Mavzu: O’zbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari Reja: Kirish


O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirishistiqbollari



Yüklə 207,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix31.05.2023
ölçüsü207,33 Kb.
#114754
1   2   3   4   5   6
Ekstremal turizm

O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirishistiqbollari 
O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting, trekking, 
miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport turlarini 
rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos xususiyatlariga ega. 
Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan obyektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan 
hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik 
va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar 
genofondi, ajoyib tabiat komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni 
rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Ekologik turizm nuqtai-nazaridan 
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog’i 
lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlari o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon 
mahrum bo’lganliklari sababli, yildan yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga 
bo’lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan 
samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o’rni katta. Ekologik turizm hozirgi 
kunga kelib jadalsur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. 
O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni 
vatanimizga jalb etish, noyob o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, 
ko’paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab 


iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston 
hududida – qo’riqxonalar, milliy bog’lar, tabiatning nodir yodgorliklari mavjud.
O’zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 
km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo’riqxonasi, 6061 km2 maydonni tashkil 
etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko’paytirish “Jayron 
ekomarkazi”, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari 
mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km2 , yoki 
O’zbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik 
bazasining, 
servis 
xizmatlarini 
yaxshi 
yaratilmaganligi 
mamlakatimizda 
ekoturizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, 
Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 
yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari 
to’g’risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda ayrim ishlar 
boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari 
«Ekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab 
chiqilmoqda. Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga 
uyushtirilgan.
Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza 
qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida ekologik turizmni 
rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlabchiqdi. 
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish va 
kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun tog’li 
hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent viloyatida 
joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga ega. 
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog’li 
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni tiklash manbasi hisoblangan 
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari 
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq 
qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa 


sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, 
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi 
tog’ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish 
oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, 
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromad oshadi. Muzey 
turizmi turizmning xilma-xilligi bo’lib, o’ziga xos xususiyati muzeylar va ularga 
yondashgan hududlardan turistik potensial sifatida foydalanish. Muzeylar va 
turizmning hamkorligi tarixiy madaniyat va tabiat hududlari tizimi shakllanishiga 
asoslangan. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 110 muzey bor. Ularning 28tasi (shu jumladan 
yirik muzeylarning filiallari ham) vazirlik ixtiyorida. Turli kolleksiyaga ega bo’lgan 
muzeylarning mavjudligi O’zbekistonning ijtimoiy va madaniy rivojlanishini 
xususiyatlarini aks etdiradi. Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy me’rosimiz, xalqlar 
dini va e’tiqoti, ularning an’analari bilan tanishtirib, yoshlarimizni vatanparvarlikka 
va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o’rgatadi. Respublika muzeylarining 
ichida 3 ta muzey-qo’riqxona: Samarqand, Buxoro, Xiva («Ichan Kala»); 3ta yirik 
badiiy muzeylari: O’zbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent shahari); Davlat 
xalq-amaliy san’ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy nomidagi Davlat san’at 
muzeyi mavjud. O’zbekistonda yagona bo’lgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 
yildan beri mavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy 
muzeylardan biri- O’zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini 
o’rganish bo’yicha ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat 
adabiyot muzeyi juda katta kitob va qo’lyozma jamgarmasiga ega. O’zbekiston 
tibbiyot muzeyi (Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, 
sanitariya va gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali 
bor. Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat sharafi muzeyi, 
kino san’ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy ko’rgazma direksiyasi, RTVS 
«O’zeksposentr», U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G’afur G’ulom 
muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o’lka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo, 
Urganchda badiiy galereyalar ochilgan. Andijon, Namangan va boshqa bir qator 


shaharlarning o’lkashunoslik muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar 
mavjud. Bundan tashqari, Qarshi, Urganch, Buxoro singari qadimiy tarixga ega 
shaharlar qanchalik ulug’vor bo’lsada, ularda hozirgacha o’zlarining o’lkashunoslik 
muzeylari yo’qligi ta’kidlandi. O’zbekiston madaniyati vazirligi xalqaro «Oltin 
meros» xayriya fondi, Badiiy akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak 
faoliyatini yaxshilash dasturini yaratdi.
Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida 
«Moziydan sado» jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma’lumki muzeylardan turizm 
faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng targ’ibot 
qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. 
Jahon tibbiy turizmini rivojlantirishga omil bag’ishlash maqsadida Turkiya tibbiy 
turizm uyushmasi, Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va turizm 
vazirligining qo’llab–quvvatlashida Tibbiy turizm bo’yicha to’rtinchi xalqaro 
kongressni tashkil etdi. Kongerss ishida dunyoning 25dan ortiq mamlakatidan 
kelgan mutaxassislar butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va 
davolash–sog’lomlashtirish turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama 
qildilar. “O’zbekturizm” MK va Sog’liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat 
bo’lgan O’zbekiston delegatsiyasi tadbir doirasida respublikaning turistik salohiyati 
va sog’liqni saqlash tizimining rivojlaninshi to’g’risida axborot taqdim etdi. Bundan 
tashqari, Turkiya tarafi vakillari bilan tibbiy turlarni amalga oshirish borasida 
muntazam tajriba almashish to’g’risida muzokaralar olib borildi. Kongress ishi 
davomida ta’kidlandiki, yildan–yilga tibbiy turizm dunyoning turli mamlakatlaridan 
o’n minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni davolashda yuqori 
malakali yordam ko’rsatishga tayyor xalqaro tibbiy markazlarning ochiqligi 
prinsipli imkon yaratyapti. Tibbiy turizmning mashhur bo’layotganiga boshqa 
mamlakatda bir vaqtning o’zida davolanish, dam olish va uning o’ziga xos madaniy 
jihatlari bilan tanishish imkoniyati ham omil bag’ishlayapti. Shuni aytish lozimki, 
O’zbekiston davolash–sog’lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun noyob tabiiy 
resurslarga ega. Mamlakatda tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari 
e’tirof etgan bir qator rekreatsiya zonalari (Chimiyon–Chorvoq, So’qoq, Oqsoqota–


Parkent, Pargos–Oq tosh va boshqa zonalar) yer osti suv resurslari, shu jumladan 
turli kimyoviy tarkibli 60dan ortiq ma’danli suv manbalari, shuningdek shifobaxsh 
xususiyatlarga ega bo’lgan musaffo tog’ havosi mavjud hududlar oz emas. 
O’zbekiston Respublikasi hududida turizmning maxsus turlarni rivojlantirish, 
ularni kengroq targ’ib etish butunjahon turizm olamida yurtimizning omad sari 
tashlangan samarali qadami bo’lgan bo’lar edi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha 
turizm 
turlari 
emas. 
Maxsus 
turlarning 
ayrim 
turlarini 
hozirdanoq 
ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib borayotgan 
dorbozlik o’yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini belgilash 
lozim. Bunday holatda turistlarni bu o’yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq bo’ladi. 
Xuddi shuningdek, ko’pkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning katta 
oqimlarini o’ziga jalb qiladigan g’oyat qiziqarli turistik obyekt. Bu turni 
ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni 
tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil 
qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir. 
Bunday maqsadlarni, rejalarni amalga oshirish uchun shaharlardagi maxsus 
turlarning jahon andozalari bo’yicha shakllantirilgan, sifatli naqshlangan buklov 
reklamalarini O’zbek-rus va ingliz tillarida axborot va tushuntirishlar bilan 
mehmonxonalar, turistik firmalarga tarqatish va bu buklovlarni xorij davlatlardan 
kelgan turistlar bepul yoki sovg’a sifatida olishlarini taminlash amalda kutilgan 
usullardan bo’lishi shubhasizdir. Bu buklovlar turist vataniga qaytganidan keyin 
uning ko’plab vatandoshlarini qiziqtirishi mumkin. Ma’lumki, xalqaro turistlar 
oqimi Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Farg’ona vodiysi va Shahrisabz 
shaharlarida kuzatilmoqda. Bu turistlar asosan tarixiy va madaniy obidalarga va 
ziyoratgoh joylarga tashrif qilmoqdalar. Ana shu turistlarni ushbu shaharlardagi 
maxsus turizm turlariga takliflar qilish, qiziqtirish usullarini qo’llash vaqti keldi 
nazarimda. 

Yüklə 207,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə