Mavzu. Ta’lim mazmuni reja



Yüklə 70,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#154590
1   2   3
4 маъруза..

Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy 
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va 
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash; 
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini 
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya 
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: o‘quvchi 
shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 


umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta’lim standartining 
ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; 
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi 
va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va 
yaxlitligi; 
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch 
va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash 
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: umumiy o‘rta 
ta’limning tayanch o‘quv rejasi; umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; 
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi. 
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal 
hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab 
chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’limmazmunini 
o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va
maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi. 
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi etarli bo‘lgan umumiy 
o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik 
kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar 
hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 
15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. 


Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv 
fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi 
va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. 
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab 
chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim 
mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari 
hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat. 

Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə