Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə9/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
mavzu

Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. Mijoz firma bilan aloqa o‘rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijozfirma haqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug‘ullanishini, nimalarni ishlab chiqarishini, ishchilar sonini, malakasini, boshqaruv xodimlar miqdorini, ish hajmini, xarajat va daromad miqdorini, firmaning moliyaviy ahvolini, shartnomalarning boryo‘qligini, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shartsharoit, uning o‘zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning rejagrafigi tuzilib, tegishli yuridik qog‘ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e’tibor berish lozim. Maslahatchining obro‘si ishning o‘z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Ishning qanday shaklda tugatilishini ham aniqlab olish zarur, ya’ni ish yoki xizmat muayyan natijaga erishishdan iborat ekanligini belgilash lozim. Bularning barchasi ishning rejagrafigida aks etilishi kerak. Buyurtmani bajarish jarayonida buyurtmachi firmaning psixologiyasini o‘rganishi kerak. Ishning bajarilish jarayonida mijozning qiziqishi susayishi mumkin, shu sababli qiziqishni susaytirmaslik uchun choratadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun qiziqishning eng yuqori pallasida birorbir kichik tadbirni amalga oshirish kerak. Bu tadbir mijozfirma rahbariyatiga qaratilgan muayyan takliflar, maslahatchining taklifini majlisda muhokama qilish, ba’zi takliflarni bajarish haqidagi qarorni tayyorlashdan iborat bo‘lishi mumkin. Oxirida loyiha yoki ba’zi takliflarni amalga oshirish haqida yozma hisobot rasmiylashtiriladi. Oldindan kelishib qo‘yilgan maslahat turlari bundan mustasno emas.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firmalar o‘z tovari, o‘z xizmat namunasini ko‘rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o‘z imkoniyatlarini tashviqot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo‘llaniladigan usul - reklama qilishdir. Firma o‘z imkoniyati, xizmat ko‘rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o‘z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo‘lishi mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag‘lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro‘sini belgilab beruvchi omil - bu o‘tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o‘rtamiyona firmalarning ijobiy tavsiyasi - eng yaxshi reklamadir.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, ba’zi korxonalarda tubdan islohotlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko‘p muammolar yuzaga kelmoqda. SHu muammolarni oqilona echish uchun maslahatchilar salohiyati oshib borishi aniq. SHu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu muammolarini echish uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni hal etish korxonaning strategik rivojlanish muammosini echishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o‘tish kerak.

  1. Tadbirkorlik shakllari

O‘zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to‘g‘risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:

-jamoa tadbirkorligi;

  • aralash tadbirkorlik.


Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə