Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə1/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
mavzu


  1. mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari




Reja:

1.

Ishlab chiqarish tadbirkorligi

2.

Tijorat tadbirkorligi

3.

Moliyaviy tadbirkorlik

4.

Maslahat tadbirkorligi

5.

Tadbirkorlik shakllari




  1. Ishlab chiqarish tadbirkorligi

Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo‘nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo‘linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin (2- chizma).
Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo‘lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko‘rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko‘rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug‘urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko‘rsatadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga qaraganda kamroq samara beradi. Bu ko‘rsatkich 5-10%ni tashkil etadi.
Keyingi vaqtda O‘zbekistonda tadbirko rlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko‘p yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.











Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə