishlatiladi.
Asalari mumi kimyoviy inert bo’lib, yog’lar va uglevodorodlar bilan yaxshi aralashadi, 63-65 °C haroratda eriydi, asosan surtma asosini qattiq holatga keltirish uchun qo’shmcha sifatida foydalaniladi.
Spermaset (Spermacetum) – kitsimon dengiz hayvoni – kashalotlarning ichki yog’idan ajratib olinadi. Hidsiz, suvda erimaydi, 45–54°C da eriydi. Surtma asosi sifatida mustaqil qo’llanilmaydi. Boshqa asoslarga ularning gigroskoplik, zichlilik va elastiklik xossalarini oshirish uchun qo’shiladi.
5. Lanolin (Lanolinum) – qo’ylarning junini yuvish orqali ajratib olinadi. Suvda erimaydi, saqlanganda buzilmaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Lanolin 26–42°C da eriydi, teridan yaxshi so’riladi, shu sababli undan tayyorlangan surtmalar rezorbtiv ta’sirga ega. Lanolin 2 xil: suvli va suvsiz b o’ladi. Suvsiz lanolin 150% gacha o’ziga suv shimadi va undan tayyorlangan surtmalar asosan suyuqlik ko’p ajraladigan yaralarning yuzasiga surtiladi.Uglevodorodlar - neftni qayta ishlash mahsulotlari, asos (basis) sifatida ishlatiladigan vazelin, parafin, vazelin moyi, petrolat, ozokerit, seresin kabilar qo’llanadi. Ular kimyoviy barqarorligi va inertligi bilan ajralib turadi. Bu xossalar, shuningdek, oson topilishi, arzonligi ularni surtma texnologiyasida keng qo’llanilishiga imkon beradi.
1. Vazelin (Vaselinum) – yaxshi saqlanadi, indifferent, teri va shilliq qavatlardan so’rilmaydi. Shuning uchun tana sirtga ishlatiladigan surtmalarni tayyorlashda keng ishlatiladi.
2. Vazelin moyi (Oleum Vaselini) – rangsiz, hidsiz, ta’msiz, yog’simon konsistensiyaga ega suyuqlik bo’lib, suvda erimaydi. Teri va shilliq qavatlardan yomon s o’riladi.Surtmalar asosan ofisinal bo’lib, kamdan-kam hollarda magistral yo’l bilan tayyorlanadi. Surtmalar oddiy va murakkab (tarkibida 2 va undan ortiq dori ) bo’ladi.
Reseptlarda surtmalar qisqartirilgan va kengaytirilgan ko’rinishda yoziladi.
Qisqartirilgan shaklda reseptlar yozilganda surtmaning miqdori va uning tarkibidagi dori nomi va foizi ko’rsatiladi. Reseptda surtma asosi ko’rsatilmagan bo’lsa odatda vazelin ishlatiladi. Surtilish yuzasiga ko’ra reseptda dermatologik surtmalar miqdori 20,0-100,0 gacha, oftalmologik surtmalar 5,0-10,0 gacha yoziladi.
Surtma asosi sifatida vazelin emas, qandaydir boshqa maxsus asos qo’llanilganda faqat kengaytirilgan resept yoziladi. Rp.: dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, miqdori grammlarda yoki ta’sir birliklarida yoziladi. Ikkinchi satrda qaratqich kelishigi bosh harfda surtma asosi nomi va miqdori, umumiy hajmgacha (“ad” –gacha) yetkazilishi ko’rsatiladi. Uchinchi satrda M.f. unguentum, to’rtinchi satrda esa D.S. yoziladi.
Misol. Tarkibida 1% Neomisin sulfat bo’lgan 50 g lanolin asosli surtmaga resept
yozilsin.
Hisob: 100,0 – 1,0
50,0 – x x = 0,5
Demak tarkibida 1% Neomisin sulfat bo’lgan 50 g surtma tayyorlash uchun 0,5 g
Neomisin sulfat olish kerak.
Rp.: Neomisini sulfatis 0,5
Lanolini ad 50,0
M.f. unguentum
D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Agar surtma tarkibiga 1 ta dorivor modda kirgan bo’lsa va surtma asosi sifatida vazelin olingan bo’lsa, bunday holda resept faqat qisqartirilgan holda yoziladi. Resept Unguenti so’zidan boshlanadi va dori moddasining nomi, miqdori ko’rsatiladi, keyin esa D.S. yoziladi.
Rp.: Unguenti Zinci oxydi 10% - 20,0
D.S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Rp.: Unguenti Neomycini sulfatis 1 % — 50,0
D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Rp.: Unguenti Neomycini sulfatis 0,5 — 50,0
D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Rp.: Unguenti Tetracyclini 1 500 000 ED — 50,0
D. S. Jarohatlangan joyga surtish uchun.
Ofisinal surtmalar qisqartirilgan ko’rinishda yoziladi. Ofisinal surtmalar davlat
farmakopeyasiga keltirilgan bo’ladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Rux surtmasi (Unguentum Zinci)
• Sariq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum flavum)
• Oq simob surtmasi (Unguentum Hydrargyrum oxydum album)
• Gliserin surtmasi (Unguentum Glycerinum)
• Naftalan surtmasi (Unguentum Naphthalanum)
• Kseroform surtmasi (Unguentum Xeroformium)
Misol. 10,0 ofisinal ruxli surtma yozish buyurilsin.
Rp.: Unguenti Zinci 10,0
D.S. Ko’zga surtish uchun.
PASTALAR
Pasta (bosh kelishik birlik sonda - Pasta, qaratqich kelishik birlik sonda - Pastae). Bu yumshoq, dozalanmagan dori shakli bo’lib, tarkibida 20% dan 60% gacha sochma holdagi quruq moddalar – talk (Talcum), kraxmal (Amylum), rux oksidi (Zinci oxydum), oq tuproq (Bolus alba) va boshqalar saqlaydi. Shu sababli, pastalarda yallig’lanishga qarshi ta’siri bilan bir qatorda adsorbsiya va quritish xossalari ham bor. Pasta xuddi surtmalar kabi, asosiy dori moddasi (Basis) hamda surtma asosi deb ataladigan shakl beruvchi moddadan (Constituens)
iborat.
Pastalar magistral va ofisinal bo’ladi.
Magistral pastalarga reseptlar faqat kengaytirilgan shaklda yozilib, pasta tarkibiga kiruvchi barcha ingredientlarning nomi va miqdori ko’rsatiladi. Resept M.f. pasta, keyin D.S.deb tamomlanadi.
Misol. 50 g vazelinli pasta uchun resept yozing. Uning tarkibida 5% anestezin va 25% rux oksidi bo’lsin.
Hisob: anestezin 100,0 – 5,0
50,0 – x х= 50*5/100=2,5 anestezin
rux oksidi 100,0 – 25,0
50,0 – x х=50*25/100=12,5 rux oksidi
Rp.: Anaesthesini 2,5
Zinci oxydi 12,5
Vaselini ad 50,0
M.f. pasta
D.S. Terining jarohatlangan joyiga surish uchun.
Ofisinal pastalar qisqartirilgan holda yoziladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- Pasta antiseptica biologica – antiseptik biologik pasta;
- Pasta Zinci – rux pastasi;
- Pasta Zinci-salicylata – rux-salisilatli pasta;
- Pasta Zinci naphthalani cum Streptocido - streptosidli rux-naftalan pastasi.
Misol. 40,0 ofisinal rux pastasi yozib bering.
Rp.: Pastae Zinci 40,0
D.S. Terining zararlangan qismiga surtish uchun.
КRЕМ (CREM)
Кrem – yumshoq, dozalanmagan, ofisinal dori shakli bo’lib, surtmalarga nisbatan suyuqroq konsistensiyaga ega. Teridagi kasalliklarni davolash uchun qo’llanadi. Krem asosiy ta’sir ko’rsatuvchi modda (basis), indifferent shakl beruvchi modda (constituens) va suvdan iborat bo’ladi. Reseptda qisqartirilgan ko’rinishda yoziladi, shakl beruvchi modda va suv miqdori ko’rsatilmaydi.
Rp.: Crem Hydrocortisoni 0,1 — 10,0
D. S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
Yoki,
Rp.: Crem Hydrocortisoni 1 % — 10,0
D. S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
Murakkab tarkibli kremlar ko’pincha ofisinal bo’ladi va reseptda asosan qisqartirilgan holda yoziladi.
Rp.: Crem «Belogent» 30,0
D. S. Terining jarohatlangan joyiga surtish uchun.
ГЕЛ (GEL)
Гел — yumshoq, dozalanmagan, qovushoq konsistensiyaga ega, ofisinal dori shakli bo’lib, teri kasalliklarini davolash va rezorbtiv samara olish uchun buyuriladi. Gel asosiy ta’sir qiluvchi modda (Basis), shakl beruvchi indifferent moddadan (Constituens) iborat. Gel tayyorlashda shakl beruvchi modda sifatida, surtmalardan farqli o’laroq, jelatin yoki agar agar qo’llaniladi.
Surtma va pastalar kabi, reseptda qisqartirilgan holda yoziladi. Shakl beruvchi modda ko’rsatilmaydi. Rp.: belgisidan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori shaklining nomi (Gel), so’ngra qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, konsentrasiyasi (foiz yoki grammlarda), tiredan keyin gelning og’irligi grammlarda ko’rsatiladi:
Rp.: Gel Troxevasini 2 % — 40,0
D. S. Kuniga 3 mahal teriga suriladi.
Murakkab tarkibli gellar tijoriy nomga ega. Ular ham surtma va pastalar kabi, qisqartirilgan holda yoziladi:
Rp.: Gel «Reparil» 100,0
D. S. Kuniga 1 mahal teriga surtish uchun.
LINIMENTLAR
Linimentlar (bosh kelishik birlik sonda - Linimentum, qaratqich kelishigi birlik sonda -Linimenti). Bu suyuq surtma dori shakli bo’lib, sirtga ishlatiladi. Linimentlar quyuq bo’lishi mumkin, lekin tana haroratida erib, suyuq holatga aylanishlari kerak. Bunday linimentlar yumshoq dorilar qatoriga kiritiladi.
Hozirgi vaqtda linimentlar tayyor holda ishlab chiqariladi. Ularni ayyorlashda asos sifatida suyuq moylar qo’llaniladi: paxta moyi (Oleum Gossypii), kungaboqar moyi (Oleum Helianthi), kanakunjut moyi (oleum Ricini), zig’ir moyi (Oleun lini).
Linimentlar ofisinal va magistral bo’lishi mumkin, bundan tashqari liniment emulsiyalar va liniment suspenziyalar ham mavjud.
Reseptda magistral linimentlar kengaytirilgan shaklda, ofisinal linimentlar qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Misol. Tarkibida 5% skipidar va 10% metil salisilati bo’lgan 75,0 linimentga resept yozilsin.
Hisob: skipidar 100,0 – 5,0
75,0 – x х=75*5/100=3,75 skipidar
metilsalisilat 100,0 – 10,0
75,0 – x x=75*10/100=7,5 metilsalisilat
Rp.: Olei Terebinthinae 3,75
Methyli salicylatis 7,5
Olei Gossypii ad 75,0
M.f. linimentum
D.S. Jarohatlangan teriga surtish uchun.
Ofisinal linimentlarga misol. 5% li 25,0 ofisinal sintomisin linimentga resept yozilsin, yaralarga surtish buyurilsin.
Rp.: Linimenti Synthomycini 5%-25,0
D.S. Yaralarga surtish uchun.
SHAMCHALAR (Suppozitoria)
Shamcha (bosh kelishik birlik sonda - Suppositorium, qaratqich kelishigi birlik sonda -Suppositoria). Dozalarga bo’lingan dori vositasi bo’lib, uy haroratida qattiq, tana haroratida esa erib ketadi. Shamchalar mahalliy va rezorbtiv samara olish uchun to’gri ichak (suppositoria rectalia), qin (suppositoria vaginalia) bo’shlig’iga qo’yish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari siydik yo’llari, bachadon bo’yniga qoyish uchun tayoqchalar (bacilli) ham mavjud.
Shamchalarni tayyorlashda asos sifatida qitiqlovchi ta’sirga ega bo’lmagan, tana haroratida eriydigan va shilliq qavat orqali yomon so’riladigan, shuningdek dori moddalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan asoslar tanlash zarurdir. Bunday talablarga:
1) kakao moyi (Oleum Cacao) va
2) butirol (Butyrolum);
3) jelatin-gliserinli massa (massa Gelatinosa);
4) polietilenoksid (Polyaethylenoxydum);
5) yapon korichnik moyi (Oleum Cinnamoni pedunculari) javob beradi.
Shamchalar shaklida dorilar mahalliy va umumiy ta’sir uchun qo’llaniladi. To`gri ichak shamchalari rezorbtiv ta’sir qilish xususiyatiga egadir (umumiy ta’sir). Shuning uchun ham zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni shamcha holida ishlatganda ularning miqdori terapevtik dozadan oshmasligi kerak.
To`gri ichak shamchalari konus yoki silindr shaklida bo’lib, og’irligi 1,1 dan 4,0 gacha bo’ladi. Ofisinal turlari 3,0 dan chiqariladi.
Qin shamchalari esa dumaloq (globuli) yoki tuxumsimon (ovula) va yassi (pessaria) shaklda bo’lib, og’irligi 1,5 dan 6,0 gacha bo’ladi. Ofisinal turlari 4,0 dan chiqariladi.
Agar reseptda shifokor tomonidan magistral shamchalarning og’irligi ko’rsatilmagan bo’lsa Ofisinal shamchalar reseptda qisqartirilgan shaklda yoziladi, Rp.: dan so’ngra Suppozitoria so’zidan boshlanib, keyin esa cum qo’shimchasidan so’ngra dorining nomi va dozasi ko’rsatiladi. Resept D.t.d.N... in charta cerata hamda signaturani yozish bilan tugallanadi.
Misol. Tarkibida 0,2 ixtiol saqlagan 10 ta ofisinal to`gri ichak shamchasiga resept yozilsin. Ertalab va kechqurun to`gri ichakka 1 ta shamchadan qo’yish buyurilsin.
Rp.: Suppositorium cum Ichthyolo 0,2
D.t.d.N. 10 in charta cerata
S. ertalab va kechqurun 1 shamchadan to`gri ichakka qo’yilsin.
Ba’zi hollarda ofisinal shamchalar murakkab tarkibli bo’lsa, ularning savdo nomi ko’rsatiladi. Masalan, “Anuzol”, “Betiol” va boshqalar. Bunday holda resept tushum kelishigi ko’plik sonda boshlanib (Suppositoria), keyin nomi va soni ko’rsatiladi. Dori moddasining miqdori reseptda keltirilmaydi.
Misol. 10 ta “Betiol” shamchasi yozilsin va 1 ta shamchadan kuniga 2 marta buyurilsin.
Rp.: Suppositoria “Bethiolum” N. 10
D.S. 1 ta shamchadan kuniga 2 marta.
Reseptda magistral shamchalar yozilganda dorining 1 martalik dozasi ko’rsatiladi, so’ngra asos va uning miqdori yoziladi. Keyin M.f.suppositorium deb ishlatilish yo’li ko’rsatiladi va D.t.d.N. soni ko’rsatiladi, so’ngra signatura S. yoziladi.
Misol. Tarkibida 0,3 anestezin saqlagan 10 ta to`gri ichak shamchasi yozilsin. Mum qog’ozga o’ralgan holda berilsin. 1 ta shamchadan to`gri ichakka kiritish buyurilsin.
Rp.: Anaesthesini 0,3
Olei Cacao 3,0
M.f. suppositorium rectale
D.t.d.N. 10 in charta cerata
S. 1 ta shamchadan to’gri ichakka qo’yilsin.

Grafik organayzer” usuli: bunda talabalar kichik guruhlarga bo`linadi, ularga jadvalning (1) qismi beriladi, qolgan (2-3) qismlarini to`ldirish vazifasi beriladi.



Yüklə 35,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə