Mavzu: Shtamplashning ilg’or texnologiyalari Reja: Shtamplashning turlari Shtamplashning afzallik taraflari



Yüklə 24,58 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü24,58 Kb.
#158042
Bosim ostida ishlov berish mustaqil ish 1 to\'g\'ri


Mavzu:Shtamplashning ilg’or texnologiyalari
Reja:
1.Shtamplashning turlari
2.Shtamplashning afzallik taraflari
3.Shtamplash mashinalari

Shtamplash deb, maxsus shtamplar yordamida bosim bilan ishlov berib murakkab shaklli buyumlar olish usuli tushuniladi. U quyidagi turlarga bo‘linadi:


1. Qizdirib shtamplash. Tanavomi qizdirib, maxsus shtamplarda shtamplab pokovkalar deb yuritiladigan buyumlar olinadi.
2. Portlatib shtamplash. Bunday shtamplashda suyuqlik yoki gaz bosimidan foydalaniladi, tanavor shu bosim ostida matritsa shaklini oladi.
3. Elektr gidravlik shtamplash. Bunday shtamplash portlatib shtamplashga o‘xshash bo‘lib, zarb toiqini suyuqlikda hosil qilingan elektr razryadi bilan yuzaga keltiriladi.
4. Sovuqlayin shtamplash. Ko‘plab ishlab chiqarish sharoitida po‘latdan, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan turli metall detallar ishlab chiqarishda shu usuldan foydalaniladi. Shtamplashda hosil qilinadigan buyumlar (detallar) xalq xo‘jaligining turli sohalarida juda keng ishlatiladi. Hajmiy shtamplashning mohiyati shundan iboratki, tanavordan ma’lum shaklli buyum (pokovka) hosil qilish uchun metall asbobning shu buyum shakliga mos bo‘shlig‘iga suyuq metall bosim ostida to‘ldiriladi. Shtamplash uchun ishlatiladigan asosiy asbob shtamp plitalari hisoblanib, ikki(ostki va ustki) palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Shtamplar maxsus poiatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li yoki ko‘p ariqchali (ko‘p pazli) shaklda boiadi. Biror shakldagi buyum (detal) tayyorlash uchun suyuq metall quyilib shtampdagi bo‘shliq (ariqcha) lar toidiriladi va tegishli shakl hosil qilinadi. Shtamplash ham konstruksion materiallami bosim bilan ishlash usullaridan biri boiib, hosil qilinadigan buyumning shakli, asosan, shtamplash orqali hosil qilinadi. Bu juda tejamli usul. Materiallami shtamplashda bug‘-havo bolg‘alari, taxtali friksion bolg‘alar, krivoshipli qizdirish shtamplari (KQSh), gorizontal bolg‘alash mashinalari (GBM), friksion presslar va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi. Friksion bolg‘alar tushuvchi qismining ogirligi 0,5-2 t gacha boiadi.
GBM bilan mayda pokovkalar, masalan, bolt, gayka, shayba, shpilka, parchinmix va shu kabilar olinadi. Qizdirib hajmiy shtamplash, asosan, sanoatda ko‘plab yoki yirik turkumlab yuqori aniqlikdagi har xil shaklli va oichamli buyumlar olish uchun qoilaniladi. Bunday shtamplash texnologiyasi quyidagi operatsiyalardan iborat: metallami kesib tanavor hosil qilish, tanavorni qizdirish, shtamplab termik ishlash, pokovkani kerakli rangga bo‘yash. Bu usul bilan qiyin deformatsiyalanadigan qotishmalarga ham ishlov berish mumkin. Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to‘g‘ri aniqlay bilish katta ahamiyatga ega, chunki material miqdori keragidan kam boisa, shtamp bo‘shlig‘i toim ay qolib, buyum kemtik (nuqsonli) boiib chiqadi, material miqdori keragidan ortiq boiganda esa ortiqcha metalldan kattagina pitr hosil boiadi yoki pokovkaning shakli buziladi. Sovuqlayin hajmiy shtamplash usulidan uncha katta boimagan oichamdagi pokovkalami tayyorlashda foydalaniladi. Bunda ish unumi kamaymagani holda shtamplashda turli metall chiqindilari kamayadi, sirt (yuza) lar sifati yaxshilanadi, buyumning yuqori aniqlikda chiqishi ta’minlanadi.
-Portlatib shtamlash: Bu ilg‘or usullardan biri bo'lib, bunda zagotovkani zarur darajada deformatsiyalash uchun portlashning zarbiy to‘lqini kuchidan foydalaniladi. Portlovchi modda portlaganda juda qisqa vaqt ichida nihoyatda katta miqdorda energiya ajratadi. Bu usulda shtamp yolg‘iz matritsadan iborat bo'ladi, bunday matritsa epoksid smolalardan, sement va hatto gipsdan ham tayyorlanishi mumkin, chunki ular massalarining inersiyasi portlash impulsiga bardosh beradi. Portlash metallning gidrdinamikaviy oqishiga sabab bo'ladi, bu esa nisbatan mo'rt materiallardan, masalan, titan qotishmalari, zanglamaydigan po'latlardan buyumlar shtamplashga imkon beradi. Portlash bilan shtamplash usuldan mayda seriyalab ishlab chiqarishda va hatto tajribaviy ishlab chiqarilashlarda ham samarali foydalanish mumkin. List shtamplashning bu usulida ishlatiladigan poitlovchi moddalarga qo'yiladigan talablami elektr detonator yordamida portlatiladigan presslangan trotil zaryadlari to'laroq qondiradi. List shtamplashning biror operatsiyasini bajarish uchun zarur bo'lgan portlovchi modda miqdori bir necha milligrammdan to 1 kg gacha etadi. Portlatib shtamplash usulidan teshish, bukish, botirish, bo'rttirish ishlarida foydalanish mumkin
-List materiallami shtamplash. Turli materiallardan tayyorlangan listlar, tasmalar, polosalar tarzidagi prokatlardan yupqa devorli fazoviy buyumlar tayyorlashga list shtamplash deb ataladi. List shtamplash shtamplar yordamida press bilan yoki pressiz bajariladi. Shtamplanadigan listlaming qalinligi 0,15-60 mm gacha bo‘ladi. Listlar yupqa (qalinligi 4 mm gacha) va qalin listlarga (qalinligi 4 mm dan ortiq) bo‘linadi. Yupqa listlaming hammasi, asosan, sovuqlayin shtamplanadi, 15-20 mm dan qalin listlami albatta shtamplash oldidan bolg‘alash haroratigacha qizdirish talab qilinadi. Bu usulda ishlab chiqariladigan detallaming aniqlik sinflari asosan 4 va 3 bo‘lib, soat detallaridan to bug‘ qozonlarining tubigacha, dengiz kemalarining detallari hamda yengil avtomobillaming 70 % dan ko'proq detallari shu usulda olinadi. List shtamplash jarayonlari ikkita asosiy guruhga: ajratish va shakl о‘zgartirish jarayonlari gumhiga bo‘linadi. Ajratish jarayonlari gumhiga qirqish, qirqib olish, o‘yib tushirish va boshqa jarayonlar; shakl hosil qilish jarayonlari guruhiga esa egish, botiq qilish, chetini ayirish, bort chiqarish, bo‘rttirish (shakl berish), siqish, list zarblash (relyefli shtamplash) va boshqa operatsiyalar kiradi. Qirqishda list, polosa yoki tasmalardan ma’lum o‘lchamli chala tanavorlar kesib olinadi. Qirqib olishda chala tanavorlardan zamr shakldagi tanavorlar kesib olinadi. Bunday operatsiyalami bajarishda tanavorlaming qalinligiga qarab diskli, richagli, parallel va qiya pichoqli qaychilardan foydalaniladi. O'yib tushirish - listdan aylana, kvadrat yoki boshqa shaklli tanavor o‘yib tushirish. Listdan disk shaklidagi detal, bu tayyorlanmadan esa shayba hosil qilish o‘yib tushirishga misol bo‘la oladi. O’yib tushirish operatsiyasi maxsus shtamplarda bajariladi. Egish - list tanavordan egik buyum hosil qilish. Egish bir burchakli, ya’ni F-simon va ikki burchakli U-simon va boshqa turlarda bo‘lishi mumkin. Botiq qilish - yassi tanavordan sirtqi konturi bo‘ylab bort hosil qilishdan iborat. Chetini qayirish - yassi tanavoming sirtqi konturi bo‘ylab bort hosil qilish. Bort chiqarish - teshik konturi bo‘ylab bort hosil qilish.

List, lenta, polosa tarzidagi materiallardan buyumlarni shtamplar yordamida tayyorlash texnologik jarayonga list shtamplash deyiladi. List shtamplashda kam uglerodli, shuningdek, plastik legirlangan po'latlar, rangli metallar va ularning qotishmalari, nometall materiallari ishlanadi. List shtamplash zagotovkaning plastikligiga ko'ra sovuqlayin va qizdirilgan holda olib boriladi. (4 mm dan yupqa plastik metallar sovuqlayin shtamplanadi.) Bu usulda jumladan avtomobil kuzovlari, somolyot fyuzelyajlari, elektrotexnikaviy apparatlarning detallari va turli xo'jalik buyumlari olinadi. Ayrim murakkab shaklli detallarni ayrim-ayrim bo'laklar tarzida shtamplash yo'li bilan olib ularni payvandlab biriktirish bilan tayyorlash iqtisodiy jihatdan ancha tejamlidir. Qizdirib shtamplashdan, asosan 4 mm dan qalin po'lat listlardan qozon tagliklari kabi detallar tayyorlanadi. List shtamplash usulining boshqa usullarga qaraganda texnikaiqtisodiy afzalligi, ya'ni aniq o'lchamli, turli shaklli sifatli buyumlarni deyarli chiqindisiz serunum ishlab chiqarishi sababli sanoatning hamma tarmoqlarida yil sayin keng qo'llanilmoqda.
2. Ma'lumki, shtamplashda zagotovkani maxsus asbob (shtamp o'yig'iga) quyib, bosim bilan ishlashda pastki palla 3 o ‘y ig‘idagi zagotovka ustki pallasi bilan zarblash oqibatida ular bo'shlig'i to'lib pokovka olinadi. Shtamplar konstruktsiyasiga ko'ra ochiq va yopiq, bir o'yiqli va ko'p o'yiqli bo'ladi. Bir o'yiqlilardan oddiy shaklli pokovkalar, ko'p o'yiqlilardan murakkab shaklli pokovkalar olishda foydalaniladi. Metallarni shtamplashda shtamplash bolg'alari, krivoshipli bolg'alash presslari, friktsion presslar, gorizontal bolg'alash mashinalari va boshqa xil mashinalardan foydalaniladi. Amalda olinadigan pokovkaning materiali, shakli, o'lchami, seriyasi, aniqligi va boshqa ko'rasatkichlariga qaraladi. Ba'zan yuqoridagi mashinalardan birgalikda foydalanish ancha iqtisodiy tejam beradi. Masalan, avtomobil dvigatelning tirsakli valini tayyorlashda zagotovka avvalo bolg'ada shtamplanib, keyin uning flanesi gorizontal bolg'alash mashinasida shtamplanadi. Shtamplash erkin bolg'alash usuliga nisbatan ish unumining yuqoriligi, pokovka shakli, o'lchamlarining aniqligi, yuzasining tekisligi, murakkab shaklli pokovkalarni minimal qoldirmali olinishi kabi afzalliklarga ega. Zagotovkalarni erkin bolg'alash o'rniga shtamplashga o'tish sifatli, arzon pokovkalarni ko'plab ishlab chiqarishni ta'minlash bilan chiqindini kamaytirib, og'ir ishlarni engillashtiradi. Lekin bu usul ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Jumladan, pokovka massasining cheklanishi (200-300 kg gacha), shtamp narxining qimmatligi, pitraning qirqib tashlanishi va boshqalar.
Konstruktorlar mashina detallarini loyihalashda ekspluatatsion talablardan tashqari texnologik talablarga ham alohida ahamiyat berishlari lozim. Shu sababli pokovkalarni bolg‘alarda shtamplashda tubandagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Pokovkaning geom etrik shakli shunday bo'lishi kerakki, u shtampdan osongina ko'chsin.
2. Ajralish yuzasini murakkab sirt bo'yicha emas, balki oddiy sirt bo'yicha belgilash yaxshi, chunki bunda shtamp tayyorlash osonlashadi
3. Shtamp bo'shliqlarining chuqurligi eng kichik, eni esa katta bo'ladigan qilish lozim. Bunda bo'shliqlarining metall bilan toiishi engillashadi va shtampni eyilishi kamayadi
4. Shtampning ustki va pastki pallalari bo'shliqlarining ajralish konturi bo'yicha teng bo'lishi va ajralish yuzalarining vertikal devorlaii tutashadigan qilinishi kerak, bu shtamp pallalarining nisbatan siljishini ko'rishni yengillashtiradi.
5. Zagotovka shtamp ariqchasiga tiqilib qolmasligi uchun shtamp bo'shlig'ining yon devorlari qiyaroq qilinadi (bu qiyalik burchagi buyumning tashqi devori uchun 5 dan 7° gacha, ichki devori uchun 7 dan 10° gacha olinadi).
3. Shtamplashda foydalaniladigan shtamplarni konstruktsiyasiga ko‘ra ikkiga ajratish mumkin:
1. Oddiy shtamplar, bu shtamplarda birgina operatsiya bajariladi.
2. Murakkab shtamplar. Bu shtamplarda bir necha operatsiya bajariladi. K o‘p operatsiyalarni bajaruvchi murakkab shtamplarni ham o ‘z navbatida ikkiga ajratish mumkin:
1.M a'lum ketma-ketlikda bir necha operatsiyalarni bajaruvchi shtamplar.
2. Bir necha operatsiyalarni birgalikda bajaruvchi shtamplar. Shtamplashda zagotovkaning xarakteriga ko'ra uni shtampga avtomatikaviy ravishda uzatishda lentali, qisqichli, ilgakli uzatmalardan keng foydalaniladi. Shtamplash bolg'alarining oddiy temirchilik bolg'alaridan farqi shundaki, bularda shtamp pallalari o'zaro aniq urilishi uchun baba yo'naltiruvchisi rostlanib zarbda shtampning yarim pallalari birbiriga aniq tushishi lozim. Bolg'a stoykalari bevosita shabotga o'rnatilgan bo'lib, zarb ta'siridan staninada hosil bo'ladigan kuchlanishdan va bolg'aning ayrim elementlarini sinishdan saqlash uchun asosiga mahkamlanish boltlarining gaykalari ostiga elastik prujinalar qo'yiladi. Shtamplashda aniq shaklli buyum hosil qilish uchun zarur bo'ladigan aniq zarb olish maqsadida shabotning og'irligi bolg'aning tushuvchi qismlari og'irligidan 20 baravar ortiqroq qilinadi. Tushuvchi qismlarning og'irligi 0,5 dan 20 I gacha bo'lgan bolg'alar ishlab chiqariladi. Bolg‘alar yordamida shtamplash usullari. Korxonaning xarakteriga ko'ra tubandagi asosiy usullardan foydalaniladi: 1. Babalar oralig'ida o'rnatiladigan ochiq shtamplarda shtapmlash. seriyasi kam bo'lgan mayda (3-5 kg gacha) zagotovkalar shtamplanadi. Bu shtamplarda pokovkalarni tayyorlash uchun ma'lum o'lcbamdagi zagotovka avvalo 1200 С gacha qizdirilib xomaki bolg'alanadi, keyin uzil-kesil shtampda 4-5 marta zarb bilan shtamplangach, pitrasini kesuvchi shtampda krivoship presslarda qirqib tashlanadi.
2. Yarim pallasi babaga, yarim pallasi shabotga mahkamlangan bir o'yiqli shtamplarda shtamplash. Bu usuldan asosan, seriyalab va ko'plab doiraviy shakldagi detallar (tishli g'ildirak, flanes va boshqalar) ishlab chiqarishda foydalaniladi.
3. Yarim pallasi babaga, yarim pallasi shabotga mahkamlangan ko‘p o'yiqli shtamplarda shtamplash. Bu usuldan seriyasi ko'p murakkab shaklli ko'ndalang kesimi bo'yicha o'zgaruvchi detallar (shatunlar, tirsakli vallar, krestovinalar, egilgan richaglar va boshqalar) pokovkalarni olishda foydalaniladi.
Sanoatda krivoshipli gorizontal, elektr va gidravlik va boshqa xil presslardan ko'proq qo'llaniladi. 1. Krivoshipli bolg‘alashshtamplash presslarida shtamplash. Bu presslar istiqbolli uskunalardan biri bo'lib, bu presslarda shtamplash bolg'alarda shtamplashga qaraganda ish unumining va pokovka aniqligining yuqoriligi, metall chiqindisining kamligi, murakkab shaklli, aniq o'lchamli, tekis yuzali pokovkalarning olinishi va boshqalar ularning keng qo'llanilshiga asosiy sababdir, lekin ular ayrim kamchiliklardan ham xoli emas, jumladan, yuqori aniqlikdagi prokat chiviqlari talab etishi, zagotovka kuyindisiz bo'lishi va boshqalar.

Metallarni qizdirib shtamplash jarayonining yakunlovchi operatsiyalariga pitrlarni qirqish, teshiklai' ochish, pokovkalarni tekislash, termik ishlash, tozalash va ba‘zida sovuqlayn kalibrlash ishlari kiradi. Pitrlarni qirqish. Pitrlar qizigan holatda ham, sovigandan keyin ham qirqiladi. Bu metall xossasiga bog‘liq, masalan, legirlangan va ko‘p uglerodli po‘latlar shtamplanganda ularning pitrlari qizigan holatida kesiladi, chunki sovigandan keyin kesilsa, darzlar hosil bo'lishi mumkin.
Qizigan holatda qirqish shtamplangandan so‘ng shtamplash agregatining tarkibiga kiruvchi pressda bajariladi. Teshiklar ochish yuqoridagi ko‘rgan usulimizning xususiy holidir. Bu xil shtamplarda kesgich elementi matritsa bo‘lmay, balki, puanson bo'ladi. Pitrlarni qirqish uchun zaruriy kuch qiymatini tubandagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: bunda 1,25 matritsa va puansonning keskich qirrani o‘tmaslanishini hisobga oladigan koeffitsient; rkl.— qirqish haroratida metallni kesishga qarshiligi; 5 — kesish joyidagi pitr qalinligi; mm S — pokovkaning ajralish tekisligidagi perimetri, mm. Pokovkalarni tekislash. Pokovkalaming pitralarni qirqishda, teshishda, termik ishlashda va boshqa operatsiyalarni bajarishda deformatsiyalangan joylari bo‘lsa, tekislanadi. Sovuq holida taxtali friktsion bolg'a yoki friktsion press yordamida to‘g‘rilash shtampi yordamida bilan bajariladi. Termik ishlash. Pokovkaning materialiga, shakliga va o'lchamiga ko‘ra ularni ichki kuchlanishlardan xalos qilish, strukturasini, binobarin, xossalarini yaxshilash maqsadida termik ishlanadi (masalan, yumshatiladi yoki normallanadi). Pokovkani kuyindidan tozalash. Bu maqsadda pokovkalarni maxsus aylanadigan barabanlarda, diametri 2-3 mm, qattiq sharchalar bilan birga aylantirib yoki sulfat va xlorid kislota kuchsiz eritmalari vannalariga tushirib m a‘lum vaqt ishlanadi. Pokovkalarni kalibrlash. Pokovka o ‘lchamlarining aniqligi va yuza tekisliklarni oshirish maqsadida katta bosimda bajariladi. Kalibrlash, odatda, pokovka sovigandan keyin bajariladi va shtamplashning oxirgi operatsiyasi bo'ladi. Buning uchun pokovka kalibrlovchi shtamp bo‘shlig‘idan o'tqazib ishlanadi. Kalibrlash serunum pardozlash operatsiyasi bo'lib, stanoklarda nafis yo'nib ishlov berishning o'rnini bosadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Konstruksion materillar texnologiyasi(Mirboboyev A.B)
2. S.D.nurmurodov.(Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi )
3. A.S.To’raxonov (Metallar texnologiyasi)
Yüklə 24,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə