Mavzu: O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi



Yüklə 29,39 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü29,39 Kb.
#157013
1   2
Mavzu O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi

Tibbiy reabilitasiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi.
Ruhiy reabilitasiya o‘smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o‘tishdir.
Kasbiy reabilitasiya — o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, uning uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitasiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bo‘ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitasiya’' deganda, o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta'minlashga qaratilgan choratadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya — bola xayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy xislatlar, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish, ijobiy rollar, jamiyatda xulq-atvor me'yorlarini o‘zlashtirishi, kerakli ma'lumot olishiga qaratilgan tarbiyaviy tavsifdagi chora-tadbirlar.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya muassasalarining asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi:
bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini sshdini olish;
voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptasiyasining sabablari va manbalarini aniklash;
kasbiy, o‘quv, ijtimoiy-madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa tarkibiy qismlardan tashkil topgan bolalar reabilitasiyasining individual dasturlarini amalga oshirishni ta'minlash;
reabilitasion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta'minlash maqsadida, dezadaptasiyaga uchragan bolalar oilalari bilan uy sharoitlarida hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash;
nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta'minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.);
oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning uz oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish;
voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish;
boshqa muassasalar bilan hamkorlikda, bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalarning ko‘lami, muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta'minlanishi va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi:
1) ijtimoiy reabilitasiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga;
2) ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga;
3) turli sabablarga kura deprivasiyaga mayli borlarga;
4) noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga;
5) yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga
(muassasada yashashga rozi bo‘lmaganlarga).
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitasiyasi “ reabilitasion markaz” deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi.
Bu muassasalarning vazifalari:
— nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi;
— ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam; ijobiy-ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomala qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
— ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish; shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruqiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish;
— oilaga qaytib kelishga ko‘maklashish;
— normal rivojlanish, ta'lim olish imkoniyati bilan ta'minlash;
— ishga joylashtirilishiga yordam berishdan iboratDeviant xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning reabilitasiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy xislatlariga suyanish.
Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. Bola uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda, maktabdagi davomiy muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, o‘smirlar umidsizlikka tushib, ularda o‘z kuchlariga ishonch yo‘qoladi.
Bunday o‘smirlar uchun keyingi kasbiy o‘z-o‘zini anglab olish muhim bo‘lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati ularning kelajakdagi kasbini anikdashga qaratilgan bo‘ladi.
3. Deviant xulq-atvorli bolaning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog‘liq faoliyatidan tashqari, uning uchun ahamiyatli bulgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda, bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o‘zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Tarbiyasi og‘ir bolalarda, boshqa o‘quvchilarga qaraganda, bo‘sh vaqti to‘rt marotaba ziyod ekanligi amaliyotdan ma'lum.
4. O‘smir bilan o‘zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash.
Dezadaptasiya bo‘lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo‘qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta'sir voyaga yetmagan bola tomonidan qatgiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Reabilitasion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mugaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
— dezadaptasiya boshlangunga qadar o‘smirda bo‘lgan ijobiy xislatlarni tiklash;
Maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bir yoshdan yetti yoshgacha bulgan boladagi odatlarni shakllanishida hal kdluvchi ta'sirni ota-onalar ko‘rsatishadi. Shu-ning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina uyg‘un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bulishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hayotiy faoliyatining sog‘lom muhitini shakllantirish.
Ijtimoiy pedagog faoliyati ota-onalarda sog‘lom ijtimoiypsixologik yo‘l-yo‘riqlarni shakllantirishga, bolalarnish spirtli ichimlik iste'mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qa-ratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshi-ga qarab amalga oshirilishi kerak. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo‘shilishi zarur. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tar-biyasi haqidagi bilimlar targ‘iboti quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to‘liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste'mol qilishlarining yomon oqibatla-ri, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste'mol qilishga o‘rgatishning axloqiy, diniy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining o‘ziga xos xususiyatlari (anotomik, morfologik, psixofiziologik) bilan tanishtirish. Maktabda ta'lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqirozli bosqich sifa-tida ta'rif berish, boshlang‘ich bosqichga moslashish qiyinchiliklari, yosh shaxs-ning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi, ta'lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma'lumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun ota-onalarning me'yoriy xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkilikbozlik an'analarini, kichik maktab yoshiga xos bo‘lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan hodda ko‘rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e'tiborli bo‘lish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy-maishiy nizolardan holi qilish.
Shuningdek, ijtimoiy pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘sh vakt va bayramlarni spirtli ichimliksiz o‘tkazish rejasini ham ishlab chiqishi lozim.
Faoliyatning asosiy metodlari — suhbat, maslahat, trening shaklida o‘tkazila-digan oilaviy profilaktika hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy tavsif berishi lozim. Oi-laviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi kerak. U bolaning teng-doshlari bilan aloqalarini tuzatishga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o‘z maqomini tiklashiga qaratilishi lozim.
Yüklə 29,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə