Mavzu: Xususiy dorixonani boshqarish usullari. Reja


Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#110846
1   2   3
Xususiy dorixonani boshqarish usullari.

Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari.

O`zbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ular sifatini nazorat qilish, shuningdek, davolash hamda kasallikning oldini olishga mo'ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq - ovqatlami,ma’danli suvlarni, davolash - kosmetika mahsuiotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. Dorixona shaxobchalari, qishloq vrachlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham shu dorixona muassasalari tartibiga kiradi. Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan boMadi, chunki bunday dorixonalar aholini va DPM ning yuqori sifatli faoliyatni ta’minlash xizmatiga ega bo'ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko’rsatgichlari bilan farq qiladi: -tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar; -ta ’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo dorixonalar; -alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar; - sotilayotgan dorilarni maxsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar. Xuddi shuningdek o'quv - ishlab chiqarish dorixonalari ham boiishi mumkin. Aksionerlik dorixonalari, tuman, shahar, qishloq va shahar tipidagi posyolkalar hududida joylashib, aholiga dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi.


Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena buyumlari, bogMov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadilar. Bolalarga xizmat qiladigan maxsus dorixonalar, asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari savdosini amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom ashyolari (substantsiyalar) va yordamchi materiallar zahirasi bodishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan ta’mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi. Geriatrik dorixonalar, asosan, yoshi ulug‘ kishilarga xizmat qilish uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarning yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini hisobga olib, tegishli tartibda vrachlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib, dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholining dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shularni dorixonada uzluksiz ravishda boiishini ta’minlaydi. Dorivor o'simliklar dorixonasi, odatda, yirik shaharlarda va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalarini damiama, qaynatma holida vrachlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bezarar bo‘lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun tashkil qilinadi. Bu dorixonalar retsepturasining o‘ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud, chunki ayrim yigmalar tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xom ashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahoratni talab etadi. Dorivor o‘simliklardan dori vositalariga aholi ehtiyojini qondirish uchun ayrim hollarda farmatsevtlar va vrachlar hamkorligida dori vositasi choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonani o'zida alohida boiimlarda va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin. Hozir Respublika SSV qoshidagi litsenziya hay’ati tomonidan bunday dorixona yoki bo‘limlar ochishga ruxsatnoma berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalar aholi uchun foydali va ularda tayorlanadigan dori shakllari iqtisodiy jihatdan arzón dori shakli bo'lib, aholi ehtiyojini bunday dori vositalariga qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ma’lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik retseptlar asosida tayyotlangan dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalar iloji boricha geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolashprofilaktika muassasalari yaqinida boiishi maqsadga muvofiqdir. Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega boigan gomeopatik dorixonalar respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma’lum dorixonalarda alohida gomeopatiya boiimi sifatida mavjud. Ta’kidlash lozimki, Toshkent farmatsevtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedrasida ko'plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa. respublikamizda mavjud boigan xom ashyolardan asos sifatida foydalanib amaliyotda qoilash uchun tayyorlab qo'yilgan texnologik jarayonlar yaratilgan. 0 ‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari, asosan, yosh mutaxassislami yoki yuqori kurs studentlarini. ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti mashg'ulotlarini oikazish yoki farmatsevtlar malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga, aholini va DPM ni dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlab turish ishlarini amalga oshiradi. Ushbu dorixonalarda o'quv va amaliy mashg‘ulotlami o‘tkazishga moijallangan qo‘shimcha xonalar bo‘lib, ular o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan asboblar, priborlar va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. O`quv -kompyuter xonalari zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali o‘qitishga mo‘ljallangan texnika vositalari, o‘quv adabiyotlar va tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq. O‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham moijallangan holda qurilib tashkil etiladi. Ular talabalami va magistrantlarni malakaviy bitiruv (diplom) ishlarini bajarish uchun baza boiishi ham mumkin.
Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə