Mavzu: Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslariulardan foydalanish



Yüklə 4,31 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#131329
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslariulardan foydalanish.

Mavzu: Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslariulardan foydalanish.

Reja:

  • tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda faol ishlab chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish omillarini bir-biri bilan bog'laydi. Ishlab chiqarishning pirovard  natijasi mehnat resursiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to‘liq, samarali foydalanishga erishish lozim.
  • Aholining o’z jismoniy va ma’naviy imkoniyatlariga ko’ra mehnat qila olish qobiliyatiga ega bo’lgan qismi jamiyatning mehnat resurslari hisoblanadi. Odatda aholi mehnat faoliyatiga munosabati nuqtai nazaridan 3 guruhga bo’linadi:
  • -mehnat yoshigacha bo’lgan guruh – bolalar va o’smirlar;
  • -mehnat yoshidagi guruh – mamlakatning asosiy mehnat resurslari;
  • -mehnat yoshidan o’tgan aholi.
  • Mehnat resurslarining soni turli mamlakatlarda turlicha, chunki aholining yuridik jihatdan belgilab qo’yilgan va mehnat resurslariga kiritiladigan yosh chegarasi hamma mamlakatlarda bir xil emas. Xalqaro statistikada, odatda, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo’lganlar mehnatga yaroqli aholi hisoblanadi. O’zbekistonda esa 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatning asosiy mehnat resurslari hisoblanadi.
  • Bu yoshdagi aholining hammasi ham ishlaydi deb bo’lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va salomatligi tufayli ishlay olmaydigan nogironlar va hokazolar shular jumlasidandir. Aksincha, nafaqa yoshidan oshib ketgan keksalar shuningdek, hali 15 yoshga to’lmagan ba’zi o’smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu mehnatga qobiliyatli aholi tushunchasini kiritishni taqozo qiladi. Mehnatga qobiliyatli aholi deganda, har qanday mamlakatning yoshidan qat’i nazar real mehnat resurslari tushuniladi.
  • Iqtisodiy aktiv aholi-deganda mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan, o’z mehnati tufayli daromad oladigan qismi va ishlashni xoxlaydigan, ammo ish yo’qligidan vaqtincha ishlamayotgan qismi tushuniladi.
  • Iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi-tushunchasi hamma mamlakatda bir xil ma’no bermaydi. Ba’zi bir davlatlarda ishsizlar va yarim ishsizlar ham iqtisodiy aktiv aholi hisoblanadi. Bu esa, iqtisodiy aktiv aholi tushunchasining haqiqiy ma’nosiga to’g’ri kelmaydi.
  • Mehnatga yaroqli aholining o’z yordamchi xo’jaligida band bo’lgan, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgan va o’qishda va armiya xizmatida bo’lishi tufayli ishlamayotgan hamda ish qidirmayotgan qismi iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi hisoblanadi. Har bir mamlakatda yoki mamalakatlar guruhida mehnat resurslarining soni, tarkibi va o’sish sur’atlari aholining takror barpo qilinish jarayonining xususiyatlariga va aholining yosh tarkibiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Chunki, mehnat resurslari sonining o’sishi, asosan, aholining tabiiy o’sish hisobiga bo’ladi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida mehnat resurslarining soni mexanik harakat (migratsiya) hisobiga ham o’zgaradi.
  • Mehnat resurslarining tarkibi aholining yosh tarkibiga bog’liq. Aholi mehnat resurslari nuqtai nazardan quyidagi yosh guruhlarga ajratiladi: 0 – 14 yosh; 15 – 64 yosh; 65 yosh va undan kattalar.
  • O’zbekistonda: 0 – 15 yosh; 16 – 60 erkaklar; 16 – 55 ayollar; 61 yosh va undan katta (erkaklar) va 56 yosh va undan katta (ayollar).
  • Mamlakatlardagi iqtisodiy aktiv aholining xalq xo’jaligi tarmoqlarida taqsimlanishi bir-biridan farq qiladi. Avvalo shuni aytish kerakki Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlarida tug’ilishning ham yuqoriligi, o’rtacha umr muddatini pastligi tufayli aholi tarkibida mehnat resurslarining salmog’i kam. Masalan butun dunyo bo’yicha 54%, Evropada 62-64 %, Amerikada 56-58 %, Osiyoda 53-54 %, Avstraliyada 56-58 %, Okeaniyada 56-58 % tashkil etadi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə