Mavzu: Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi?



Yüklə 23,12 Kb.
səhifə1/4
tarix27.05.2023
ölçüsü23,12 Kb.
#113528
  1   2   3   4
Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi


Mavzu: Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi?
Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisienti
yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular detallarining mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, rasmi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan
talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur. Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Anna shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi.
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki akliy
faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro
etuvchi.
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy
zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar).
Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan
qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).
Uzel - mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta
detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar).
Mashinalar quyidagicha tasniflanadi:
1. Mehnat vositalarining rasmini, xossalarini, holatini va joylanishini o’zgartiruvchi
ishchi mashinalar.
2. Har qanday turdagi quvvatni mexanik ishga aylantiruvchi harakatlantiruvchi
mashinalar (ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv va elektr dvigatellar, bug’
mashinalari).
3. Mexanik ishni boshqa turdaga quvvatga aylantiradigan mashiialar - geeneratorlar
deyiladi (dinamomashinalar, sovutgichlar).
4. Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi mashinalar.
5. Axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’llash uchun ishlatiladigan
mashinalar kibernetik mashinalar deyiladi.
Hozirgi zamon texnikasini elektron hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish
tizimlarisiz tasavvur qilish qiyindir.
Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan. Boltlar,
gaykalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, podshipniklar, vallar va ьoshqalar shular
jumlasidandir. Bunday detal va uzellar mashinalarda umumiy vazifalarni bajaradi. Ularning
tuzilishi hamda loyihalanish usullari «Mashina detallari» fanida o’rganiladi.
Shunday qilib, «Mashina detallari» fani muhandislik amaliyotida ko’plab uchraydigan,
deyarli barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarning tuzilishini hamda
ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Shu
bilan birga, u mashinasozlik ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi.
«Mashina detallari» fanida o’rganiladigan asosiy detal va uzellar quyidagilardan iborat:
1. Detallardan uzellar, uzellardan mashina hosil qilish uchun ularni o’zaro qandaydir
vosita bilan bir-biriga biriktirish zarur. Anna shunday vazifani o’taydigan birikmalar va ularni
tashkil qiluvchi qismlar guruhi mazkur fanda o’rganiladigan detallarning birinchi turkumini
tashkil etadi.
2. Mashinaning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismlari orasida joylashib, harakat
tezligini talab qilinganicha boshqarishga imkon beradigan vosita har turli uzatmalardir. Bunday
uzatmalar va ularni hosil qiluvchi detallar «Mashina detallari» kursining yana bir qismini tashkil
qiladi.
3. Ma’lumki, aylanadigan har qanday detalning harakatini ta’minlash va ularni o’rnatish
uchun val va o’qlar deb ataladigan detallardan foydalaniladi. Val va o’qlar o’zlarining
tayanchlariga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, harakatlanadigan bir uzel ikkinchi uzel bilan
o’zining vallari orqali ulanadi. Vallarni ulash uchun esa har turli muftalardan foydalaniladi.
Binobarin, talab qilingan aylanma harakatni ta’minlaydigan vallar, o’qlar va ularning tayanchlari
hamda vallarni bir-biri bilan ulaydigan muftalar mashina detallarining navbatdagi turkumini
tashkil qiladi.
4. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, turli prujinalar, moylash tizimini tashkil qiluvchi
qismlar, korpus detallar va shu kabilar ham deyarli barcha mashinalarda uchraydi va mazkur
fanda o’rganiladi.
Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo-da Vinchi (1452-
1519 yillar) o’z asarlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar haqida
ba’zi ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalar-da, mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat XIX
asarda asos solindi.
Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim «Mashinalar haqida ommaviy
leksiyalar» (1859 y) va «Кo’tarish mashinalari kursi» (1872 y) nomli asarlar muallifi prof. I.A.
Vishnegradskiydir.
«Mashina detallari» deb atalgan birinchi kitobni prof. V.L. Кirpichev 1881 yilda
Peterburg shahrida nashr ettirdi. O’sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni boyitishda
vatanimiz olimlaridan P.К. Xudyakov, A.I. Sidorov, M.A. Saverin, N.S. Acherkan, N.I. Кolchin,
V.A. Dobrovolskiy, A.I. Petrusevich, N.B. Кudryavsev, L.D. Chasovnikov, D.N. Reshetov va
M.N. Ivanov asarlari muhim rol o’ynaydi. Chet el olimlaridan К. Bax, F. Retsher, O. Reynolds,
A. Zammerfeld, V. Lyus, E. Bakingem va D. Shigleyning «Mashina detallari» faniga oid asarlari
ham diqqatga sazovordir. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari
Detallarning ishchanlik qobiliyati ularning ishlash sharoitlaridan kelib chiqadigan qator
mezonlar orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, mashina detallarini hisoblashda va ishchanlik
qobiliyatini baholashda mashina yoki detalning ish sharoiti, muhiti, unga ta’sir ko’rsatadigan
omillari albatta e’tiborga olinishi lozim. Masalan, abraziv sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak
juftligi bilan toza sharoitda ishlatiladigan tishli g’ildirak juftligi birdek xizmat muddatiga ega
emas. Yuk ko’tarishda ishlatiladigan po’lat arqonlar bilan faqat biror konstruksiyani ushlashda
qo’llaniladigan po’lat arqonning ish sharoitini bir xil deb bo’lmaydi. Shuning uchun ham
detallarni hisoblashda va ishchanlik qobiliyatini baholashda mezonlar kiritilgan. Bunday mezonlarga mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik, titrashga chidamlilik
kabilar kiradi.

Yüklə 23,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə