Mavzu: O’zbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari Reja: Kirish



Yüklə 207,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix31.05.2023
ölçüsü207,33 Kb.
#114754
  1   2   3   4   5   6
Ekstremal turizm



Mavzu: O’zbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari 
Reja:
Kirish 
1.
Turizmning zamonaviy turlari. 
2.
O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat maqsadlari. 
3.
O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi, qolaversa, kun sayin 
takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o’zining qiziqishi 
sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat 
darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik 
resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga 
aylantirdi. Hozirgi Rossiyalik mutaxassislarning yozishlaricha jahonda turizmning 
asosiy turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Ishlab chiqarish sohalarining yoki insonlar 
guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega bo’lgan 
mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib 
chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi ham ana shu omillarga 
bog’liq. 
O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirishning istiqboldagi maqsadi – 
respublikaning 
milliy-madaniy 
tiklanishi, 
milliy 
iqtisodiyotning 
ustuvor 
tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
xo’jalik 
masalalarini 
hal 
qilishdir. 
Prezidentimizning 
farmonlarida 
«Mamlakatimizda turistik resurslarni tadqiq qilish, ishga tushirish, bu resurslardan 
ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishda muntazam foydalanishni yo’lga qo’yish» 
- talablarini amalda bajarish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2003 yil 12 noyabrdagi «2006- 2010 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmatlar 
sohasi va servisni jadal rivojlantirish haqida» gi qarorilarining qabul qilinishi 
respublika hukumatida ushbu sohaga katta e’tibor qaratilayotganligini ko’rsatadi. 
O’zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni 
paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. 
O’zbekistonni sharq va g’arbni bog’lab turuvchi «Buyuk Ipak yo’li» dagi belbog’ 
sifatida yaxshi bilamiz. Turizm sohasi oldida turgan asosiy vazifa – O’zbekistonning 
tabiiy iqlimiy, rekreatsion, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy madaniy salohiyatini hisobga 
olgan holda 4 ichki va xalqaro turizm ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan yuqori 
rentabelli turistlik tarmoqni yaratishdan iborat.



Yüklə 207,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə