Mavzu. Ta’lim mazmuni reja



Yüklə 70,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#154590
  1   2   3
4 маъруза..



MAVZU. TA’LIM MAZMUNI 
Reja: 
1.
Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. 
2.
Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. 
3.
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar. 
Tayanch tushunchalar: 
ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim 
standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari, o‘quv-metodik majmua. 
1.
Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni 
tushunchasi. Ta’limmazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va 
ko‘lami tushiniladi. 
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi 
bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-muhitga 
emotsional-faoliyat tajribasi. 
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi 
asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 
2)
jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma; 
3)
ta’limninq maqsad va vazifalari; 
4)
innovatsion rivojlanish darajasi; 
5)
axborotlarning hajmi va ko‘lami; 
6)
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari. 
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga 
qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan 
kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi 
pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim 
mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 


malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan 
kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib 
chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida 
tashkil 
etilayotgan 
o‘quv-tarbiya 
jarayonining 
mohiyati 
o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv 
fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda 
o‘zlashtirilgan 
ma’lumotlar 
o‘quvchining 
amaliy 
faoliyat 
tajribasini 
rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p 
axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va 
uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. 
Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat 
ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. 
Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab 
qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi 
yo‘qoladi. 
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda 
yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta 
ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan 
har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun 
kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u 
pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida 
ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni 
tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi 
atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va 
kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni 
shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, 
mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom 
etmoqda. 


Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab 
bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham 
o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z 
navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan 
kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni 
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur 
yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni 
didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi 
(triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma 
- Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil 
etilishi talab etiladi. 
Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - 
«Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka 
- Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab 
etiladi. 
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, 
kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini 
ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi 
o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, 
uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. 
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni 
amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangan ob’yektlariga 
munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma’no-mazmun) 
yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida 
aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. 
O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq 
mo‘ljal(orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida «yuksak» 
kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga 


tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur 
kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi. 
Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga 
yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini 
to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. 
Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng 
asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi 
bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi 
zarur. 
2.
Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini 
loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: 
Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs 
rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga 
an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning 
rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish 
imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. 
Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil 
ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir 
o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga 
olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish 
jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u 
bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. 
Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim 
tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv 
materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro 
mosligini ko‘zda tutadi. 
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda 
o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy 
o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun 
insonparvar g‘ oyalar umumiy ta’limmazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z 


navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va 
o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini 
shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur. 
Ta’lim 
mazmunini 
fundamentallashtirish 
tamoyili 
ta’limni 
insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy- 
gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va 
fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat 
metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi. 
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini 
o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda 
birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi. 
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o‘rganilayotgan 
bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi 
o‘rni, umumiy o‘rta ta’ lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga 
hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni 
ko‘zda tutadi. 
Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. 
Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari 
va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko‘zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga 
mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks 
ettiriladi. 
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: 
ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini 
shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; ta’lim mazmunining aniq ilmiy 
va amaliy ahamiyat kasb etishi; ta’lim mazmunining murakkablik darajasini 
hisobga olish, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; 
ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; ta’lim muassasalari 
moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; 
ta’lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish. 


3.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab 
beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O‘quv reja, o‘quv 
dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi. 
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», 
«model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli 
ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, 
o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash 
mezonlari ishlab chiqiladi. 

Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə