Mavzu: Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi?



Yüklə 23,12 Kb.
səhifə2/4
tarix27.05.2023
ölçüsü23,12 Kb.
#113528
1   2   3   4
Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi

Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu
mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama
ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
Mustahkamlikni hisoblash
usullari asosan «Materiallar qarshiligi» kursida o’rganiladi. Detallarning ishlash sharoiti, ularga
ta’sir etadigan turli yuklamalar detallarning albatta qisman bo’lsada, deformasiyalanishiga olib
keladi. Detallar ish jarayonida deformasiyalanganda ham o’z xizmat vazifasini benuqson
bajarishi va sinmay ishlay olish xususiyatini ularning mustahkamligi deb atash joiz. Detallarni
mustahkamlikka hisoblashda normal [σ] va urinma [τ] ruxsat etilgan kuchlanishlarni to’g’ri
aniqlay olish birlamchi ahamiyatga molikdir. Normal va urinma kuchlanishlar juda ko’p
omillarga bog’likdir. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
a) tanlab olingan material va zagotovka (tanovar)larni olish usuli (quyma, bosim ostida rasm
berish, qirqish va boshqalar), termik ishlov turi;
b) detalning ma’suliyatlilik darajasi va uning ish maromi;
v) detalning rasmi va o’lchamlari;
g) detal yuzasining notekisligi va b.
Mazkur kursda ruxsat etilgan kuchlanishlarni tanlash to’g’risidagi aniq ko’rsatmalarni mos
detallarni hisoblashlarda berishni lozim topdik.
Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini
o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi.
Ba’zi detallarning mustahkam bo’lishi
etarli bo’lmaydi, ularning bikr bo’lishi ham talab etiladi. Ayniqsa, kuch va momentlarning
birgalikdagi ta’siri ostida ishlaydigan detallar mustahkam bo’lishiga qaramay, kutilganidan ortiq
darajada egilishi mumkin. Misol tariqasida vallarni keltirish mumkin. Ruxsat etilganidan ortiq egilgan
valning ishlatilishi mumkin emas, chunki valga o’rnatilgan detallar (tishli g’ildiraklar, muftalar,
yulduzchalar, podshipniklar) muddatidan ilgari ishdan chiqishi mumkin.
Ba’zi detallarning ishlashiga ularning haddan tashqari bikr bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatadi,
chidamliligining kamayishiga, shovqinning oshib ketishiga, qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning
hosil bo’lishiga olib keladi. Bu holatni po’latdan tayyorlangan tishli g’ildiraklarda kuzatish mumkin.
Bundan shunday xulosa chiqarish lozim: zarur hollarda detallarning nisbatan beriluvchan bo’lishiga
erishish kerak. Mashina detallarining bikrlik me’yorlari mashinalarni ishlatish tajribasiga asosan
tajribaviy yo’llar bilan aniqlangan hamda turli ma’lumotnomalarni jamlagan kitoblarda keltirilgan.
Detallarning beriluvchanligi «Materiallar qarshiligi» kursida bayon etilgan usullar orqali anikdanadi.

Yüklə 23,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə