Mavzu: Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi Reja: Kirish



Yüklə 149,5 Kb.
səhifə2/5
tarix26.10.2023
ölçüsü149,5 Kb.
#132304
1   2   3   4   5
Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi

Oziq-ovqat sanoati

Ushbu tarmoq aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlaydigan 30 dan ortiq ishlab chiqarishni o`z ichiga olgan bo`lib, qishloq xo`jaligi bilan chambarchas bog`langan. Oziq-ovqat sanoati joylashishida xom ashyo va iste`molchi omili muhim o`rin tutadi.


Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda harajatning ko`p qismi qishloq xo`jalik xom ashyosiga sarf bo`ladi. Shakar ishlab chiqarishda xom ashyo harajati 65 foiz; yog`, pishloq va go`sht tayyorlashda 90 foizgacha boradi. Bir tonna shakar olish uchun 5—6 tonna qand lavlagi talab qilinadi. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatining bir guruh korxonalari (kand, shakar, vino va h.k.lar ishlab chiqarish) xom ashyo manbalar yaqin joylarda barpo etiladi.
Demak, qand-shakar ishlab chiqarish qand lavlagi yetishtiradigan joylarda, vino zavodlari uzumchilik, bog`dorchilik, sabzavotchilik, rivojlangan joylarda, sut maxsulotlari ishlab chiqarish sut chorvachiligi rayonlarida barpo etiladi, yog` sanoati paxta, kungaboqar, zig`ir, soya va boshqa moyli ekinlar ekiladigan rayonlarda barpo etiladi.
Go`sht kombinatlari chorvachilik rivojlangan joylarda barpo qilinadi, ammo keyingi paytlarda yirik shaharlar atrofida ham go`sht kombinatlari, parrandachilik fabrikalari qurilmoqda. Baliq sanoati asosan baliq ovlanadigan xududlarda rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoatining boshqa bir guruhi iste`molchiga yaqin joylashtiriladi. Bunday tarmoqlarga non zavodlari, makaron, konditer fabrikalari kiradi. Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi.
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.
Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi.
60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. 1991-yilda respublika Yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan davlat uyushmasi — "Oʻzbekengilsanoat", 1998-yil 30 martda pillachilik va ipakchilik tar-moklariga rahbarlikni amalga oshiradigan "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil qilindi (qarang Ipakchilik sanoati). 2000-yil 4 martda koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasiga birlashdi.
1991—2000-yillarda tarmoq boʻyicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining "Kabul Tekstaylz" firmasi ishtirokida Toshkent va Toʻytepa shaharlarida joylashgan "Kabul-Oʻzbek Ko" (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m gazlama), Fargʻona toʻqimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida "Kabul Fargʻona K°" (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Namanganda Turkiyaning "Aston" firmasi bilan hamkorlikda "Asnam tekstil" (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), "Timas" va "TIMI" firmalari bilan "Kosonsoy-Tekmen" (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qoʻshma korxonalari, Qarshida "Pashtete", Gurlanda "Gurlanteks", Andijonda "Anteks" toʻqimachilik majmualari va b. qurildi va ishga tushirildi (ularning yillik quvvati 18,0 mln. dona tikuvchilik va trikotaj buyumlari). "Fargʻonapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxona ishga tushirildi (1995, yillik loyiha quvvati 500 ming juft poyabzal).
Paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi toʻqish, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ichki chizim sohalarida 150 ga yaqin korxona bor. Shulardan 14 tayen 1994—2000-yillarda chet'el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qoʻshma korxonalardir [(bu korxonalar tarmoqda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmining 20,6% ni, eksportga chiqarilgan mahsulot hajmining 88,1% ni beradi (2000)]. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000-yilda 20,1% ni tashkil qildi (1995-yilda 19%).
"Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tomonidan respublika Yengi sanoatni rivojlantirishning 2000 — 2005-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda Oʻzbekistonga chetdan ilgʻor texnologiyani keltirish, chet'el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, eksport imkoniyatlarini oshirish va b. belgilangan. Dasturga koʻra 2000—2005-yillarda ipgazlama tarmogʻida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmogʻida 5 korxonani qayta jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash moʻljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999-yildagi 110,2 ming t dan 2005-yilda 476,4 ming t ga yetkaziladi, ip gazlama ichki chizimini 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momigʻini 30,9 marta, trikotaj buyumlari ichki chizimini 1,5 marta koʻpaytirish koʻzda tutiladi, qoʻshimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Yengil sanoat tarmoqdaridagi ilmiy-texnologik, loyihalash, konstruktorlik muammolari bilan "Yengilsanoat" loyiqa instituti (Toshkent), "Shoyi" tadqiqot instituti (Margʻilon shahri) va uning Toshkentdagi shoʻʼbasi, Respublika kiyimlar modellari uyi, Respublika poyabzal modellari uyi, Respublika trikotaj mahsulotlari modellari uyi va boshqalar shugʻullanadi.
Tarmoqdardagi korxonalar uchun injener-texnik kadrlar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti va uning shoʻʼbalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent politexnikumi va viloyatlardagi kollejlarda tayyorlanadi. Yengil sanoat jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Italiya, Fransiya, Chexiya, AQSH va boshqalarda gʻoyat taraqqiy etgan va shu mamlakatlar eksportida muhim oʻrinda turadi (yana q. Koʻn-poyabzal sanoatiTrikotaj sanoatiToʻqimachilik sanoatiChinni-fayans sanoati).
Ma`lumki, yengil sanoat oziq-ovqat sanoati bilan birga O`zbekiston agrosanoatning uchinchi guruhini tashkil etadi. U, asosan, paxtachilik va pillachilik negizida tarkib topdi. Paxta tozalash, to`qimachilik, trikotaj, poyafzal, ko`nchilik, ipak ishlab chiqarish yengil sanoatning muhim tarmoqlari hisoblanadi.
Paxta tozalash sanoati ishlab chiqarish jarayoni bir-biriga bog`liq bo`lgan paxta tozalash korxonasi, paxta quritish sexlari va transport xo`jaligidan tarkib topadi. U qishloq xo`jalik mahsulotlarini dastlabki ishlovchi tarmoq bo`lganligi sababli uning ko`rxonalari paxtakor tumanlarida joylashtiriladi. Shuningdek, temiryo`l yoki avtomobil yo`llaridan foydalanish qulayligi ham e`tiborga olinadi. Paxta tozalash zavodlari ko`proq mashinasozlik, yoqilg`i-energetika-kimyo majmualari hamda to`qimachilik, yog`, kiyim-kechak kabi sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish aloqasida bo`ladi.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan “NIL-GRANIT” jamiyati qoshidagi “SAMO” trikotaj fabrikasi mahsulotlari yurtimizda juda mashhur. Yurtimizning chekka tumanida hukumatimiz tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlarning samarasini yaqqol namoyon etgan korxona bunyod bo‘lgan.
Aytishlaricha korxonaning tarixi uzoq 1992 yilga borib taqaladi. O‘shanda «Samo» brendi asoschilari ilk bor tekstil sohasida ish boshlaydi va yoz faslining oxirlarida o‘z mahsulotini bozorga chiqaradi. Ammo baxtga qarshi bozor Xitoyda ishlab chiqarilgan kiyim-kechak bilan to‘lib ketgan edi. To‘qsoninchi yillarni eslaydiganlar tasdiqlaydi, bozordagi 90 foiz mahsulot Xitoydan kelardi. 1996 yili korxona avvaliga 5 dona tikuv mashinasini ijaraga olib yo‘lga qo‘ygan. Yillar davomida izlanishlari va mehnatlari sabab hozirda o‘z mevasini berdi. Yangi ish boshlagan payt birinchi navbatda aholini sifatli trikotaj mahsulotlari bilan ta'minlashni maqsad qilgan firmaning tovarlari bilan bozordagi raqobatni yengish oson bo‘lmagan. Avvaliga, sifati yuqori va shunga nisbatan narxi biroz qimmatroq bo‘lgan mahsulotlarning savdosi yurishmay ham turgan. So‘ng fuqarolar mahsulotlardan foydalanib ko‘rishgach, sifatga bo‘lgan e'tibor o‘z natijasini berdi.
Ishlab chiqarishda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar havas qilgudek darajada. Korxonada 400 xil turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. “SAMO” brendi ostida yilning to‘rt fasli uchun chiqariladigan kiyimlarga nafaqat yurtimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham xaridor ko‘p. Eksport salohiyati o‘tgan yili 2 mln. 600 ming dollarni tashkil etgani korxona ta'sischilari tinimsiz izlanishda. Yaqinda viloyat hokimi Shuhratbek Adurahmonov boshchiligida delegatsiya bilan Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi safar davomida korxona mahsulotlari bilan tanishgan o‘sha yurt tadbirkorlari “SAMO” vakiliga 8 mln. dollarlik shartnoma taklif qilishdi.
Bugun «Samo» brendini ishlab chiqaradigan «Nil Granit» MChJda ikki mingdan ziyod odam ishlaydi. U chiqargan mahsulot esa Polsha, Ukraina, Moldova, Rossiya, Ruminiya va hatto Italiyaga yetib borgan. Amerikaning Texasi shtatida «Samo» do‘koni ish boshlash arafasida. Korxonada 5 mingdan ziyod turdagi kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqariladi. Endi xaridor qidirib, uzoqqa borish shart emas. O‘zlari uzoq-uzoqlardan qidirib kelmoqda. Korxona esa faqat buyurtma asosida ishlayapti.

Yüklə 149,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə