Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


O’zbek tili dialektologik atlasi quyidagi vazifa-maqsadlarni ko’zda tutadi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə15/54
tarix26.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#130871
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

O’zbek tili dialektologik atlasi quyidagi vazifa-maqsadlarni ko’zda tutadi:

  • 1. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili ma’lum shevalarga tayanadi. U o’zining imlo va talaffuz normalarini, shuningdek, fonetik sistemasi, grammatik tuzilishi, leksik tartibini normallashtirishda, asosan, Toshkent-Farg’ona tip shevalariga asoslansa ham, ayrim hollarda bu shevalar materiali adabiy til normalariga mos kelmaydi. Dialektologik atlasning ob’ektiv natijalari (xulosalari) bu masalaga to’liq aniqlik kiritadi. Haqiqatan ham, shevalarga xos dialektal xususiyatlarning butun o’zbek tili territoriyasida tarqalishi va uning chegaralarini faqat dialektologik atlas zaminidagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin.
  • 2. Dialektologik atlas materiallari o’zbek shevalarining mavjud tasniflarini to’ldirish, mukammallashtirishga, ularga aniqlik kiritishga yordam beradi. Shuningdek, o’zek shevalarining paydo bo’lishida qatnashgan turkiy va turkiy bo’lmagan etnik guruhlarning o’zaro aloqalari natijasida ro’y bergan juda murakkab etnolingvistik taraqqiyot protsessini ham belgilab berdi.
  • 3. Adabiy til va tayanch shahar shevalarining kundalik ta’siri o’zbek xalq shevalarida til asoslarining aralashuvi va tekislanib borish jarayonini tezlashtiradi. Chunki o’zbek xalqining ekonomikasi va madaniyati mislsiz darajada yuksalishi bilan o’zbek adabiy tilining qo’llanish doirasi kengaydi. Adabiy tilning barcha o’zbek shevalararo normallasha borishi asta

Nazorat topshiriqlari

  • 1. A.Shermatovning Qashqadaryo viloyatidagi «O’zbek xalq shevalari» kitobi bilan lingvogeografiyaga aloqador bo’limlarni o’rganish.
  • 2.Lingvogeografiya bo’yicha ko’rgazmali qurol tayyorlash (Har bir talabaga bittadan).
  • 3.O’zbek xalq shevalarini o’rganishning hozirgi ahvoli: uch yo’nalish haqida adabiyotlardan ma’lumot tayyorlash.
  • Foydalanish uchun adabiyotlar
  • 1.V.V.Reshetov., Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek dialektologiyasi. Toshkent,1978 (Lingvistik geografiya bo’limi).
  • 2.A.K.Borovkov. O’zbek sheva-lahjalarini tekshirish uchun savol-javoblar. Toshkent,1944.
  • 3.V.V.Reshetov. O dialektologicheskom atlase uzbekskogo yazika. Kazan, 1958.
  • 4.Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek tilining dialektologik atlasi, O’TA, 1969.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə