Mavzu: Xususiy dorixonani boshqarish usullari. Reja


O'zbekiston Respublikasida dorixonalarni ochisli tartibi



Yüklə 20,4 Kb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü20,4 Kb.
#110846
1   2   3
Xususiy dorixonani boshqarish usullari.

O'zbekiston Respublikasida dorixonalarni ochisli tartibi.


Dorixona sogiiqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi tibbiyot ntuassasasi bo‘lib, u aholini, davolash-profdaktika muassasalarini (DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, bogiov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Dorixonalar, asosan, dori tayyorlash, ta’minot, savdo, moliya va xo‘jalik ishlari bilan shug'ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati vrachlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida va DPM ni talabnomalari asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori vositalarini laboratoriya-qadoqlash ishlari bilan shug‘ullanadilar, ular sifatini nazorat qiladilar va tayyor dori vositalarini aholiga va DPM iga sotadilar. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, respublika Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli qarori asosida - respublika “Dori-darmon” davlat aktsionerlik uyushmasi tashkil etildi, shu qaror asosida mulkchilikning xususiy, jamoa harnda aksioner dorixonalar uyushmasi tashkil etildi. Xuddi, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga asosan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish - dorixona ishini boshqarish oliy ma’lumotli farmatsevtlargagina ruxsat etildi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlami amalga oshirish va qonun asosida dorixona ochish va tegishli farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun esa maxsus litsenziya olish zarur bo’ladi. Bu litsenziya 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-oktyabrdagi 477-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom asosida” maxsus ruxsatnoma, litsenziya berish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV da tashkil etilgan maxsus hay’at tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya) asosida olib boriladi. Litsenziya hay’ati tarkibiga 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV va Respublika hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa mas’ul yuridik shaxslarning vakillari kiradi. Litsenziya hay’ati - hay’at raisi, a’zolari va texnik guruhidan iborat. Litsenziya hay’ati raisi SSV ining buyrug‘iga asosan tayinlanadi. Hay’at tarkibi va strukturasini, hay’at raisi taqdim etadi va bunga asosan SogMiqni saqlash vaziri chiqargan buyruqga binoan faoliyat ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan qaror va tegishli qonunlarga asosan .litsenziya berish tartibi va shartlari haqida “Nizom” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu nizomga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyatini ko‘rsatish uchun litsenziya berishning umumiy tartiblari va shartlari belgilanadi. Ushbu tartiblar mulkchilik turidan, qäysi vazirlik yoki tarmoqqa bo‘ysinishidan, qayd etilgan manzilidan qat’iy nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan. Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha yuridik shaxslar, shu jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati ko‘rsatayotgan chet el vakolatxonalarining ham litsenziyalari bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Litsenziya - bu maxsus hisobdagi hujjat bo‘lib, o‘zining takrorlanmas tartib raqamiga ega. Litsenziya aniq yuridik yoki jismoniy shaxsga beriladi, litsenziyani boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berish man etiladi. Tashkiliy-huquqiy shaklidan, qaysi vazirlik va tarmoqqa tegishligidan, mulkchilik turidan qat’iy nazar, litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish taqiqlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV litsenziya hay’ati tomonidan farmatsevtika faoliyatining quyidagi turlari uchun litsenziyalar beriladi: -tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘ladigan dorixonalarga; -vrach retsepti bo‘yicha dori vositalari va steril eritmalar tayyorlab sotish, shuningdek, tayyor dori vositalari va tibbiy ashyolarni sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga; - 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qo‘l!ashga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni korxona sharoitida ishlab chiqarish va sotish huquqini beradigan yuridik shaxslarga;
- O`zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qayd etilgan giyohvand va psixotrop moddalar saqlagan vositalarni sotib olish va sotish huquqiga ega bo'lgan dorixonalarga. Litsenziya berish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibi va komissiya to'g'risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiya tarkibiga majburiy tarzda tegishli ixtisosliklar bo'yicha mutaxassislar kiritiladi. Ekspert komissiya yig'ilishi kamida oyiga ikki marta o'tkaziladi. Farmatsevtika faoliyatining mazkur nizomga muvofiq litsenziyalanadigan turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish; b) dori vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash; v) dori vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish bo'yicha ilmiy - tadqiqot ishlari; g) dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish; d) dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish; e) dori vositalarini ulgurji sotish; yo) tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish; j) dorivor o‘simliklar, hayvonot va mineral asosga ega bo'lgan xom ashyoni yetishtirish, yig'ish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish. Yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga berilishi mumkin, bunda “b” - “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya faqat dorixona muassasalariga beriladi. Mazkur Nizom 3-bandining “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirish uchun olingan litsenziya, litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish huquqini beradi. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat tun (uning bir qismi) bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Litsenziatda tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi boiinmalar va obyektlar) mavjud bo'lgan taqdirda, litsenziya berish vaqtida ko'rsatib o'tilgan 'filiallar (alohida hududlardagi bo'linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashgan joyi ko'rsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.



Yüklə 20,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə